11- mavzu: Oʼquvchilаrning ilmiy dunyoqаrаshni shаkllаntirish


Download 19.86 Kb.
bet4/8
Sana21.11.2023
Hajmi19.86 Kb.
#1792495
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
11 ìàâçó 2021

Аbu Аli ibn Sino oʼz asarlarida bilim tushunchasiga sharh berish bilan birga bilimning chuqur oʼzlashtirilishi donishmandlik ekanligini alohida qayd etadi: «Ilm narsalarning inson aqli yordami bilan oʼrganilishidir. Bilim deb esa, narsalarni idrok qilishga aytiladi. Bu shundayki, inson aqli uni xato va yoʼldan toymasdan turib unga erishishi kerak boʼladigan narsadir. Bordiyu, bu dalillar ochiq-oydin boʼlsayu, isbotlar chinakamiga boʼlsa, u holda bunga hikmat – donishmanlik deyildi»
Yusuf Xos Hojibning «qutadgʼu bilig» («Saodatga boshlovchi bilim») asari taʼbir joiz boʼlsa, bilimning mohiyati, uning ijtimoiy hayotdagi ahamiyati, inson kamolotini taʼminlashdagi roli, yozuvliklarni bartaraf etuvchi vosita ekanligi toʼgʼrisidagi qomus sanaladi. Аllomaning fikricha, bilimli boʼlish ezgu ishlar tantanasini taʼminlovchi garov boʼlib, uning yordamida hatto osmon sari yoʼl ochiladi: Xamma ezguliklar bilim nafi tufaylidir ,
Bilim tufayli , go’yo ko’kka yo’l topiladi .
Bahovuddin Naqshbandiy tariqatida avliyolik kuch-quvvatini ezgulikka, ilm-maʼrifatni rivojlantirishga yoʼnaltirish yetakchi oʼrin tutadi. Binobarin, ilm-maʼrifat zulm va bidʼatdan forigʼ boʼlish yoʼlidir.
Аlisher Navoiy bilimlarni izchil, uzluksiz oʼzlashtirish zarurligini uqtiradi. Shuningdek, ilm oʼrganish mashaqqatli yumush boʼlib, uni oʼrganishda ayrim qiyinchiliklarni yengib oʼtishga toʼgʼri kelishi, bu yoʼlda chidamli, qanoatli, bardoshli boʼlish orqaligina mukammal bilimga ega boʼlish mumkinligini taʼkidlaydi.
Аbdulla Аvloniy esa inson aqliy kamoloti xususida toʼxtalar ekan, quyidagilarni bayon etadi: «Ilm dunyoning izzati, oxiratning sharofatidir. Ilm inson uchun gʼoyat muqaddas bir fazilatdur, zeroki, ilm bizga oʼz ahvolimizni, harakatimizni oyna kabi koʼrsatur, zehnimizni, fikrimizni qilich kabi oʼtkir qilur, ilmsiz odam mevasiz daraxt kabidur»
Аlloma bilim insonni jaholatdan qutqarishning eng samarali vositasi ekanligiga ham urgʼu beradi: «Ilm bizni jaholat qorongʼusidan qutqarur, madaniyat, maʼrifat dunyosiga chiqarur, yomon feʼllardan, buzuq ishlardan qaytarur, yaxshi xulq, odob sohibi qilur. Bugun hayotimiz, salomatligimiz, saodatimiz, sarvatimiz, maishatimiz, himmatimiz, gʼayratimiz, dunyo va oxiratimiz ilmga bogʼliqdur.

Download 19.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling