100 ichida sonlarni nomerlashni o’rganish. Reja: Kirish. I bob


Download 99.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana09.06.2023
Hajmi99.8 Kb.
#1468321
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
100 ichida sonlarni nomerlashni o’rganish

2-§ Og’zaki nomerlash
Ikkinchi o’nlik sonlarini og’zaki nomerlashni o’rganish o’nlik haqidagi 
tushunchalarni shakllantirishdan boshlanadi. O’qituvchi cho’plarni o’ntadan qilib 
bog’lab, birlardan qanday qilib o’nlar hosil bo’lishini ko’rsatadi. Bunday 
mashqlarni bolalar ham bajaradilar, so’ngra ular o’nliklarni sanaydilar, qo’shadi va 
ayiradilar. Masalan. Mana hsu qatorda nechta o’ntalik cho’plarni bog’ladilar? Stol 
ustida mendagiga qaraganda uchta ko’p o’ntalik cho’p qo’ying. Bolalar bunday 
mashqlarni bajarish natijasida o’ntaliklarni (o’nlarni) oddiy birlik (bir) lar kabi 
sanash, qo’shish va ayirish mumkinligi to’g’risida xulosa chiqaradilar. So’ngra 
birlar va o’nlarni sanash asosida 10-20 sonlarning hosil bo’lishi qaraladi va 
ularning nomlari tushuntiriladi.
O’qituvchi: bu yerda 1 ta o’ntalik yoki 10 ta cho’p bor. Sanoqda o’ndan 
keyin keladigan son qanday hosil qilinadi?
O’quvchi: o’nga bir qo’shiladi?
O’qituvchi: qaranglar o’ntalik ustiga 1 ta cho’p qo’yaman – o’n va bir 
bo’ladi. Cho’plar nechta bo’ladi?
O’quvchi: hammasi bo’lib 11 ta cho’p.
O’qituvchi : o’n bir sonida nechta o’ntalik (o’n) va nechta bir bor?
O’quvchi: bitta o’nlik va bitta bir.
Shundan keyin sonlarning o’nli tarkibi to’g’risidagi bilimlar ko’rgazmali 
qurollar yordamida va ularsiz mustaxkamlanadi.
1) 12 ta cho’pni sanab qo’ying va bu nechta o’ntalik cho’p va alohida 
nechta cho’p tashkil qilishini aniqlang.
2) 1 ta o’ntalik cho’pni va yana 4 ta cho’pni oling- hammasi bo’lib nechta 
cho’p oldik?
Og’zaki nomerlashni, keyinroq es yozma nomerlashni o’rganishda, 
qo’shishva ayirish xollari qaraladi, ular sonlarni xona qo’shiluvchilariga ajratish va 
uni tashkil etishga keltiriladi.


Masalan, misollarni yeching; 10+9, 17-10, (tushuntirish: 10 bu 1 o’nlik yoki 
10 ta birlik, 9 ta birni qo’shamiz, natijada 1 ta o’nlik va 9 ta birlik hosil bo’ladi.) 
bunday mashqlar sonlarning o’nlik tarkibini ongli o’zlashtirishga ham imkon 
yaratadi.
Natural qatorda sonlarning hosil bo’lishi, ularning miqdoriy va tartib 
munosabatlari quyidagi mashqlarni bajarishda aniqlanadi:
1) 12 dan boshlab bittalab sanang, hosil bo’ladigan sonlarni ayting, 20 dan 
boshlab bittalab ayirib teskarisiga sanang va hosil bo’ladigan sonlarni ayting.
2) 17 dan 1 ta katta (kichik sonni ayting). 
3) Misollarni og’zaki yeching.
13+1 , 18-1, 14 sm – 1 sm, 19 sm + 1 sm,

Download 99.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling