100-Savol. Video, musiqa va manbalar


-savol. Internetning ta’lim xususiyatlari


Download 51.74 Kb.
bet7/9
Sana20.11.2023
Hajmi51.74 Kb.
#1788705
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
100-110 savol javob

107-savol. Internetning ta’lim xususiyatlari. Internet hozirgi zamonaviy hayotimizda ayniqsa ta’lim olishda birmuncha yengilliklar yaratdi, shundan masofaviy ta’limga to’xtalib o’tsak: Masofaviy o’qitish – eng yaxshi an’anaviy va innovatsion metodlar,o’qitish vositalari va formalarini o’z ichiga olgan sirtqi va kunduzgi ta’lim singari axborot va telekommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan ta’lim formasidir.
Masofaviy o’qish – bu yangi axborot texnologiyalari,telekommunikatsiya texnologiyalari va texnik vositalariga asoslangan ta’lim tizimidir.U ta’lim oluvchiga ma’lum standartlar va ta’lim qonun-qoidalari asosida o’quv shart-sharoitlari va o’qituvchi bilan muloqotni ta’minlab berib,o’quvchidan ko’proq mustaqil ravishda shug’ullanishni talab qiluvchi tizimdir.Bunda o’qish jarayoni ta’lim oluvchini qaysi vaqtda va qaysi joyda bo’lishiga bog’liq emas.
Masofaviy ta’lim – masofadan turib o’quv axborotlarini almashuvchi vositalarga asoslangan,o’qituvchi maxsus axborot muhit yordamida,aholining barcha qatlamlari va chet ellik ta’lim oluvchilarga ta’lim xizmatlarini ko’rsatuvchi ta’lim kompleksidir.
Demak masofaviy o’qitish masofaviy ta’lim kompleksidagi jarayon ekan.Masofaviy o’qitishning va masofaviy ta’limning o’ziga xos xususiyatlari,pedagogik tizimi,zarurligi va maqsadi mavjud.
Masofaviy ta’lim an’anaviy ta’lim turidan quyidagi xarakterli xususiyatlari bilan farqlanadi.
Moslashuvchanlik– Ta’lim oluvchiga o’ziga qulay vaqt,joy va tezlikda ta’lim olish imkoniyati mavjudligi.
Modullilik– Bir biriga bog’liq bo’lmagan mustaqil o’quv kurslari to’plamidan - modullardan individual yoki guruh talabiga mos o’quv rejasini tuzish imkoniyati mavjudligi.
Parallellik– O’quv faoliyatini ish faoliyati bilan birga parellel ravishda,ya’ni ishlab chiqarishdan ajralmagan holda olib borish imkoniyati mavjudligi.
Kengqamrovlilik – Ko’p sonli o’quvchilarning bir vaqtning o’zida katta o’quv (elektronkutubxona,ma’lumotlar va bilimlar bazasi va boshqalar)zahiralariga murojaat qila olishi.Bu ko’p sonli o’quvchilarning kommunikatsiya vositalari yordamida o’zaro va o’qituvchi bilan muloqotda bo’lish imkoniyati.
Iqtisodiy tejamkorlik – O’quv maydonlari,texnika vositalari,transport vositalari va o’quv materiallaridan samarali foydalanish,o’quv materiallarini bir joyga yig’ish,ularni tartiblangan ko’rinishga keltirish va bu ma’lumotlarga ko’p sonli murojaatni tashkil qilib bera olish mutaxassislarni tayyorlash uchun ketadigan xarajatlarni kamaytiradi.
Ijtimoiy teng huquqlilik – Ta’lim oluvchining yashash joyi,sog’lig’i va moddiy ta’minlanish darajasidan qat’iy nazar hamma qatori teng huquqli ta’lim olish imkoniyati.
Internatsionallilik– Ta’lim sohasida erishilgan jahon standartlariga javob beradigan yutuqlarni import va eksport qilish imkoniyati. Sifat – Masofaviy o’qitish usuli ta’lim berish sifati bo’yicha kunduzgi ta’lim turidan qolishmaydi.Balki,mahalliy va chet ellik dars beruvchi kadrlarni jalb qilib,eng yaxshi o’quv-metodik darsliklar va nazorat qiluvchi testlardan foydalangan holda o’quv jarayonini tashkil etish sifatini oshirishi mumkin.
Zamonaviy texnologiyalar masofaviy oliy pedagogik ta’limni yangicha tashkil qilinishiga asos yaratadi.Bunday ta’limda pedagoglar,kompyuter dasturchilari va mutaxassislari yordamida yangi o’qitish kurslarini yaratishlari lozim bo’ladi.Masofaviy o’qitish kurslarini yaratishda dastlab:
-kurslarning maqsadi;
-maqsadga erishish yo’llari;
-o’quv materiallarini taqdim etish usullari;
-o’qitish metodlari;
-o’quv topshiriqlarining turlari;
-muhokamalar uchun savollar;
-munozara va bahslarni tashkil etish yo’llari;
-o’zaro aloqa usullari va kommunikatsiya singari omillarni aniqlash lozim.

Download 51.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling