104-guruh uchun jahon tarixidan yakuniy savollariga javoblar. Ilk va qadimgi podsholiklar davrida misr
Download 188.27 Kb.
|
JAHON TARIXIDAN YAKUNIY JAVOBLARI (H.X)
.
2) O`RTA PODSHOLIK DAVRIDA MISR. O‘rta podsholik (mil.avv. 2020-yil – mil.avv. 1750-yillar). Mil.avv. 2020-yil atrofida fir’avn Mentuxotep II shimolni istilo qilib, butun mamlakatni birlashtirdi. Bu voqeadan so‘ng, O‘rta podsholik davri boshlandi. Qayta birlashgan Misr davlatini boshqargan XI sulola fir’avnlari davrida keng qamrovli qurilish ishlari, faol tashqi siyosat (Osiyoda urushlar, uzoq Puntga ekspeditsiyalar) qayta boshlandi. Ammo mamlakat ichida o‘zaro urushlar hali saqlanib qoldi. Haqiqiy mustahkam davlatni yangi XII sulola barpo qildi. XII sulola asoschisi Amenemxet I (mil.avv. 1976–1947-yillar) fir’avn bo‘lganiga qadar XI sulolaning oliy amaldori edi. Markaziy hokimiyat kuchayib, umummisr sun’iy sug‘orish tizimi qayta tiklandi. Fayum («ko‘l yeri») vodiysidagi bepo yon botqoqliklar o‘zlashtirildi. Fayum suv ombori barpo etilishi natijasida ko‘plab yangi yerlar ochildi. Fayum vodiysida yangi shahar – Illaxun barpo qilindi. Illaxun shahrida ming xonali ulkan (labirint – yunoncha) tosh inshoot barpo etildi. Bu inshoot diniy maqsadlarga xizmat qilib, turli nom xudolariga bag‘ishlangan ibodatxona vazifasini o‘tagan. Katta suv ombori qurilib, kanal bilan Nil daryosiga qo‘shildi. Fayum vohasida tarmoqlangan sug‘orish tizimi barpo qilindi. Janubiy ostona, Fayum va uning atroflari obod qilinishi XII sulola fir’avnlarining poytaxtni Fivadan yangi qurilgan shahar Ittaun («Ikkala yerni birlashtiruvchi») shahriga ko‘chirishlariga sabab bo‘ldi. Mehnat qurollari takomillashdi. Sinayda mis xomashyosini qazib olish ko‘paydi. Shimoliy Nubiyada oltin va mis xomashyosini qazish yo‘lga qo‘yildi. Qishloq xo‘jaligi yuksalib, yangi qulay omoch paydo bo‘ldi. Ilk (jez) qurollar o‘zlashtirildi. Mesopotamiya, Kichik Osiyo va Sharqiy O‘rtayer dengizi qirg‘oqlari jez qurollarni bundan ancha oldinroq qo‘llay boshlagan edilar. Misrning bu sohada qoloqligining sababi, Nil va uning atrofida jez xomashyosining yo‘qligi edi. Boshqa yutuqlardan biri shishaning kashf etilishi edi. Iqtisodiyotning jonlanishi metallarga, kumush, qurilish yog‘ochiga ehtiyojni kuchaytirdi. Bu chet mamlakatlar bilan savdo aloqalari faollashuviga olib keldi. Misr savdo karvonlari Nil, Suvaysh bo‘yni orqali Kichik Osiyo va Bobilga chiqdilar. Janubiy Nubiya va Puntdan oltin olib kelindi. O‘rta podsholik davrida yirik xo‘jaliklar o‘rniga o‘rta xo‘jaliklar yetakchi o‘rin egalladi. Ular foyda keltiradigan barqaror xo‘jalik edi. Bozor bilan bog‘lanish va qul mehnatidan foydalanish kuchaydi. Kichik xo‘jaliklarning soni oshdi. Moddiy boylikning asosiy yaratuv chilaridan biri – ishlab chiqarish vositalari va mehnat qurollaridan mahrum bo‘lgan «xemum-nesut» – «podsho odamlari» deb atalgan ishchilar hisoblangan. Ular podsho, ibodatxona, zodagonlar yerida ishlab,buning evaziga oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshpana olganlar. «Podsho odamlari» yoshlik paytidan aholi ro‘y xatidan o‘tkazilib, ma’lum hunarlarga taqsimlanar edilar. Misr hukmron qatlamlarida ham o‘zgarish yuz berdi. Oliy tabaqaga oqsuyak zodagonlar, oliy kohinlar va davlat apparatining katta amaldorlari kirar edilar. Endilikda fir’avn xizmatida o‘zini ko‘rsatgan quyi tabaqadan bo‘lgan amaldorlar oliy tabaqaga kira boshladilar. 0 ‘rta podsholik davri Misrda m. av. 2250-1750-yillarda davom etgan. Bu davrda Misr qo'shinlari piyodalardan iborat edi. 0 ‘rta podsholik davrida fir'avnlar qo‘shni mamlakatlarga talonchilik va bosqinchilik yurishlari qilganlar. Misr qo'shini Nubiya. Sinay, Finikiya, Falastin va hatto Frot daryosi sohillarigacha kirib borgan. Fir’avnlar bo'ysundirilgan o'lkalardan mis, oltin, kumush. qora yog'och, qimmatbaho buyumlar, ko‘p minglab asir va chorva mol- larini haydab olib ketganlar. 0 ‘rta podsholik davrida xo'jalik. Misrda markazlashgan kuchli davlatning tashkil topishi natijasida xo'jalik ancha taraqqiy etgan. Misr fir’avnlari yangi yerlar ochishga va sug'orish inshoot- larini qurish ishiga katta e'tibor berganlar. Fayum vohasidagi ko'l chuqurlashtirilib sun’iy suv omboriga aylantirilgan. Nil daryosidan suv ombori tomon kanal qazilib unga suv keltirilgan. Baland joy- larga suv chiqarish uchun shod til’ kashf etilib. ulardan foydalanilgan. Ma’lumki Qadimgi Sharq dunyosidagi Hindiston, Arabiston. Eron, 0 ‘rta Osiyo havosi issiq mamlakatlar qatoriga kiradi. Bu mamlakatlarda ziroatchilik asosan sun’iy sug'orishga asoslangan- dir. Xususan, Qadimgi Misr ikki sahro - Sahroyi Kabir va Suriya - Mesopotamiya, shuningdek, Arab sahrolari orasida joylashgan mamlakatdir. M. av. XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab O'rta podsholik tushkunlikka yuz tutadi. 13-sulola davridan Misrda o'zaro urushlar boshlanib tushkunlik yana kuchayadi. Mamlakatdagi ichki nizolar. soliqlar va fir’avnlaraing bosqinchilik umshlari mehnatkash xalq va qullarning ahvolini yanada yomon- lashtirib yuboradi. Toj-taxt uchun kurash qizg‘in tus olib, fir’avn- lar tez-tez almashinib turgan. Misrdagi tushkunlikdan qo'shni mamlakatlar foydalanib, birin-ketin mamlakatga bostirib kiradilar. 13-sulola podsholari esa qo'shni qabilalarning hujumini qaytara olmaydilar. Ichki urush-janjallar va qo‘shni qabilalarning hujum- lari mamlakat xo’jaligiga katta zarar keltiradi. Mamlakatdagi qi- yinchiliklarning barcha og'irligi oddiy mehnatkash xalq va qullar yelkasiga tushar edi. Og’ir jabr-zulm va qiyinchiliklardan sabr kosalari to’lgan mehnatkash xalq m.av. 1750-yi Ida qo'zg'olon ко'taradi.Qo'zg'olon- da jabrdiyda qullar ham faol ishtirok etadilar. Bu qo'zg'olon butun podsholikni qamrab olib mamlakatni larzaga keltirgan. Misrdagi bu voqealar o'sha vaqtda yaratilgan “Ipusyer so’zlari” degan yozma bitikda o'z ifodasini topgan. Bu bitik muallifi yirik mansabdor shaxs boigan. U xalq ommasi va qullar qo‘zg‘oloniga nafrat bilan qaragan. “Ipusyer so'zlari‘‘dagi ma'lumotlarga qara- ganda dehqonlar. kambag‘allar va qullar, zodagon va a'yonlarga qarshi bosh ko‘targanlar. Qo’zg'olonchilar zodagon va a’yonlar- ning uylaiiga bostirib kirib, mol-mulklarini talon-taroj qilganlar. “Ipusyer solzlari”da qo’zg'olonning oqibati nima bilan tuga- gani bayon etilmagan. Keyinchalik qo‘zg'olon bostirilgan bo'Isa kerakki, Misrda fir’avnlar hokimiyati qayta tiklangan. Qo’zg‘olon bostirilgani bilan, oddiy xalq va qullar zolimlarga qarshi ko’p marta bosh ko'targanlar. Download 188.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling