100 ichida sonlarni nomerlashni o’rganish. Reja: Kirish. I bob
Download 99.8 Kb. Pdf ko'rish
|
100 ichida sonlarni nomerlashni o’rganish
- Bu sahifa navigatsiya:
- II bob. Tajriba ishlari . 1-§ yuz ichida sonlarni nomerlashni o’rgatishga doir mashqlar tizimi. 2- 1 soatlik dars ishlanmasi. III bob. Xulosa
100 ichida sonlarni nomerlashni o’rganish. Reja: Kirish. I bob. 100 ichida sonlarni nomerlashni o’rganish. 1- § Ikkinchi o’nlikda sonlarni nomerlashni o’rgatish. 2-§ Og’zaki nomerlash. 3-§ Yozma nomerlash. 4- § 100 ichida sonlarni nomerlash II bob. Tajriba ishlari. 1-§ yuz ichida sonlarni nomerlashni o’rgatishga doir mashqlar tizimi. 2- 1 soatlik dars ishlanmasi. III bob. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. Kirish. Nomerlash va arifmetik amallarga doirmaterial konsentrlarga bo’lib o’rganiladi. Hammasi bo’lib beshta konsentr ko’zda tutiladi. O’nlik. Ikkinchi o’nlik, yuzlik, minglik, va ko’p xonali sonlar. Har bir konsentr o’z mazmuniga ko’ra sistematik arifmetika kursining asosiy masalalarini aks ettiradi, shuning uchun o’quvchilar u yoki bu chegaralar ichida sonlarni nomerlashni va bu sonlar ustida amallarni o’rganar ekanlae, umuman arifmetikaning mohiyati to’g’risida tasavvur qiladilar. Har gal yangi sonlarni material asosida nomerlashni va amallarni bajarishda qayta- qayta murojaat qilish eng muhim arifmetik tushunchalarning mazmunini chuquqrlashtirish va kengaytirishga imkon beradi. Bundan tashqari, mustaxkam o’quv va malakalarning asta- sekin shakllanishi (sanoqlarda, o’lchamlarda, og’zaki va yozma nomerlashda, hisoblashlarda va h. k.) ta’minlanadi, chunki bu amallarning bajarishning usullari, umumiylikni saqlagan xolda, asta sekin mustaxkamlanib boradi. Ikkinchi o’nlikning alohida konsentrga ajratib o’rganilishining sabalari quyidagilar: 1. O’quvchilar sonnning o’nli tarkibi to’g’risida dastlabki tushunchaga ega bo’ladilar bu yerda birinchi marta o’nlik bilan sanoq borligi sifatida tanishadilar. 2. Bir xonali butun sonlar ustida qo’shish va ayirish amallarini (ularni bajarish usullari ma’nosida) aslida ikkinchi o’nlikda tugallanadi, chunki, masalan, 100 ichida qo’shish va ayirish ikkinchi o’nlik konsentrida qo’llaniladigan usullar yordamida bajariladi. 3. Qo’shish va ayirish jadvali birinchi 2 ta o’nlik chegarasida tugaydi, shuning uchun avtomatizm holigacha yetkazilishi lozim. Boshlang’ich sinflarda 100 ichida sonlarni nomerlashni o’rgatishda bolalarda oldingi kurslarda o’rgangan bilimlarga tayaniladi. Bolalarga mazkur mavzuni tushuntirishda yangi pedagogic texnologiyalar, ta’lim vositalaridan foydalanilsa yanada samarali natijalarga erishiladi. Yuz ichda sonlarni nomerlashni o’rgatishda dars ko’rgazmalilik asosida olib borilsa, yanada tushunarli bo’ladi. Download 99.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling