11- mavzu: Oʼquvchilаrning ilmiy dunyoqаrаshni shаkllаntirish


Download 19.86 Kb.
bet3/8
Sana21.11.2023
Hajmi19.86 Kb.
#1792495
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
11 ìàâçó 2021

solishtirish
predmet
hodisa
jarayon mohiyatini tahlil qilish natijasida yuzaga keladi.
Аqliy tarbiyani samarali tashkil etish shaxsda ilmiy tafakkurning yuzaga kelishini taʼminlaydi. Ilmiy tafakkur – inson aqliy faoliyatining yuksak shakli sanalib, ijtimoiy voqea-hodisalar, jarayonlarga nisbatan ilmiy yondashuvni anglatadi.
Eʼtiqod - dunyoqarash negizida aks etuvchi ijtimoiy - falsafiy, tabiiy, iqtisodiy, huquqiy, maʼnaviy-axloqiy, estetik hamda ekologik bilimlarning takomillashgan koʼrinishi; muayyan gʼoyaga cheksiz ishonch boʼlib, uning shakllanishi bir necha bosqichda kechadi. Birinchi bosqichda ular beqaror va vaziyat taqozosiga koʼra oʼzgaruvchanlik xususiyatini kasb etadi. Ikkinchi bosqichda maʼnaviy-axloqiy qarashlarning barqaror tamoyillariga aylanadi. Mavjud talab, jamiyat tomonidan tan olingan axloqiy qoidalardan chetga chiqish qiyin, ziddiyatli vaziyatlarda ongli harakatni tashkil etish, irodaviy sifatlarga tayangan holda ish koʼrish taqozo etiladi. Uchinchi bosqichda, eʼtiqod barcha vaziyatlarda ham ustuvor maʼnaviy-axloqiy tamoyil boʼlib qoladi. Oʼquvchi tomonidan oʼzlashtirilgan ilmiy bilimlar hayotiy munosabatlar jarayonida keng qoʼllanilganda, ularning asl mohiyati chuqur his qilingan va anglangandagina eʼtiqodga aylanadi.
Sharq mutafakkirlari oʼz asarlarida bilish hamda inson aqliy tafakkuri masalalariga alohida oʼrin bergan.
Аbu Nasr Forbiy inson tomonidan borliqni anglanishi, tabiat sirlarini anglashida ilm-fanning rolini hal qiluvchi omil sifatida baholaydi. Аllomaning fikricha, inson tanasi, miyasi, sezgi organlari u tugʼilganda mavjud boʼlgan boʼlsa, aqliy bilimi, maʼnaviyati, ruhiyati, intellektual va axloqiy sifatlari, xarakteri, dini, urf-odatlari, maʼlumoti tashqi olam, ijtimoiy muhit taʼsirida, odamlar bilan tashkil etayotgan munosabatlari jarayonida shakllanadi.
Аbu Rayhon Beruniy quyidagilarni ilgari suradi: «Inson narsa va hodisalarning faqat tashqi sifati hamda xususiyatlari haqida bilim olmay, balki tafakkuri, aqli tufayli narsa va hodisalarni taqqoslaydi, bir-biri-bilan solishtirib koʼradi, oʼz bilimlarining chinligini aniqlaydi»2. Mutafakkir, shuningdek, odamlar tomonidan bilimlarni oʼzlashtirilib borishi yangi bilimlarning yaratilishiga olib kelishini aytadi: «Ilmlar koʼpdir. Ular zamoni iqbolli boʼlib, turli fikr va xotiralar ularga qoʼshilib borsa, koʼpayadi. Odamlarning ilmlarga ragʼbat qilishi, ilmlarni va ilm ahllarini hurmatlashi oʼsha iqbolning belgisidir. (Аyniqsa) hukmron kishilarning ilm ahlini hurmat qilishi turli ilmlarning koʼpayishiga sabab boʼladi»

Download 19.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling