107. O’rta arslarda Xitoy madaniyati va fani. Qadimgi xitoyliklar boshqa Sharq


Partiyasining asl qisqartmasi "Nasos" ko‘rinishida edi. "Natsist" so‘zi esa bavar


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/21
Sana30.04.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1412890
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
SONGI


Partiyasining asl qisqartmasi "Nasos" ko‘rinishida edi. "Natsist" so‘zi esa bavar 
tilidagi so‘zdan kelib chiqqan va "faqat o‘ylovchi" degan ma’noni anglatgan. Mazkur 
so‘z birinchi marta jurnalist Konrad Xayden (1901-1966) tomonidan ishlatilgan ekan. 
11. Svastika qadimgi diniy ramz hisoblangan. Bu sanskrit tilidan kelib chiqqan 
bo‘lib, mazkur belgi qadimgi odamlar uchun omad va hosildorlikning ramzi 
sanalgan. Svastika timsoli Yunoniston, Misr, Xitoy, Hindiston va Hinduiylik 
ibodatxonalarining xarobalarida uchraydi. 12. 1935-yili ingliz muhandisi Robert 
Uotson-Uatt "dushman samolyotlarini radio to‘lqinlari yordamida yo‘q qila oladigan" 
"o‘lim nuri"ni ishlab chiqadi. Uning ixtirochi keyinchalik radar hamda 
radiolokatsiyaga aylangan. 13. Ikkinchi jahon urushida dengiz osti kemalarida 
xizmat qilgan 40 000 askardan faqat 10 000 kishi jangdan qaytib keldi.14.
Yaponiyadagi atom bombardimonidan qutulib qolganlar "Niji Xibakusya" deb 
atalgan,bu so‘zmaso‘z tarjima qilinganda "portlashdan zarar ko‘rgan odamlar"degan 
ma’noni anglatadi.15. Ikkinchi jahon urushida AQSh harbiylari orasida 600 000 
yahudiy xizmat qilgan. Ularning 35 mingdan ziyodi halok bo‘ldi, yaralandi, asir olindi 
yoki daraksiz ketdi. 8000 ga yaqin yahudiy askar jangda vafot etgan. Eng achinarlisi, 
yahudiy askarlardan faqat ikkitasigina urushdagi xizmati uchun "Jasorat "medaliga 
sazovor bo‘lgan.16. Ardennes jangi Amerika qurolli kuchlarining eng katta va 
eng dahshatli to‘qnashuvi edi. Bu yerda 80 mingdan ortiq amerikalik askar qurbon 
bo‘lgan.17. Enola Gay nomi (Boing B-29 Superfortress) Xirosima shahriga 
bomba tashlangach,mashhur bo‘lib ketdi. Nagasaki shahriga bomba tashlagan 
Bockscar bombardimonchi samolyoti esa oddiy uchuvchi nomi (Frederik Bok 


sharafiga) bilan atalgan edi. 18. Ikkinchi jahon urushi davrida Leningrad qamali 
paytida halok bo‘lgan ruslar (harbiylar va tinch aholi vakillari) soni butun urush 
davomida o‘lgan amerikalik va ingliz askarlari ko‘proq bo‘lgan.19. Natsistlar 
taxminan 12 million odamni o‘ldirgan, ularning 6 millioni esa Xolokost paytida qirib 
tashlangan yahudiylar edi.20. Ikkinchi jahon urushi paytida Yaponiyada qog‘oz 
va ipak yordamida to‘qqiz mingta "havo kemalari"ni yasab chiqishgan. Rezinali havo 
sharlari AmerikaQo‘shma Shtatlariga portlovchi va piyodalarga qarshi bombalarni 
yetkazib berishi kerak edi. 1000 dan ziyod pufaklar Michigan shahriga yetib kelgan. 
O'sha paytda Oregon shtatidagi piknikda bo‘lgan olti amerikalik (beshta bola va bitta 
homilador ayol) mana shu pufaklar sababli o‘lim topgan. 21. Yapon 
kamikadzelari 1944 yili 19 oktyabrda vitse-admiral Onisi tomonidan Amerika 
qo‘shinlarining texnologik afzalliklarini muvofiqlashtirish uchun taklif etilgan. 
Kamikadzelarning 2800 tasi halok bo‘lgan. Ular 34 ta Amerika kemasini 
cho‘ktirganlar, 368 tasini zararlaganlar, 4,900 dengizchi bilan kurashib ularni yo‘q 
qilishgan, yana 4,800 askar esa og‘ir darajada yaralangan. 22. Ko‘pgina 
yahudiylar dahshatli tibbiy tajribalarga duch kelishgan. Masalan, natsist shifokorlar 
suyakni davolab bo‘lmaydigan darajaga kelishi uchun uni necha marta sindirish 
kerakligini bilmoqchi bo‘lishgan va buning uchun yahudiylarning suyaklarini qayta va 
qayta sindirib ko‘rishgan. Odamning bosh chanog‘idagi do‘nglik qismini topish uchun 
uni bolg‘a bilan urib chiqishgan. Atmosfera bosimining tanaga ta’sirini aniqlash 
uchun yana bir qator dahshatli tajribalar o‘tkazilgan. Bundan tashqari, mahbuslar turli 
yuqumli kasalliklar bilan zararlantirilgan, ularning qo‘llari va oyoqlari kesib olingan, 
transplantatsiya tajribalari uchun mushaklarini ham kesib olganlar. Shuning uchun 
ham mazkur tajribalardan bugungi kunda foydalanish ahloqiy me’yorlarga to‘g‘ri 
kelmaydi. 23. Doktor Yosef Mengele ("O‘lim farishtasi") o‘zining genetik 
tajribalari uchun taxminan 3000 ta egizak, asosan, Sigan va Yahudiylarning 
bolalaridan foydalangan. Tajribada qatnashgan 3000 nafar bolaning faqatgina 200 tasi 
omon qoldi. Doktor egizaklarning ko‘zlarini almashtirib ko‘rar, dahshatli tajribalar 
o‘tkazgancha bolalarni do‘zahiy azoblar bilan qiynardi. Eng jirkanch va dahshatli 
tajribalardan biri sigan egizaklari bilan amalga oshirilgan. Beshafqat doktor ularni bir-
biriga mahkamlab tikib qo‘ygan va zamonaviy tilda "Siam egizaklari"ni yaratgan.24 . 
Ikkinchi jahon urushining tugashi 1945 yil 2 sentyabr sanasi - Yaponiyaning Tokio 
ko‘rfazidagi AQShga tegishli "Missuri" harbiy kemasida taslim bo‘lganlik haqidagi 
hujjatni imzolash hodisasi sodir bo‘lgan kunga to‘g‘ri keladi.25. Anne Frank va uning 
singlisi 1945 yilda, ozod bo‘lishlariga bir oy vaqt qolganda Bergen-Belzen lagerida 
vafot etdilar. Bu yerda 50 mingga yaqin odam nobud bo‘lgan. Lager bo‘shatilgach, 
askarlar bu yerda tarqalgan termala kasalligi avjolib ketmasligi uchun uni tag-tugi 
bilan yoqib yuborganlar.26. «Yahudiylarning rad etilishi» nomli kitobida Devid 
Vayman (1929) kontsentratsion lagerni bombardimon qilishdan voz kechishga 
ittifoqchilarning yahudiylar taqdiriga befarqligi emas, balki operatsiyani amalga 
oshirishning iloji yo‘qligi sabab bo‘lgani haqida aytiladi.27. Xavf o‘ta yuqori 
bo‘lishiga qaramay, minglab yahudiylar jangdan omon qolganlar. Misol uchun, 
Daniya tarkibidagi yahudiylar jamiyati to‘liq saqlanib qolgan. Raul Vallenberg 


(1912-1947), Oskar Shindler (1908-1974), Tiune Sugixara (1900-1986) kabi shaxslar 
minglab kishilar hayotini saqlab qolganlar. 27. 1940-1945 yillar davomida AQShning 
mudofaa byudjeti 1,9 mlrd. AQSh dollaridan 59,8 mlrd.gacha oshib ketgan.28. Pearl-
xarbourga hujum paytida 96 ta kema langar tashlagan holatda to‘xtab turardi. 
Ularning 18 nafari batamom yo‘q qilingan yoki jiddiy zarar ko‘rgan, jumladan, sakkiz 
jangchi ham halok bo‘lgan. 2402 amerikalik askar vafot etgan, yana 1280 kishi 
yaralangan. Uch yuz ellikta samolyot yo‘q qilingan.29. Havo kuchlari Ikkinchi jahon 
urushida qo‘shinning bir qismi bo‘lib, undan keyin ham qo‘shinning alohida bo‘lagi 
bo‘lmadi. 30. 1941 yilda odamlarning oylik ish haqi $ 21 edi. 1942 yilda esa bu 
ko‘rsatkich 50 dollarga ko‘tarilgan.31. Nemis suvosti kemalari 2000 ta ittifoq 
kemalarini cho‘ktirib yuborgan va 781 dengiz osti kemasini yo‘q qilgan.32. Ikkinchi 
jahon urushi paytida 650 mingdan ortiq jip mashinasi ishlab chiqarilgan. Amerika 
fabrikalarida 300 ming harbiy samolyot, 89 mingta tank, 3,000,000 ta avtomat va 7 
000 000 qurol tayyorlangan edi.33. Ikkinchi jahon urushida nemislar ilk marta 
jangovar samolyotlar, jumladan "Messershmitt Me-262" dan foydalanganlar. Biroq, 
ular harbiy harakatlarga ta’sir qila olmadi, sababi jang maydonlariga kechikib 
yetkazilgan edi. 34. Dunyoda yaratilgan eng kuchli artilleriya quroli aynan ikkinchi 
jahon urushida ishlatilgan.Uning bosh konstruktori esa Karl Bekker bo‘lib, 
keyinchalik aynan ixtirochining nomi bilan"Karl" deya atalgan. Ko‘pincha ruslarga 
qarshi ishlatilgan katta zambarak 2,5 tonnali to‘plar bilan 5kilometr uzoqlikdagi 
nishonni poylay olardi. Bundan tashqari qurol 2,5-3 metr qalinlikdagi beton 
devorlarni yo‘q qilish imkoniga ega bo‘lgan.35. Ikkinchi jahon urushi davrida 
inglizlarning BAM qisqartmasi - dengizda xizmat qilgan ayol askarlar uchun, NAM 
esa erkak askarlar uchun ishlatilgan.36. Ikkinchi jahon urushi Yevropaning qudrati 
pasayishiga olib keldi, jahon qudratining markazi sifatida AQSh va Rossiya nomi 
tilga olina boshlandi. Bu Sovuq urush va yadroviy asrning boshlanishi uchun 
sharoitlar yaratgan sabablardan biri edi.37. Ko‘pchilik tarixchilar Ikkinchi jahon 
urushi 1939 yilda Germaniya Polshaga hujum qilganidan so‘ng boshlanganini 
tasdiqlashadi. Boshqalari esa1931 yil 18-sentabrda Yaponiya Manjuriyaga hujum 
qilgan kun urush boshlanganini aytadilar. Ba’zi olimlar esa Ikkinchi jahon urushi 
aslida Birinchi jahon urushining davomi ekanini ta’kidlaydilar. 

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling