107. O’rta arslarda Xitoy madaniyati va fani. Qadimgi xitoyliklar boshqa Sharq
Download 1.62 Mb. Pdf ko'rish
|
SONGI
Molotov-Ribbentrop paktiNemislar Sharqiy Yevropa davlatlarini bosib olishni
maqsad qilar ekan, bunda ularga qo‘llov kerak edi. O‘sha paytda Germaniya tashqi ishlar vazirligi Fransiya, Buyuk Britaniya hukumati bilan muzokaralar olib boradi. Ammo ular Germaniyaning bosqinchilik siyosatiga mutlaqo qarshi chiqishadi. Shundan so‘ng nemislar sovetlar bilan muzokara boshlashadi. Muzokaralar davomida ma’lum bo‘ladiki, SSSR Sharqiy Yevropadagi o‘ziga qo‘shni bo‘lgan davlatlarning ma’lum bir hududlarini bosib olish evaziga, nemislarning bosqinchilik siyosatiga qarshi emas. 1939 yil 23 avgust kuni Germaniya tashqi ishlar vaziri Ioxim fon Ribbentrop Moskvaga uchib keladi. U Moskvada Stalin va Molotov bilan uchrashadi. Molotov o‘sha paytda SSSR tashqi ishlar xalq komissari edi. Stalin, Molotov va Ribbentrop ishtirokida o‘tkazilgan marosimda Germaniya va SSSR o‘rtasida «O‘zaro hujum qilmaslik haqida»gi shartnoma imzolanadi. Chapdan o‘ngga old qator, Ribbentrop, Stalin va Molotov. Foto: AP Shartnomani har ikki davlat tashqi ishlar vazirlari Vyacheslav Molotov va Ioxim fon Ribbentrop imzolagani uchun u tarixda «Molotov-Ribbentrop pakti» deb ataladi. O‘zaro hujum qilmaslik haqidagi bunday shartnomani Germaniya Polsha bilan 1934 yilda, Britaniya va Fransiya bilan 1938 yilda, Latviya, Litva, Estoniya bilan 1939 yilda imzolagan edi. Ammo SSSR bilan imzolangan shartnomada yuqoridagi davlatlar bilan imzolangan shartnomalardan farqli ravishda maxfiy kelishuv (protokol) ham bor edi. Keyinchalik, Stalinning tarjimoni sifatida shartnoma imzolash marosimida qatnashgan Vladimir Pavlov shunday eslagandi: «Muzokaralar boshlanganda Stalin «Bu shartnomada qo‘shimcha kelishuvlar bo‘lishi kerak va u hech qayerda e’lon qilinmasligi lozim», dedi». Shartnoma imzolangan zahoti Ribbentrop Hitlerga «kelishuv muvaffaqiyatli yakunlangani» haqida yozib yuboradi. Shartnomaning e’lon qilingan qismida qo‘yidagi muhim bandlar bor edi: • 1-modda. Tomonlar bir-biriga qarshi tajovuz qilmaslik; • 2-modda. Boshqa bir davlat tomonlardan biriga hujum qilganda ikkinchisi uni qo‘llamaslik; • 4-modda. Tomonlardan biri ikkinchisiga qarshi tuzilgan ittifoqqa kirmaslik; 5- modda. Tomonlar o‘zaro nizolarni tinch yo‘l bilan hal qilish majburiyatlarini oladi. Shartnomaning boshqa moddalarida iqtisodiy va texnik hamkorlik masalalari belgilanadi. Shartnomani imzolash paytida Molotov va Ribbentropning yonida Stalin va yana bir qancha sovet mulozimlari bo‘lgan. Ribbentropning yonida yordamchisi Andor Xenke, Germaniyaning SSSRdagi elchisi Verner Shulenburg va tarjimon bo‘lgan. Keyinchalik, Xenkening eslashicha, shartnoma imzolash jarayoniga sovet jurnalistlari qo‘yilmagan. Ribentropning xohishi bilan bir necha nafar nemis jurnalistlari kiritilgan. Shartnoma imzolangandan so‘ng Ribbentrop sharafiga ziyofat beriladi. Unda Stalin va Molotov navbati bilan nemis xalqi sha’niga maqtov yog‘dirishadi va «hurmatli mehmon» sharafiga qadah ko‘tarishni taklif etadi. Ziyofat oxirida Stalin Ribbertropga SSSR shartnoma shartlariga amal qilishga jiddiy qarashini ta’kidlaydi va «So‘z beraman, sovet ittifoqi o‘z hamkorlarini sotmaydi», deydi. 160.1939—1940 yillar mobaynida fashistlar Germaniyasi qaysi hududlarni qo’lga kiritdi? 161.Gitlerchilarning Sharqqa urush rejasi “Barbarosa” rejasi. Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling