100 ichida sonlarni nomerlashni o’rganish. Reja: Kirish. I bob


Download 99.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana09.06.2023
Hajmi99.8 Kb.
#1468321
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
100 ichida sonlarni nomerlashni o’rganish



100 ichida sonlarni nomerlashni o’rganish
Reja: 
Kirish. 
I bob. 100 ichida sonlarni nomerlashni o’rganish. 
1- § Ikkinchi o’nlikda sonlarni nomerlashni o’rgatish. 
2-§ Og’zaki nomerlash. 
3-§ Yozma nomerlash. 
4- § 100 ichida sonlarni nomerlash 
II bob. Tajriba ishlari
1-§ yuz ichida sonlarni nomerlashni o’rgatishga doir mashqlar tizimi. 
2- 1 soatlik dars ishlanmasi. 
III bob. Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. 


Kirish. 
Nomerlash va arifmetik amallarga doirmaterial konsentrlarga bo’lib 
o’rganiladi. Hammasi bo’lib beshta konsentr ko’zda tutiladi. O’nlik. Ikkinchi 
o’nlik, yuzlik, minglik, va ko’p xonali sonlar.
Har bir konsentr o’z mazmuniga ko’ra sistematik arifmetika kursining asosiy 
masalalarini aks ettiradi, shuning uchun o’quvchilar u yoki bu chegaralar ichida 
sonlarni nomerlashni va bu sonlar ustida amallarni o’rganar ekanlae, umuman 
arifmetikaning mohiyati to’g’risida tasavvur qiladilar. Har gal yangi sonlarni 
material asosida nomerlashni va amallarni bajarishda qayta- qayta murojaat qilish 
eng muhim arifmetik tushunchalarning mazmunini chuquqrlashtirish va 
kengaytirishga imkon beradi. Bundan tashqari, mustaxkam o’quv va malakalarning 
asta- sekin shakllanishi (sanoqlarda, o’lchamlarda, og’zaki va yozma 
nomerlashda, hisoblashlarda va h. k.) ta’minlanadi, chunki bu amallarning 
bajarishning usullari, umumiylikni saqlagan xolda, asta sekin mustaxkamlanib 
boradi.
Ikkinchi o’nlikning alohida konsentrga ajratib o’rganilishining sabalari 
quyidagilar:
1. O’quvchilar sonnning o’nli tarkibi to’g’risida dastlabki tushunchaga ega 
bo’ladilar bu yerda birinchi marta o’nlik bilan sanoq borligi sifatida tanishadilar.
2. Bir xonali butun sonlar ustida qo’shish va ayirish amallarini (ularni 
bajarish usullari ma’nosida) aslida ikkinchi o’nlikda tugallanadi, chunki, masalan, 
100 ichida qo’shish va ayirish ikkinchi o’nlik konsentrida qo’llaniladigan usullar 
yordamida bajariladi.
3. Qo’shish va ayirish jadvali birinchi 2 ta o’nlik chegarasida tugaydi, 
shuning uchun avtomatizm holigacha yetkazilishi lozim.
Boshlang’ich sinflarda 100 ichida sonlarni nomerlashni o’rgatishda 
bolalarda oldingi kurslarda o’rgangan bilimlarga tayaniladi.


Bolalarga mazkur mavzuni tushuntirishda yangi pedagogic texnologiyalar
ta’lim vositalaridan foydalanilsa yanada samarali natijalarga erishiladi.
Yuz ichda sonlarni nomerlashni o’rgatishda dars ko’rgazmalilik asosida olib 
borilsa, yanada tushunarli bo’ladi.

Download 99.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling