103-guruh talabasi Maxsujonova Nozima
Download 4.01 Kb.
|
103-guruh talabasi Maxsujonova Nozima 20231113 131540 0000
MAVZU: BARMOQ SHE'R TIZIMI Toshkent davlat Oʻzbek tili va adabiyoti universiteti "Ona tili va adabiyoti taʼlimi"fakulteti 103-guruh talabasi Maxsujonova Nozimaning "Adabiyotshunoslik asoslari" fanidan tayyorlagan taqdimoti Reja 1)Sheʼriyat tizimlar 2)Sodda va qoʻshma vaznlar 3)Turoq 4)Xulosa 5)Foydalanilgan adabiyotlar Oʻzbek sheʼriatida eng koʻp oʻrin egallaydigan barmoq deb atalgan sheʼr tizimida misralardagi boʻgʻinlar miqdori asosiy oʻlchov hisoblanadi Adabiyotshunoslik ilmida nutqning bu tarzda qolipga,oʻlchamga solinishi vazn yoki sheʼriy tizim deb ataladi Barmoq sheʼr tizimida ikki xil vazn bor: Sodda vazn,qoʻshma vazn Sodda vazn Agar sheʼrning boshidan oxirigacha misralardagi boʻgʻinlar miqdori bir xil boʻlsa, sodda vazn deyiladi. Masalan: Qani, ayt, maqsading nimadir sening?-11 boʻgʻin Nega tilkalaysan bagʻrimni, ohang?-11 boʻgʻin Nechun kerak boʻldi senga koʻz yoshim,-11 boʻgʻin Nechun kerak,rubob, senga shuncha gʻam?-11 boʻgʻin Qoʻshma vazn Misralardagi boʻgʻinlar miqdori 2 xil koʻrinishda boʻlsa, qoʻshma vazn deb ataladi.Qoʻshma vaznni boʻgʻinlar miqdori bir xil boʻlmagan misralarning muayyan tartibi sheʼr oxirigacha qatʼiy saqlanadi. Masalan Mirtemirning Alisherga alla aytib uxlatgan - 11 boʻgʻin Sen -ona. - 3 boʻgʻin Ogʻushida Bobur kamolga yetgan -11boʻgʻin Sen - ona. 3 boʻgʻin Misralari bilan boshlanuvchi sheʼrida barcha toq misralardagi boʻgʻinlar miqdori bir xil va barcha juft misralardagi boʻgʻinlar miqdori boshqacha xil koʻrinishga ega Barmoq sheʼr tizimida misralardagi boʻgʻinlarning muayyan guruhlarga boʻlinishi turoq deb ataladi.Boʻgʻinlarning qanday koʻrinishda turoqlarga boʻlinishi esa sheʼrning oʻziga xos ohangini keltirib chiqaradi. Barmoq vaznidagi sheʼr turoqlari boʻgʻinlarning miqdoriga,aruzdagi sheʼr ruknlari esa hijolarning ham miqdoriga, ham sifatiga qarab xarakterlanadi.Hozirgi oʻzbek sheʼriyatida bir boʻgʻindan tortib sakkiz va hatto undan ortiq boʻgʻindan tarkib topgan turoqlar uchraydi. Foydalanilgan adabiyotlar 1.Аdаbiyot nаzаriyasi. Ikki jildlik.-T.: «Fаn», 1978-1979. 2.Аlishеr Nаvоiy. Mеzоn ul аvzоn. Аsаrlаr. O’n bеsh tоmlik. 14 3.http://Ziyonet.uz 4.http://Arxiv.uz 5.Аdаbiyot qоidаlаri.-T.: «O’qituvchi»,1995. Eʼtiboringiz uchun rahmat Download 4.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling