11- mavzu: Pedagogik psixologiyaning metodlari Reja
Download 255.95 Kb.
|
6-mavzu(M) maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sh.Byuller
- V.R.Kitlovskaya
G.D.Pirov va boshqalar 5 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan bolalarni ko‘ndalang kesim metodi orqali o‘rganib, nerv faoliyatining eng qo‘zg‘aluvchan tipi 5 yoshlilar orasida uchrashini aniqlashgan. Bola katta bo‘lgan sayin qo‘zg‘aluvchanlik kamayib, muvozanatlilarning soni ortgan. Pubertat yoshda ( 11-13 yosh qizlarda va 13 -15 yosh o‘g‘il bolalarda) qo‘zg‘aluvchanlarning miqdori ortadi, bu davrning oxiriga borib qo‘zg‘aluvchanlik yana kamayadi. Emotsional zo‘riqishning fiziologik manbaalari qizlarda aniq payqaladi, ularda depressiya, jizzakilik, xavotirlanish va o‘z-o‘zini hurmat qilishning pasayishi hayz ko‘rishning ma’lum davrlariga bog‘liq. Bunga o‘z vaqtida Sh.Byuller ham e’tibor bergan edi. O‘g‘il bolalarda aniq fiziologik bog‘liqlik ko‘zga tashlanmaydi, lekin pubertat davr ular uchun ham qiyin kechadi. Rus psixologi P.M.Yakobson kattalar va tengdoshlariga salbiy reaksiyalar 12,5 -13, 5 yoshda eng ko‘p uchraydi, deb ta’kidlagan edi.O‘smir va o‘spirinlardagi emotsional reaksiyalar faqat gormonal o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘lib qolmay, balki ijtimoiy omillar va tarbiya sharoitlari, individual-tipologik farqlarga ham bog‘liq. Katta bo‘lishdagi psixologik qiyinchiliklar, “Men” obrazi va intilish darajasi orasidagi qarama-qarshilik kabi o‘smirga xos bo‘lgan emotsional zo‘riqish, ilk o‘spirinlik davrida ham saqlanib qoladi.
Psixolog V.R.Kitlovskaya proektiv testlar yordamida xavotirlanishning yosh dinamikasini o‘rganib, bog‘cha yoshidagi bolalar tarbiyachilar bilan muloqotda eng ko‘p xavotirlanishlarini, ota-onalar bilan kamroq xavotirlanishlarini aniqlagan. Kichik maktab yoshidagi bolalar tengdoshlari bilan kamroq, begona katta odamlar bilan muloqotda ko‘proq xavotirlanishi ma’lum bo‘lgan. O‘smirlar bo‘lsa begona katta odamlar va o‘qituvchilar bilan kamroq, ota-onalari va tengdoshlari bilan muloqotda ko‘proq xavotirlanishi aniqlangan. Ilk o‘spirinlar esa barcha sohadagi muloqotda eng yuqori xavotirlanish namoyon bo‘lgan, ayniqsa ota-onalar va ular bog‘liq bo‘lgan kattalar bilan muloqotda kuchli xavotirlanish namoyon bo‘lgan. Download 255.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling