107. O’rta arslarda Xitoy madaniyati va fani. Qadimgi xitoyliklar boshqa Sharq


Download 1.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/21
Sana30.04.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1412890
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
SONGI

159.19465 yil 23avgust Ribbentrop va Molotov pakti.
 1939 yil 23 avgust kuni 
Moskvada Ioxim fon Ribbentrop va Vyacheslav Molotov tomonidan «O‘zaro hujum 
qilmaslik haqida» sovet-german shartnomasi imzolanadi. Molotov-Ribbentrop pakti 
deb atalgan bu shartnomaning maxfiy qismi ham bo‘lib, unda tomonlar Sharqiy 
Yevropani birgalikda bosib olish haqida kelishib olgandi. Sovetlar bu maxfiy 
kelishuvni 1980-yillarning oxirigacha tan olmaydi. Faqat 1989 yilga kelib SSSR oliy 
soveti kelishuv Stalin hamda uning atrofidagilar tomonidan imzolanganini va u sovet 
xalqining xohish-istaklarini ifodalamasligini ma’lum qiladi.
Ikkinchi jahon urushi tugagandan keyin uning asosiy g‘olibi bo‘lgan SSSR bu urush 
bilan bog‘liq tarixni o‘zi xohlaganiday turli yolg‘onlar bilan talqin qilgan. 
Maktablarda, oliy ta’limda o‘sha yolg‘onlar o‘qitilgan, ilmiy ishlar yozilgan.Ana shu 
yolg‘onlardan biri SSSR Ikkinchi jahon urushiga 1941 yil 22 iyunda Gitler 
Germaniyasi bu davlatga bostirib kirganidan keyin qo‘shilgani haqidagi gaplar. Aslida 
esa sovetlar urushiga Germaniya bilan imzolangan maxfiy kelishuvga muvofiq 1939 


yil 17 sentabr kuni qo‘shilgan edi.1939 yil 23 avgust kuni Moskvada Germaniya va 
sovet ittifoqi o‘rtasida o‘zaro hujum qilmaslik haqida shartnoma 
imzolanadi.Imzolangan shartnomaning maxfiy qismi ham bor edi va unda tomonlar 
Sharqiy Yevropani o‘zaro taqsimlab olishni kelishib olishgandi. 
Ikkinchi jahon urushi boshlanguncha (1939 yil 1 sentabr) Yevropadagi vaziyat 
1933 yilda Germaniyada hokimiyat tepasiga nemis milliy-sotsialistik ishchilar 
partiyasi vakili Adolf Hitler keladi. O‘sha yili Germaniya Jyenevada qabul qilingan 
qurolsizlanish bo‘yicha konferensiyani tark etadi. 
Oradan bir yil o‘tib Hitler o‘zini fyurer deb e’lon qiladi va mamlakat qurolli kuchlari 
bosh qo‘mondoniga aylanadi. Shundan so‘ng Germaniya zo‘r berib qurollana 
boshlaydi.Hitler nemislar oliy irq ekanini, boshqa millatlar ularga tobe bo‘lishi va 
xizmat qilishi lozimligi haqidagi da’volarni ilgari suradi. Shu tariqa Germaniyada 
fashizm g‘oyalari targ‘ib qilina boshlanadi.1936 yildan boshlab Germaniya o‘z 
qo‘shnilari Polsha, Chexoslovakiya Avstriya kabi davlatlarga hudud da’volari bilan 
chiqadi. 1938 yilga borib nemis qo‘shinlari Avstriyani bosib oladi va uning 
Germaniyaga qo‘shilgani e’lon qilinadi.Biroz o‘tib Chexoslovakiyaning Sudet 
viloyati bosib olinadi. Keyinroq 1939 yil mart oyida nemislar Chexoslovakiyani bir 
nechta yarim vassal hududlarga bo‘lib tashlaydi.1939 yil sentabrda Germaniya va 
SSSR Polshani bosib olib, bu davlat tugatilganini e’lon qilishadi. Shu tariqa, 
nemislarning Polshaga bostirib kirgan sanasi – 1939 yil 1 sentabr Ikkinchi jahon 
urushining boshlanishi sifatida qayd etiladi.

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling