104-guruh uchun jahon tarixidan yakuniy savollariga javoblar. Ilk va qadimgi podsholiklar davrida misr


Download 188.27 Kb.
bet3/88
Sana09.01.2022
Hajmi188.27 Kb.
#263284
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   88
Bog'liq
JAHON TARIXIDAN YAKUNIY JAVOBLARI (H.X)

3) YANGI PODSHOLIK DAVRIDA MISR. Misrdan giksoslarning quvib ehiqarilishi. M. av. XVI asr boshlarida Misrda ozodlik, mustaqillik uchun kurash boshlanadi. Mustaqillik uchun kurashga 17-sulolaga mansub Fiva podsholari boshchilik qiladi. Bosqinchilarga qarshi ozodlik kurashi Fiva podshosi Kamesu davrida kuchayadi. Kamesu mamlakatdagi amal- dorlami saroyiga chaqirib. ularga giksoslarni Misrdan haydash vaqti yetganligini tushuntiradi. U amaldorlar oldida nutq so'zlab, oxirida "Mening maqsadim Mismi bosqinchilardan qutqarish va osiyoliklarni yer bilan yakson qilishdir”, deb xitob qiladi. Kamesu boshlagan kurash ozodlik urushiga aylanadi. Og'ir janglardan so'ng Misr qo'shinlari giksoslar ustidan g'alaba qo- zonadi. Ozodlik uchun bo'lgan janglar vaqtida Kamesu juda ko'p tan jarohati oladi. O'sha vaqtdagi solnomalarda Kamesu Misrni giksoslar zulmidan ozod qilish uchun kurash olib borgan qahramon sifatida madli etiladi. Kamesudan so'ng uning ukasi Yaxmos 1 qo'shinlari giksoslar- ni mamlakatdan butunlay uloqtirib tashlaydi. Yaxmos 1 qo'shinlari Falastin janubidagi Sharuxen qal’asiga kelib joylashgan giksoslarni uch yillik qamaldan so'ng bo'ysundiradi. Janglar davom etib. Misr qo'shinlari Falastin. Finikiya va Suriyaning ko'p joylarini is- tilo qilgan. Misr qo'shinlarining g'olibona janglari natijasida Misr giksos- lardan ozod qilingan. Shu bilan Misrdagi Giksoslar davlati yemi- rilib barham topib, Misr yana mahalliy sulola namoyandalari boshqaradigan mustaqil davlatga aylanadi.Giksoslarning haydalishi bilan Misr tarixida Yangi podsholik (mil.avv. 1584–1075-yillar) davri boshlandi. Yaxmos yangidan Misrni birlashtirgan XVIII sulola asoschisi bo‘ldi. Giksoslar mamlakatdan quvilgach, Misrda Yangi podsholik davri boshiangan. Bu podsholik m. av. 1584-yildan 1085-yilgacha 54davom etib, unda 18-20-suloladan chiqqan fir'avnlar Misr podsholigini boshqargan. Bu davrda podsholikning chegarasi ancha kengaygan. U janub- da Nubiyaga, shimol va shimoli-sharqda 0 ‘rtayer dengizining sharqiy sohillarigacha bo'lgan yerlarni egallagan edi. Yangi podsholikning kuchayishi munosabati bilan xo'jalik yangidan rivoj topgan. Yangi yerlar ochilib, suv omborlari, kanallar ta'mirlanib, yangilari qurilgan. Dehqonchilikda ishlaliladigan mehnat qurollari takomil- lashtirilgan. Qishloq xo'jaligida qullar mehnatidan keng foydalanilgan. Misrda sug'orma dehqonchilik qilinadigan yerlarning katta qismi fir’avn, sarkardalar, ruhoniylar va zodagonlarga tegishli bo'lgan. Ozod Misr dehqonlari - “fallohlar” ham ozmi-ko'pmi o'z yerlariga ega bo'lganlar. Dehqonchilikda bug'doy, arpa, kunjut, sholi ekilgan. Bu davrda Misrda xurmo, zaytun, uzum, shuningdek poliz ekinlari ham ekilgan va ulardan mo'l hosil olganlar. Hunarmandchilik va savdo-sotiq. Yangi podsholik davrida hunarmandchilik ham ancha rivoj topgan. Temirchilik, vog'och- sozlik. ko'nchilik, binokorlik, kulolchilik, to'qimachilik, zargarlik, qurolsozlik, kemasozlik va boshqa kasb-korlar rivojlangan. Yangi podsholik davrida mamlakatning ichki va tashqi savdosi ravnaq topgan. Ichki va tashqi savdoda mol ayirboshlash Nil daryosi, O'rtayer, Qizil dengiz va quruqlikdagi yo'llar orqali amalga os- hirilgan. Misrdan o'zga mamlakatlarga oltin, fil suyagi. kumush, yog'ochdan ishlanib, lojuvard toshlari bilan bezatilgan buyumlar chiqarilgan. Bundan tashqari, misrliklar qo'shni mamlakatlarga shisha buyumlar. qimmatbaho mato. qurol-aslaha va boshqa buyumlar ham chiqargan. Suriyadan Misrga don, sharob, qumq meva, yog'och, asal, chor- va mollari, charm va boshqa buyumlar keltirilgan. Kipr oroli, Sinay yarimoroli va Mesopotamiyadan esa mis, jez. Badaxshon lojuvardi, gazmol, kiyim-kechak, jang aravalari, ot va boshqa narsalar olib kelingan. Lojuvard, la’l kabi qimmatbaho toshlar Misrga qo'shni mamlakatlarning savdogarlari orqali O'rta Osiyodan keltirilgan bo'Isa kerak.. Yangi podsholik davrida Misr fir'avnlari qo'shni mamlakatlar ustiga tez-tez ta- lonchilik va bosqinchilik urushlarini uyushtirib turganlar. Fir’avn Tutmos I Suriya va Falastinga bostirib kirib. Frot daryosi sohillarigacha yetib borgan. Tutmos III esa O'rtayer dengizining sharqiy sohilidagi mamlakatlarga 15 marta harbiy yurish qilgan. Misr qo'shinlari Suriya va Falastinni qayta ishg'ol qilib, Frot daryosi bo'vidagi Karxemish shahrini ham bosib olgan. Misr qo'shini- ning kuch-qudratidan cho'chigan Ossuriya, Xett, Bobil va Mitanni podsholari o'zlarini fir"avnning “birodarlari”, deb e’lon qilgan va o'z mustaqilliklarini saqlab qolgan. Tutmos III qo'shinlari janubdagi Kush, Nubiya va Punt kabi mamlakatlarga ham bir necha bor bostirib kirgan. Askarlar bu mamlakatlardan son-sanoqsiz asirlar, oltin. kumush, qimmatbaho buyumlar, fit suyaklari olib qaytganlar. Fir'avn Amenxotep davrida ham Misr qo'shinlari Suriya, Falastin, Mitanni va Nubiyaga harbiy yurishlar uyushtirib, Misrga juda ko'p o'lja va harbiy asirlar bilan qaytgan. Tutmos III va Amenxotep II davrida Misr Yaqin Sharqdagi eng qudratli davlat bo'lib qolaver- gan. Fir’avn Amenxotep III davrida behuda urushlar boimagan. U tinchlik siyosatini qo'llab, qo'shni mamlakatlar bilan do'stona, savdo va madaniy aloqalarini kuchaytirgan. Amenxotep III podsholigining oxirlarida Misrning bosib olingan mamlakatlar ustidan o'rnatilgan ta’siri susaya boshlagan. Finikiya va Falastin itoat et- may qo'ygan. Amenxotep III dan so'ng Misr taxtini Amenxotep IV egallagan. U Misrni m.av. 1365-yildan 1348-yilgacha boshqargan. Amenxotep IV davrida Misr davlati kuchsizlanib, qaram mamlakatlar uning ta’siridan chiqib keta boshlagan. Misrning kuchsizla- nishidan foydalangan ko'chmanchi jangari qabilalar mamlakatga bostirib kirgan.


Download 188.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling