11- mavzu: korxonaning investitsion faoliyati reja: Investitsiyalashning vazifasi va iqtisodiy mazmuni


Download 0.8 Mb.
bet1/11
Sana24.06.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1653410
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-mavzu. Korxonaning investitsion faoliyati


11- MAVZU: KORXONANING INVESTITSION FAOLIYATI
Reja:

  1. Investitsiyalashning vazifasi va iqtisodiy mazmuni

  2. Korxona investitsiyalarining manbalari

  3. Investitsion loyihalarining samaradorligini baholashning uslubiy asoslari

  4. Samaradorlikni aniqlovchi ko’rsatkichlar

  5. Iqtisodiy samaradorlik

  6. Investitsiyalarning qoplanish muddati

  7. Xatarlar va ularning investitsion loyihadagi zarari




  1. Investitsiyalashning vazifasi va iqtisodiy mazmuni

Mamlakatni ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy rivojlanishida investitsiyalarning ahamiyati kattadir. Ma’lumki, har qanday davlat dunyodan ajralgan holda, jahon tajribalarini o’rganmasdan, dunyoning etakchi davlatlari ilm-fan va tehnika sohasida erishgan yutuqlarini qabul qilmasdan rivojlanishi mumkin emas. Hozirgi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotiga chet el investitsiyalarini jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularni huquqiy himoya qilishning amaliy mexanizmlarini joriy etish va investitsion muhitni yanada yaxshilash iqtisodiy rivojlanish sohasidagi eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Rivojlangan mamlakatlar amaliyoti shuni ko’rsatadiki, investitsiya jalb qilmay turib, iqtisodiyotni yetarli darajada rivojlantirib bo’lmaydi.
“Investitsiya” atamasi lotin tilidagi “invest” so’zidan kelib chiqqan bo’lib “qo’yish”, “mablag’larni safarbar etish”, “kapital qo’yilmasi” ma’nosini beradi. Keng ma’noda investitisiya, mablag’ni ko’paytirib va qaytarib olish maqsadida safarbar etishni bildiradi. Ko’pgina hollarda “investitsiya” tushunchasi iqtisodiy va boshqa faoliyat obyektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda ularga doir huquqlar tarzida ta’riflanadi. Investitsiya deganda barcha turdagi milliy va intelektual boyliklar tushunilib, ular tadbirkorlik faoliyati obyektlariga yo’naltirilib daromad keltirishi yoki biron-bir ijobiy samaraga erishishi zarur. Investitsiya kiritishdan asosiy maqsad daromad olish va ijobiy samaraga erishishdir.
Investitsiyalarning iqtisodiy mazmun - mohiyati to’g’risida iqtisodchi olimlar o’rtasida xilma – xil fikrlar mavjud.
O’zbekiston Respublikasining 2014 yil 9 dekabrdagi “Investitsiya faoliyati to’g’risida”gi qayta tahrirdagi qonunida investitsiyaga quyidagicha ta’rif berilgan: “investitsiyalar — qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan tadbirkorlik faoliyati va boshqa turdagi faoliyat ob’ektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda ularga bo’lgan huquqlar, shu jumladan intellektual mulkka bo’lgan huquqlar, shuningdek reinvestitsiyalar”1 sifatida ta’riflanadi. Shunday qilib, “investitsiya” deganda kelgusida daromad (foyda) olish yoki ijtimoiy-iqtisodiy samaraga erishish maqsadida qonun doirasida iqtisodiyotning turli tarmog’lari va boshqa sohalariga investorlar tomonidan quyiladagan barcha turdagi mulkiy, moliyaviy va intekllektual boyliklar tushuniladi.
Boshqacha aytganda, investitsiyalar – mulkchilikning har xil ko’rinishlaridagi moddiy, moliyaviy va nomoddiy boyliklarni iqtisodiy – ijtimoiy-iqtisodiy daromad olish maqsadida muomalaga kiritishdir.
Iqtisodiy kategoriya sifatida investitsiyalar quyidagicha xarakterlanadi:

  • birlamchi kapitalni ko‘paytirish maqsadida kapitalni tadbirkorlik obyektlariga joylashtirish;

  • investitsion loyihalarni amalga oshirish jarayonida investitsiya faoliyati ishtirokchilari o‘rtasida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar.

Makroiqtisodiyotda investitsiyalar ishlab chiqarishda yangi vositalarga, turar-joylarga va moddiy zaxiralarining o‘sishiga qilinadigan xarajatlardan tashkil topadigan yalpi xarajatlarning bir qismi hisoblanadi.
Ishlab chiqarish nazariyasi va, umuman, makroiqtisodiyotda investitsiyalar yangi kapitalni (ishlab chiqarish vositalarini hamda inson kapitalini qo‘shib hisoblanganda) yaratish jarayonidir. Investitsiyalar – bu joriy davrda iste’mol qilinmagan va iqtisodiyotda kapital o’sishini ta’minlovchi YaIM ning bir qismidir.
Moliya nazariyasida esa investitsiya deganda real yoki moliyaviy aktivlarni olish tushuniladi, ya’ni bugungi sarf-xarajatlarning maqsadi kelajakda daromad olishdir. Demak, bizningcha, “Investitsiyalar – bo‘sh turgan kapitalni iqtisodiyijtimoiy samara olish maqsadida harakatga keltirishdir”.
Investitsiyalarga aniq bir ta’rif berilmagan. Jumladan, prof. D. G’. G’ozibekov investitsiyalarning iqtisodiy mazmun – mohiyatini moliyaviy kategoriya sifatida talqin etib, quyidagicha ta’rif berib o’tgan: “Investitsiyalarning mazmuni aniq va ishonchli manbalardan mablag’lar olish, ularni asosli holda safarbar etish, rikslar darajasini hisobga olgan holda kapital qiymatini saqlash va ko’zlangan samarani olishdan iborat bo’ladi”.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling