107. O’rta arslarda Xitoy madaniyati va fani. Qadimgi xitoyliklar boshqa Sharq


XVI asming Angliya tarixidagi o`rni


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/21
Sana30.04.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1412890
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
SONGI

XVI asming Angliya tarixidagi o`rni. XVI asr Tyudorlar sulolasi asri bo`ldi. Bu yuz 
yillik Angliya tarixida chuqur iz qoldirgan uch yirik tarixiy hodisa bilan ajralib turadi. 
Bular - reformatsiya, mutlaq monarxiyaning kuchayishi va dengizda Angliya 
hukmronligining o`rnatilishi edi.
Angliyadareformatsiya qirol Genrix VIII (1491-1547) hukmronligi davriga to`g`ri 
keldi. Angliyada reformatsiya xalqning talabi bilan emas, balki qirolning xohish va 
irodasi bilan amalga oshirildi.
Genrix VIII qirol hokimiyatini yanada mustahkamlash uchun cherkovni yerdan va 
boshqa mol-mulklardan mahrum etisfi haqida farmon chiqardi. Ularga qarashli 
bo`lgan yerlarning 2/3 qismi sotib yuborildi.


Angliyada protestantlik ta'limotiga amal qiluvchi cherkov anglikan cherkovi deb 
ataldi. Qirol cherkov boshlig`i deb e'lon qilindi. Rim Papasi hokimiyati inkor etildi.
Katolik cherkovining boyliklari tortib olindi.
235.Tyudorlar sulolasining hokimiyatga kelishi (1485) va Angliyada mutlaq 
monarxiya oʻrnatilishi.
 Tyudorlar (Tudor) 
— Angliyadagi k,irollar sulolasi 
(1485
—1603). Qizil va Oq gullar urushidan soʻng hokimiyat tepasiga kelgan. 
Yangi dvoryanlar va shahar burjuaziyasiga tayangan. T. hukmronligi davrida 
absolyutizm shakllangan, ingliz cherkovi Vatikandan ajrab chiqib, mustaqil 
boʻlgan va qirol hokimiyatiga tobe ettirilgan (1534); 1588-yil Atlantika 
okeanidagi savdo yoʻllari ustidan nazorat qilish huquqiga ega boʻlish uchun 
Ispaniya bilan muvaffaqiyatli urush olib borilgan (1588-yil ispanlarni 
"Yengilmas armada" deb atalmish flotining tormor etilishi); Rus davlati bilan 
savdo aloqalari oʻrnatilgan (1553). Eng mashhur vakillari: Genrix VII, Genrix 
VIII, Eduard VI, Mariya I Tyudor, Yelizaveta 1.
271.Ikkinchi jahon urushining Italiya uchun natijalari.
Italiya
Italiyada Gitlerga o'xshash mafkuraga ega partiya hokimiyatni qo'lga kiritdi. Bu 
Benito Mussolinining Milliy fashistik partiyasi edi, u o'zini millatchi, 
ekspansiyachi va militarist deb e'lon qildi. 1936 yilda allaqachon Italiya Efiopiyani 
bosib oldi va 1939 yilda Albaniyani bosib oldi.
Mussolini ham Gitler singari Italiya chegaralarini kengaytirmoqchi edi. Bir marta 
hokimiyat tepasida bo'lganida, u shaxsiy erkinliklarga chek qo'ydi va raqiblarini yo'q 
qildi. U Germaniya bilan Chelik shartnomalarini imzoladi.
Fashistlar boshqaruvi va 
urush Italiya iqtisodiyoti va uning jahon maydonidagi ahvoliga ulkan zarar yetkazdi. 
Urush yillarida 500 mingga yaqin odam halok bo’ldi va nom-nishonsiz yo’qoldi. 20 
foiz sanoat korxonalari va 40 foiz temir yo'1 hamda avtomobil yo’llari vayron etildi. 
Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi — 50 foizga, qishloq xojalik mahsulotlari 
— 40 foizga qisqardi. Ingliz va amerika bosqinchilik hukumatlari ishlab chiqargan 
moddiy mahsulotlar rekvizitsiyasi Italiya iqtisodiyotiga katta zarar yetkazdi. Buning 
ustiga inflyatsiya kuchaydi. Oziq-ovqat, turar joy yetishmasligi kuchli sezildi. 2 
millionga yaqin kishi ish-siz qoldi. Urush yillaridayoq antifashist tashkilotlari 
joylardagi hokimiyat organlari bo’lgan milliy ozodlik qo’mitalarini tashkil eldi. Ular 
1945-yil iyunida fashizmni tor-mor etish va uning oqibatlarini tugatishda ishtirok 
etgan bar-cha siyosiy kuchlar vakillari kirgan hukumatni tuzishdi. 1947-yil 10-
fevralda Parijda imzo chekilgan tinchlik shartnomasiga ko’ra Italiya o’z 
mustamlakalarini yo’qotdi va anchagina miqdorda reparatsiyalarm (urush tovonlarini) 
to’lashi lozim edi. 23 yildan ziyod fashizm bilan kurashgan Italiya kommunistik 
partiyasi (IKP) xalq ishonchini qozongan edi. Birgalikdagi kurash kommunistlar bilan 
Italiya sotsialis-tik partiyasi ittifoqini mustahkamladi. 1946-yilda bu partiyalar 
o’rtasida birgalikda harakat qilish haqidagi bitim imzolandi. 1945-yil dekabrda IKP 
jamiyatdagi barcha qatlamlar ittifoqiga asoslangan "taraqqiyparvar demokratiyani" 
o’rnatish dasturini ilgari surdi. Kommunistlar chuqur demokratik o’zgarishlami 
anialga oshirish, respublika tuzumini e'lon qilish, Ta'sis majlisini chaqirish va yangi 


Konstitutsiyani qabul qilish zarur deb hisoblashdi. Ular sanoat va moliyaviy 
monopoiiyalarni natsionalizatsiya qilish, ishlab chiqarish ustidan mehnatkashlar 
nazoratini o’rnatish, yirik yer muiklarini tugatish va shu tariqa bo’shagan yerlarni 
yersiz dehqonlarga berishni talab qildilar. Kommunistlar shuni ta'kid-lashdiki, 
taraqqiyparvar de-mokratiya rivojining tugai maqsadi sotsializmdir, biroq Italiya 
kommunistlarining sotsializmi SSSR sotsia-lizmidan tubdan farqlanardi. U 
insonparvarlikning demok-ratiya tamoyillariga asoslanar va proletariat diktaturasi 
o’zboshimchaligidan yiroq oliy darajadagi sivilizatsiyaviy jamiyatni ko’zda tutardi. 
Palmiro Tolyatti. Italiya kommunistlarining yo’lboshchisi xalqaro ishchi-lar 
harakatining yirik arbobi Palmiro Tolyatti (1893— 1964-yillar) edi.

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling