100 ichida sonlarni nomerlashni o’rganish. Reja: Kirish. I bob


-§ Ikkinchi o’nlikda sonlarni nomerlashni o’rgatish


Download 45.24 Kb.
bet2/9
Sana09.01.2022
Hajmi45.24 Kb.
#262437
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
100 ichida sonlarni nomerlashni o’rganish. Reja- Kirish. I bob

1-§ Ikkinchi o’nlikda sonlarni nomerlashni o’rgatish.

Ikkinchi o’nlik sonlarni nomerlashni o’rgatishga tayyorgarlik ishi “Birinchi o’nlik” mavzusi materialni tayyorlash chog’ida o’tkaziladi. Ana shu maqsadda narsalarni o’nlikdan o’tib sanashga doir mashqlar kiritiladi (I qatorda nechta o’quvchi bor? II qatordachi? Sinfda hammasi bo’lib nechta o’quvchi bor? Va h.k ). Bolalarning birlarni sanashda o’nliklarni sanashga o’tishlariga yordam berish uchun narsalar guruhlarini (tuflilar jufti, tugmachalar uchligi, knopkalar beshligi va h.k.) sanashga doir bir nechta mashq kiritish foydalidir. Tayyorgarlik mashqlari sifatida ikkinchi o’nlik sonlarning nomini aytishdan ham foydalaniladi: sanoqda ikkidan keyin qaysi son aytiladi, o’n ikkidan keyinchi? , beshdan oldin, o’n beshdan oldinchi? 3 ga birni qo’sjsak necha hosil bo’ladi? 13 ga 1 ni qo’shsak- chi? Qaysi son 5 dan 1 ta kichik (kam) ? va h.k.

Bunday mashqlar ularni sinfdagi ayrim o’quvchilarnigina yecha olishlariga qaramay, barcha bolalarni birinchi o’nlikdan keyin sonlar mavjud, ular ko’p va bu sonlarning ketma ket kelishiga qarab nomlanishda bolalarga tanish bo’lgan sonlar nomi bilan o’xshashlik mavjudligiga ishontiradi.

Bolalar birinchi o’nlikni o’rganish chog’ida taqqoslanayotgan sonlarning qaysi biri katta, qaysinisi kichik ekanini aniqlashni o’rgangan edilar. (sanoqda keyinroq keladigan son katta, oldin keladigan son kichik)

Birinchi o’nlik kesmasida sonlarni taqqoslash bilan bir qatorda o’qituvchi bu bilimlarni 20 ichida tatbiq qilishda “qo’llashi” kerak. Masalan, sonlar zinapoyasiga qarang. Birinchi ustinda nechta kubik bor? (bitta). Oxirgisida-chi? (o’nta). Agar sonlar zinopoyasini davom ettiradigan bo’lsak, keyingi (navbatdagi) ustinda nechta kubik bo’lishi kerak? (o’n bitta).

Undan keyingisichi? (O’n ikkita).

Bunday savollar ham berish mumkin: “qaysi son katta: 4 mi yoki 5 mi? Topingchi, qaysi son katta: 14 mi yoki 15 mi?”


Download 45.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling