100-Savol. Video, musiqa va manbalar
-savol. YUNESCO ning global media makonida madaniy xilma-xillik bo’yicha umumjahon deklaratsiyasi
Download 51.74 Kb.
|
100-110 savol javob
- Bu sahifa navigatsiya:
- 109-savol. Eng qadimgi bitik va tasvirlar ilk axborot manbasi sifatida
108-savol. YUNESCO ning global media makonida madaniy xilma-xillik bo’yicha umumjahon deklaratsiyasi . YUNESKOning Global ta'lim shaharlari tarmog'i - bu bilim,ko'nikma va ilg'or tajribalarni almashish uchun yaratilgan xalqaro tashkilot.Ayni paytda ushbu tuzilmaga dunyoning 64 mamlakatidan 230 ta shahar a'zo.YUNESKO GTSHT - bu butun umr davomida ta'lim olish bo'yicha global vakolatlarga ega bo'lgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining yagona tashkiloti. UNESCO tashkiloti tomonidan XXI asrda media taʼlimni targʻib qilish madaniy-maʼrifiy rivojlanishning ustuvor yoʻnalishi sifatida eʼtirof etildi hamda aynan shu yoʻl bilan media savodxonlikni oshirish mumkinligi takidlandi.UNESCOodamlarning tanqidiy fikrlash va toʻgʻri qaror qabul qilish darajasini yaxshilash uchun ommaviy axborot vositalari va media savodxonlikni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlaydi. Tashkilot, ayniqsa, siyosatchilar, oʻqituvchilar,ommaviy axborot vositalari mutaxassislari,yoshlar tashkilotlari va ushbu sohadagi nochor aholi qatlamlarining salohiyatini oshirishga intiladi,aʼzo davlatlarga milliy ommaviy axborot vositalari va axborot savodxonligi siyosati va strategiyalarini shakllantirishda yordam beradi.
109-savol. Eng qadimgi bitik va tasvirlar ilk axborot manbasi sifatida? Qadimda odamlar malumot almashish uchun turli vositalardan fooydalanishgan . Dastlab toshga bitiklar, keyin turli teri, yog’och so’ngra qog’ozlarga turli bitik va yozuvlar orqali axborot almashingan. Misol uchun; Oʻrxun-Enasoy obidalari 5-7 asrlarda qadimgi turk tilidagi va yozuvidagi tarixiy yodgorlik sifatida qadrli.Moʻgʻulistondagi Oʻrxun va Janubiy Sibirdagi Enasoy daryolari sohillarida topilgani uchun ham shunday nomlangan.Moʻgʻulistondan Shimoliy dengizlargacha,Uraldan Saxalinga qadar davom etgan hududda shu yozuvdagi yodnomalar uchraydi.Shimoliy Kavkazda 15 asrda ham Oʻrxun yozuvidan foydalanilgan.Oʻzbekiston hududida (Fargʻona,Surxondaryo v.b.joylar)dan 20 dan ortiq turkiy-run yozuvi yodgorliklari topilgan. Yirik Oʻrxun bitiklari Kultigin,Bilga xoqon,Toʻnyuquq va boshqa bu yozuvdagi yodnomalar (mas.Irq bitigi)adabiy manba sifatida qahramonlik qissa va dostonlariga mazmunan yaqin keladi.Kultigin bitiktoshi 732 yil Turk xoqonligi (551—745)ninglashkarboshisi sharafiga oʻrnatilgan. Bitiktosh ikki qismdan:Kichik va Ulugʻ bitikdan iborat.Vatan manfaati yoʻlida xizmat qilish,mamlakatning mustahkam,osoyishta boʻlishi uchun kurash bitikoshlarda bosh maqsad ekani aytiladi.Asarda Tabgʻach,Tibet,Sugʻd,Turgash,Qirgʻiz kabi joy nomlari tilga olingan.Enasoy bitiklari marsiya va madhiya janrlarining qadimgi turk adabiyotidagi ildizlari haqida tasavvur beradi. Bitiktoshlar 19 asr oxirlarida topilib,U.Tomsentomonidan oʻqilgan va ilmiy muomalaga kiritilgan.Baʼzi yodgorliklar deshifrovka qilingan emas.AQSh,Polsha,Vengriya,Finlyandiya va Turkiyada ham oʻrganilgan.Rossiyada V.Radlov,S.Malov,I.Steblevaishlari maʼlum.Oʻzbekistonda Fitrat,A.Qayumov,N.Rahmonovv.b.asardan namunalar va tadqiqot ishlarini chop qildirgan. Bu bitik va tasvirlar nafaqat o’sha davr ucun ma’lumot almashinish balkim o’zlari haqida kelajak avlodlarga ham yetkazish uchun xizmat qiladi. Download 51.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling