100-Savol. Video, musiqa va manbalar


-savol. Ijtimoiy tarmoq – bu ommaviy madaniyatning omili sifatida


Download 51.74 Kb.
bet2/9
Sana20.11.2023
Hajmi51.74 Kb.
#1788705
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
100-110 savol javob

102-savol. Ijtimoiy tarmoq – bu ommaviy madaniyatning omili sifatida
Ma'naviy madaniyat "material" shaklida saqlanadi.Bularning barchasi zamonaviy avlod bilan yashaydi va birga ishlaydi va faqat tirik ongga nisbatan madaniyatdir.Inson oldida - bu dunyo tarixi tomonidan yaratilgan madaniy qadriyatlarning,shuningdek,o'zining doimiy iqtidoridan,ta'limidan va tarbiyasidan doimiy ravishda foydalanadigan va foydalanadigan tabiatning son-sanoqsiz qadriyatlari okeanidir.Madaniyatni o'zlashtirish o'rganish orqali amalga oshiriladi.Madaniyat yaratilmoqda,madaniyat o'qitilmoqda.U biologik jihatdan o'rganilmaganligi sababli,har bir avlod uni qayta ishlab,keyingi avlodlarga o'tkazadi.Bu jarayon sotsializatsiya asosidir.Qadriyatlar,e'tiqodlar,me'yorlar,qoidalar va ideallarni o'zlashtirish natijasida bolaning shaxsiyati shakllanib,uning xatti-harakati tartibga solinadi.
Ommaviymadaniyat» G‘arb dunyosida o‘tgan asrning ikkinchi yarmida shakllandi.Uni G‘arbda «populyar» yoki qisqartirilgan holda,«pop-kultura» (ya'ni«ommaviy madaniyat»)deb atashadi.Garchi «madaniyat» deb atalsa-da,aslida,tub mazmun-ma'nosiga,maqsad-niyatiga ko‘ra «ommaviy madaniyat» chinakam madaniyatning kushandasidir.
Afsuski,yer yuzidagi axborot almashinuvi mislsiz tezlashgan hozirgi globalizm sharoitida,G‘arb­dagi «markazlar» bundan foydalanib,boshqa davlatlar va xalq­lar o‘rtasida G‘arb hayoti «jozibalari»ni,jumladan,«ommaviy madaniyat» ta'sirini «erkinlik shabadalari» tarzida imkon qadar keng yoyishga yeng shimarib harakat qilmoqdalar.
Hozirgakelib esa bu tamoyillar yanada g‘ovlab,tomir otyapti.Masalan,«pop-muzika»ga xos o‘sha ritmik «bit» (zarb),qo‘shiq niqobidagi alahsirash,valdirashga yaqin didsiz «repp»lar ta'siri dunyo miqyosida tar­qalib,milliy mumtoz va xalq musiqa san'atidan odamzotni uzoqlashtirmoqda.G‘arb davlatlarining ayrimlarida «ommaviy madaniyat» tarqatayotgan «pornografiya» (sharmsizlik,hayosizlik)hamda sadizm (zo‘ravonlik)targ‘iboti yo‘lidagi g‘ovlar,qarangki,sud qarorlari asosida,birin-ketin olib tashlanayapti.Hatto AQSh maktablarida «Yangi rok» musiqalari o‘quv dasturlariga kiritilgan...
Mamlakatimizva dunyo miqyosida sodir bo'layotgan o'zgarishlar,voqea-hodisalar,yangiliklar to'g'risidagi ma'lumotlar barcha ijtimoiy tarmoqlarda aks etib boryapti.Bu yangiliklardan xabardor bo'lishda esa internet tizimi,mobil telefonlar va kompyuter texnologiyalaridan foydalanish ancha qulay hisoblanadi.Bundan tashqari,o'zaro ma'lumot almashish yoki biror voqea-hodisaga munosabat bildirish,o'z fikrini bayon etish yoki o'zaro muloqot qilishda ijtimoiy tarmoqlar juda qulay vositadir. Olib borilgan axborot-tahliliy natijalar va statistik ma'lumotlarga ko'ra,Facebook hozirgi vaqtda dunyoda eng mashhur ijtimoiy tarmoq sifatida etakchi o'rinda bormoqda.Bugungi kunga kelib,Facebook tarmog'ida ro'yxatdan o'tganlar soni bir necha milliard kishidan ortganligi ma'lum qilingan.Undan keyingi o'rinlarni esa Twitter ,Instagram ,LinkedIn ,Google+,Pinterest, Snapchat,YouTube, Reddit, WhatsApp, Flickr, Weibo egallab kelmoqda.
Aksariyat yoshlar o'zlarining qimmatli vaqtlarini behuda sarflab,ijtimoiy tarmoqlardan kun bo'yi foydalanishadi.Shu tariqa,ular deyarli barcha axborotga ega bo'lishadi va o'z dunyoqarashidan kelib chiqib,u yoki bu masalaga munosabat bildirishadi.Biroq bildirilgan munosabatlarning barchasini saviyali,ya'ni ma'naviyatli kishilarning fikri,deb bo'lmaydi,albatta.Ayniqsa,bugungi kunda etarli bilim va ko'nikmalarga ega bo'lmagan kimsalar ham to'g'ri yo noto'g'riligini o'ylab o'tirmasdan,ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan har qanday ma'lumot yuzasidan yoxud ba'zi masalalarga bilim va salohiyati etadimi,yo'qmi,bundan qat'i nazar,o'z fikrini bildirishadi.

Download 51.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling