104-guruh uchun jahon tarixidan yakuniy savollariga javoblar. Ilk va qadimgi podsholiklar davrida misr
Download 188.27 Kb.
|
JAHON TARIXIDAN YAKUNIY JAVOBLARI (H.X)
104-GURUH UCHUN JAHON TARIXIDAN YAKUNIY SAVOLLARIGA JAVOBLAR. 1.ILK VA QADIMGI PODSHOLIKLAR DAVRIDA MISR. M. av. VI-V ming yilliklarda xo‘jalikning asta-sekin rivoj lanishi natijasida Misrda ilk davlatlarning tashkil topishi uchun zarur shart-sharoit vujudga kelgan. Urug' jamoasining so'nggi davrida urug‘ ja- moalarini shakllanayot- gan oqsoqollar. sardorlar va harbiy boshliqlar idora etishgan. Misrda urug' ja- moasi yemirilgach, urug' jamoalar o‘rnida dastlab qo'shni jamoalari vujudga kelib. xo'jalikning rivo- jlanishi natijasida ilk dav- latchalar paydo bo'ladi. Yangi vujudga kelgan davlatni sobiq urug4 jamoasi oqsoqollari, harbiy boshliqlar, badavlat va nufuzli zodagon kishilar idora qila boshlaydilar. Dastlab Misrda bir necha o il davlatchalar tashkil topgan. Misrliklar bu davlatchalarni “‘sepat”, yunon tarixchilari esa "nom" deb ataganlar. Nomlar atrofida qishloqlari, dalalari, mahalliy xudosi bor shahardan iborat bo'lgan. Har bir nomning o'z hokimi boiib. u yunon tilida “nomarx” deyilgan. M aium otlarga qaraganda m. av. IV mingyillik boshlarida va o'rtalarida Misrda 42 ta davlat boigan. Bu davrda Yuqori Misrda 22 ta, Quyi Misrda esa 20 ta mayda davlat mavjud boigan edi. Memfis shahri Yuqori va Quyi Misr nomlarining chegarasida joylashgan. Har bir nomningnomarxi o’zining hududidagi dehqonehilik, chorvachilik, hunarmandchilik va sug’orish inshootlari qurilishiga katta e’tibor bilan qaragan. Nomarxlar oqsoqol, sardor va harbiy boshliqlarga tayanib, jamoat, diniy va harbiy ishlami boshqarib turgan. Bu davlatlarda qulchilikning dastlabki kurtaklari ham paydo boigan. Urushlarda asir olingan kishilar qulga aylantirilgan. Shunday qilib jamiyatni boshqaruv tashkiloti sifatida ilk davlatchalar vujudga kelgan va rivoj 1 ana borgan. M. av. IV mingyillikning ikkinchi yarmidagi vaziyat Misrdagi mayda davlatchalarni birlashtirishni talab etgan. Ko'p jangu-jadal- lardan keyin Nil daryosining tor vodiysida Yuqori Misr davlati tashkil topadi. Daryo tarmogining shimolida joylashgan shaharchalar birlashtirilib, Quyi Misr davlati barpo etilgan. Bu davlatlar o’z podsholariga ega bo'lib. ular mustaqil ish yuritganlar. Keyinchalik esa Misrda yagona podsholik barpo etish uchun ikki podsholik o'rtasida kurash avj olgan. Yilnomachilaming maiumotlariga ko‘ra, Yuqori Misr podshosi Narmer Quyi Misr yerlariga bostirib kirgan. Narmer qo'shinlari Shimoliy Misr podshosi qo'shinlari ustidan g’alaba qozongan. G'alabadan so'ng u 6000 kishini asir olib, juda ko'p boylik. oijalar bilan qaytgan. Shundan boshlab Misrda yagona davlat tuzish uchun kurash kuchaygan. Misrda yagona davlat tuzish uchun kurash. Mismi yagona davlat bayrogi ostida birlashtirish Yuqori Misr podshosi Mina (Menes) davrida amalga oshirilgan. M. av. 3000-yilda Mina Yuqori va Quyi Misrni birlashtirib, yagona davlatga asos solgan. U yagona Misr davlatining dastlabki podshosi sifatida birinchi sulolaga asos solgan