11- mavzu: korxonaning investitsion faoliyati reja: Investitsiyalashning vazifasi va iqtisodiy mazmuni


Investitsiyalarning qoplanish muddati


Download 0.8 Mb.
bet8/11
Sana24.06.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1653410
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-mavzu. Korxonaning investitsion faoliyati

6.Investitsiyalarning qoplanish muddati
Investitsiya loyihalarining iqtisodiy samaradorligini baholashda qo‘llaniladigan oddiy usullar (qoplash muddati va rentabellik darajasi usullari) ham avvaldan ma’lum bo‘lib, ular milliy va chet el amaliyotida to pul tushumlarining diskontlanishiga asoslangan usullarning keng qo‘llanilishiga qadar asosiy ko‘rsatkichlar sifatida amal qilib kelgan. Ushbu usullarning soddaligi va tushunarliligi va maxsus iqtisodiy bilimga, ko‘nikmaga, malakaga, tayyorgarlikka va tajribaga ega bo‘lmagan xodimlar o‘rtasida ham qo‘llanilishiga sabab bo‘ladi. Hozirgi kunda tijorat banklari va boshqa kredit muassasalari salohiyatli qarz oluvchilarga investitsion resurslarni taqsimlash shartlarini ma’lum qilishda, odatda, ushbu ikkita usuldan, ya’ni qoplash muddati va rentabellik darajasi ko‘rsatkichlaridan foydalanmoqdalar.
Investitsiyalarning qoplash muddatini hisoblash usuli pul oqimlarini diskontlashga asoslangan usullardan farqli ravishda, investitsiyalarning nominal miqdorda qaytarilishi mumkin bo‘lgan davrni aniqlashga xizmat qiladi. Shunga ko‘ra, bu usul investitsiya loyihasini amalga oshirishdan olinadigan daromadlar hisobiga qilingan investitsiya sarflarini qoplash davrini aniqlashga asoslangan. Qoplash muddatini aniqroq tushunadigan bo‘lsak, bu loyihani yakunlash davridagi yoki undan olingan daromad investitsiyalar summasiga teng bo‘lgandagi davrga tengdir. Uni hisoblash formulasi quyidagichadir:

bu yerda, I0 - boshlang‘ich investitsiyalar; CFt- investitsiya loyihasini amalga oshirishdan olingan yillik pul tushumi summasi. U sof foydani yoki yillik daromad (D) va xarajat (X) o‘rtasidagi (amortizatsiyasiz A) farqni ifodalaydi.


Shunday qilib, investitsiya loyihasining qoplash muddati, ya’ni loyihani amalga oshirishdan olinadigan tushumlar qilingan xarajatlarni qoplash vaqti hisoblanadi. Qoplash muddatida ikkinchi yondashuv, bu investitsiyalarning boshlang‘ich summasi yillik tushumlarning (o‘rtacha yillik) miqdoriga bo‘linadi. Bu ko‘rsatkich pul tushumlari yillar bo‘yicha teng bo‘lgan hollarda qo‘llaniladi. Investitsiyalar foydasining oddiy me’yori (ROI) buxgalteriya hisoboti ma’lumotlariga asoslangan holda aniqlanadigan o‘rtacha daromadni 67 investitsiyalarning o‘rtacha yillik hajmiga bo‘lish orqali aniqlanadi. U quyidagi formula asosida hisoblanadi:

bu yerda, Ro’rta – o‘rtacha yillik foyda miqdori; IXjami – jami investitsiya xarajatlari.
Masala. Faraz qilaylik, investitsiya loyihasi uchun 140 mln so‘m xarajat qilingan, loyihani amalga oshirish jarayonida olinadigan sof foyda miqdori yillar bo‘yicha quyidagicha: birinchi yil – 3350 ming so‘m, ikkinchi yil – 10990 ming so‘m, uchinchi yil – 15480 ming so‘m, to‘rtinchi yil – 21640 ming so‘m va beshinchi yil – 22790 ming so‘mni tashkil qilsa, u holda foydaning oddiy me’yori (ROI) qanday hisoblanadi?
Yechish: Bu loyiha bo‘yicha olinadigan sof foyda yillar bo‘yicha o‘zgaruvchan bo‘lganligi sababli, avvalombor o‘rtacha yillik foydani hisoblab topamiz. Rjami=(3350+10990+15480+21640+22790) ming so‘m = 74250 ming so‘m; Ro’rt=Rjami/5=14850 ming so‘m. Shundan so‘ng foydaning oddiy me’yorini (ROI) hisoblaymiz: ROI = (14850 ming so‘m : 140.000 ming so‘m)*100% = 10,6 %. Bu foyda me’yori investor talab qilgan me’yorni beradi. Shuning uchun bu loyihaning jalb etuvchanligini ma’qullash mumkin. Bu usulning asosiy afzalliklari shuki, hisob-kitob ishlarining oddiyligi va qulayligidir. Kamchiliklari esa kelgusi pul tushumlarining qiymatini joriy vaqtga nisbatan hisobga olinmasligidadir.



Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling