Dars turi:
Yangi bilim beruvchi dars.
Dars metodi:
Izlanishli metod.
Dars jixozi:
Ko’rgazmali rasmlar, sonlar kassasi, tarqatma
materiallar, test savollari.
Darsning borishi.
a) tashkiliy qism.
b) Ob havo ma’lumoti.
c) Navbatchini aniqlash.
O’nliklar hammasi bo’lib nechta bo’ldi? (4 ta o’nlik bor edi 4 ta o’nlik qoldi
biz ularga tegmadik: qo’shmadik ham, ayirmadik ham). Birlar nechta bo’ldi? (9
ta). Nima uchun 9 ta bo’lib qoldi? (7 ta edi, biz yana 2 ta qo’shdik). (7+2)
Bolalar, 7 birlikka qo’shaman 2 birlikni – men oxirgi qo’shiluvchilarni
yig’indi bilan almashtiraman. (7+2 sonlarni qavslar ichida oladi). U nimaga teng?
(7+2=9). Endi 9 sonini 40 ga qo’shamiz va javob 49 ni hosil qilamiz. Uni yuqorigi
qatorda yozamiz.
Doskadagi yozuv quyidagi ko’rinishni oladi:
47+2=49
40+(7+2)
Demak, bolalar misolimizdagi 47 ni ikkita qo’shiluvchi 40 va 7 ga
ajratib oldik,
40+7+7 misol hosil bo’ldi. Keyingi ikkita qo’shiluvchini ularning yig’indisi bilan
almashtiramiz. Birlarni birlarga qo’shamiz : 7+2=9 so’ngra
hisoblashni tugatamiz
va misol javobini hosil qilamiz.
(40+9=49)
Bu misoldan xulosa qilamizki, demak, istalgan misolda
birlar har doim
birlarga qo’shiladi.