podshohdir. Mina Quyi Misr chegarasida Memfis shahrini bino qildirib, uni mamlakat poytaxtiga aylantirgan. Mina davrida Quyi misrliklar o'z mustaqillik]ari uchun bir necha bor qo'zg'olon ko'targanlar. Ammo bu qo'zg'olonlar shafqatsizlik bilan bostiril- gan. Mina va uning avlodlaridan so'ng Misrda ikkinchi sulola na- moyandalari podsholik qilganlar. Shu davrdan boshlab Misr podsholari fir’avn deb atala boshiangan. Bu ikki sulola vakillari idora qilgan davr Misrda “Ilk podsholik davri” deb nomlanib, m. av. 3000-2800-yillarni o'z ichiga oladi. Yagona Misr davlatining tashkil topishi har jihatdan katta ahamiyatga ega bo'lgan. Bu Misrdagi dastlabki markazlashgan mustabid davlat hisoblanadi. Misr fir’avnlarining istilochilik urushlari. Ilk podsholik davrida, xususan fir'avn Jyer davrida Misr qo'shinlari janubda Nu- biya, shimoli-sharqda Sinay yarimoroliga bir necha marta bostirib kirgan. Ular bu mamlakatlardan ko‘plab asir va behisob boyliklar olib qaytganlar. Misr qo'shini qo'mondonlaridan biri shunday hikoya qiladi: “Qo'shin qo'shni mam- lakatlarni talab, uning bog'lari va uzumzorla- rini yakson qilib, qish- loqlariga o't qo'yib, o'n minglab kishilar- ni o'ldirib, ko'plab odamlami asir olib, es- on-omon qaytib keldi. Buning uchun podsho meni benihoya maqta- di”. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, 1-2- sulola fir’avnlari Misrni birlashtirishga asos solganlar. Qadimgi podsholik davri m. av. 2800-yildan 2250-yilgacha davom etib, unda 3-6- sulola fir’avnlari hukmronlik qilganlar. Misr fir’avnlari podsholik yerlarini kengaytirish, mustahkamlash va markazlashti- rish uchun qattiq kurash olib borgan. Qadimgi podsholik davrida Misr fir’avnlari boylik orttirish maqsadida qo'shni mamlakatlar ustiga takror-takror qo'shin tortib borgan. 4-sulola podshosi Snofru janubda Nubiya, shimoli-sharqda Sinay yarimoroli. Falastinga, g‘arbiy yo'nalishda esa Liviya qabilalari ustiga harbiy yurishlar qilgan. U misga boy Sinay yarimorolini Misrga qo'shib olgan. Nubiyadan 7 ming asir, 200 ming chorva va juda ko'p qimmatbaho buyumlar olib qaytilgan. 4-sulolaning so'nggi vakillari davridan boshlab mamlakatda ichki qarama-qarshilik kuchaygan va qo'zg'olonlar boshlangan. 6-sulola namoyandalari davrida ya’ni m. av. XXIV—XX111 asrlarda Qadimgi Misr davlati kuchsizlanib, parchalana boshlagan. Podsholikka itoat etgan davlatlar mustaqil bo‘lish uchun qattiq kurash olib borganlar. Qadimgi Misr podsholari va ularning amaldorlari mamlakat xo‘jaligini rivojlantirish uchun yangi yerlar o'zlashtirish, to’g'on, kanal va boshqa sug'orish shaxobchalarini qurish ishiga alohida e’tibor berganlar. Chunki Misrdek issiq mamlakatlarda sug'orma dehqonchilik xo'jalikning asosini tashkil etgan. Misr dehqonlari don, dukkakli ekinlar ekkan, poliz va sabzavotchilik mahsulotlari yetishtirgan va bog'dorchilik bilan ham shug'ullanganlar. Misrda ziroat ishlarining barcha og'irliklari dehqonlar va qullar yelkasiga tushgan edi. Qadimgi podsholik davrida fir'avnlar chorvachilikka katta e’tibor bergan Download 188.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling