11- mavzu: korxonaning investitsion faoliyati reja: Investitsiyalashning vazifasi va iqtisodiy mazmuni
Download 0.8 Mb.
|
1-mavzu. Korxonaning investitsion faoliyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Investitsiya loyihasi samaradorligini baholash 3
Iqtisodiy baholash esa investitsiya loyihasining potensial qobiliyati, shu loyihaga qo‘yilgan mablag‘larning qiymatini saqlab qolishda va ularning o‘sish sur’atining yetarli darajasini yaratib berishda foydalaniladi.
Taqdim etilayotgan obyektni investitsiyalashda moliyaviy baholash (yoki moliyaviy asoslanganlik bahosi) investitsiya jarayonining ajralmas qismi hisoblanadi. Investor moliyaviy holati noma’lum bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxslar bilan hech qanday munosabatlar olib bormaydi. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda, korxonalar moliyaviy hisobotlarini ommaviyaxborot vositalari orqali yoki har xil to‘plamlar holatida chop etilib, e’lon qilish normal holat hisoblanadi. Bu to‘plamlar orqali kompaniyalarning moliyaviy holati to‘g‘risida ma’lumotlar olish mumkin. Quyidagi chizmada har bir me’zon bo‘yicha asosiy aniqlash usullari keltirilgan: 11.1-chizma. Investitsiya loyihasi samaradorligini baholash3 Investitsiya loyihasining moliyaviy asoslanganlik bahosi pul oqimlari to‘g‘risdagi hisobotga asosan hisoblanadi (4-shakl). Bu esa korxonaning mablag‘lari holati to‘g‘risida aniq ma’lumot olishni, shu bilan birga, bu mablag‘larning investitsiya loyihasiga yetarliligini ko‘rsatib beradi. Korxona pul oqimlari, asosan, quyidagilardan tashkil topadi: operatsion faoliyatning sof pul kirim-chiqimi (4-shakl, 050-qator); investitsion faoliyatning sof pul kirim-chiqimi (4-shakl, 100-qator); moliyaviy faoliyatning sof pul kirim-chiqimi (4-shakl, 180-qator); Pul mablag‘lari bo‘yicha salbiy saldo chiqqanda, qo‘shimcha o‘z mablag‘lari yoki qarz mablag‘larini jalb etishni taqozo etadi va bu mablag‘lar investitsiya loyihasini moliyaviy baholash hisob-kitobida aks ettirilishi kerak. Loyihaning maqsadi, shartlari va variantlarini tanlab olishga ko‘ra moliyaviy baholash (yoki moliyaviy asoslanganlik bahosi), investitsion loyihalash jarayonida qo‘shimcha ma’lumotlardan foydalanish mumkin (masalan, 1- va 2- shakl ma’lumotlari). Amaliyotda esa ko‘pgina korxonalar pul oqimlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni unchalik aks ettirmaydilar. Bu esa korxonaning pul mablag‘lari, qaysi faoliyat evaziga kelayotganligini tahlil etishga imkon bermaydi. Natija esa korxonani moliyaviy baholashni qiyinlashtiradi. Investitsiya loyihalari samaradorligini baholashning ikkinchi usuli – loyihani iqtisodiy baholash hisoblanadi. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling