10,100,1000 va kõp xonali sonlar ustida nomanfiy butun sonlarni nomerlashga õrgatish metodikasi


Download 116.27 Kb.
bet2/3
Sana21.01.2023
Hajmi116.27 Kb.
#1105563
1   2   3
Bog'liq
10,100,1000 va kõp xonali sonlar ustida nomanfiy butun

100 ICHIDA Raqamlash METODIKASI

  • Raqamlashni o‘rgatish ikki bosqichga ajratiladi:
  • 11–20 sonlarni raqamlash va 21–100 sonlarni raqamlash.
  • 10 dan katta sonlarni yozma raqamlash sanoqda birliklarni o‘nli guruhlashga va raqamlarning o‘rin qiymatlari tamoyilini qo‘llanishga asoslangan: o‘ngdan chapga qarab sanalganda birliklar birinchi o‘ringa, o‘nliklar ikkinchi o‘ringa yoziladi. 20 ichida sonlarni raqamlashga doir bilim va malakalarni mustahkamlash bo‘yicha ish davomida o‘quvchilar bir xonali son va ikki xonali son atamalari («Bir xonali son» va «Ikki xonali son» atamalarini o‘quvchilar o‘zlashtirishlari, ularni tushunishini va o‘z nutqlarida ulardan foydalana olishni o‘rganishlari kerak) bilan tanishadilar

O‘quvchilarga quyidagi ko‘rinishdagi topshiriqlarni berish yo‘li bilan bu atamalardan tez-tez foydalanish kerak:


1) Quyidagi sonlar qatoridan bir xonali va ikki xonali sonlarni alohida-alohida ajratib yozing: 1, 11, 7,9, 12, 14, 10, 13, 15, 6, 19………….
2) 6 ta bir xonali ixtiyoriy son yozing va har birini 10 ta ortiring. Ularni o‘qing?.
3)1 va 2 raqamlari yordamida avval bir xonali, so‘ngra ikki xonali sonlarni yozing.
4) Faqat 2 raqamidan foydalanib bir xonali va ikki xonali son yozing.
Bu topshiriqni bajarishda o‘quvchilarning e’tiborini 22 sonini yozish uchun bitta 2 raqamining o‘zidan ikki marta foydalanilgan, bu son bir xil ikkita belgi yordamida yozilganligiga qaratish kerak.
O‘quvchilarni 20 ichida, so‘ngra 100 ichida sonlarni o‘rganishda avval tayyorgarlik bosqichi olib borilib so‘ngra og‘zaki raqamlash va yozma raqamlash amalga oshiriladi.
20 ichida sonlarni raqamlashga doir bilim va malakalarni mustahkamlashga doir ish davomida o‘quvchilar bir xonali son va ikki xonali son atamalari bilan tanishadilar.Masalan: 3, 8, 10, 12, 17, 20.

1000 ICHIDA Raqamlash METODIKASI

  • 1000 ichida sonlarni raqamlashni o‘rganish natijasida o‘quvchilar quyidagi bilimlar, malakalar va ko‘nikmalarni egallab olishlari kerak:
  • 1. 1000 ichida sonlarning nomlarini bilish, sonlar qatoridagi har bir navbatdagi sonning qanday hosil bo‘lishini, har bir berilgan son bevosita o‘zidan oldin keladigan sondan qancha kattaligini va o‘zidan bevosita keyin keladigan sondan qancha kichikligini tushunishi;
  • 2.Har bir sonning sonlar qatoridagi o‘rnini bilishi;
  • 3.Raqamlarning o‘rin qiymatini bilgan holda sonlarni o‘qishi va yoza olishi;
  • 4.Sonlarning xona tarkiblarini bilganlikdan foydalanib, ikkita sonni ularning sonlar qatoridagi olgan o‘rinlari bo‘yicha taqqoslay olish
  • 5.Sonni uning xona qushiluvchilarining yig‘indisi bilan almashtira olishi;
  • 6.Sonlarning natural ketma-ketligi va o‘nli tarkibini bilganlik asosida sonlarni qo‘shishi va ayira olishi;


Download 116.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling