11- mavzu: Pedagogik psixologiyaning metodlari Reja
Download 255.95 Kb.
|
6-mavzu(M) maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jismoniy faollik
- Psixik faollik
- O‘smirlik – bolalikdan kattalikka o‘tish
- «o‘tish davri», »krizis davr», «qiyin davr
-predmetlarni o‘rganishi;
-individual predmetli o‘yinlar, jamoa syujetli-rolli o‘yinlar; -individual va guruhiy ijod; -musobaqa o‘yinlari; -muloqot o‘yinlari; -uy mehnati. Bog‘cha yoshidagi bolalar nutqni bir muncha to‘la o‘zlashtirganlari va haddan tashqari harakatchanliklari tufayli ularda o‘zlariga yaqin bo‘lgan katta odamlar va tengdoshlari bilan munosabatda bo‘lish ehtiyoji tug‘iladi. Ular tor doiradan kengroq doiradagi munosabatlarga intila boshlaydilar. Ular endi bog‘chadagi o‘rtoqlari va qo‘ni-qo‘shnilarning bolalari bilan ham jamoa bo‘lib o‘ynashga harakat qiladilar. Hamma narsani bilib olishga bo‘lgan ehtiyoj kuchayadi. Bog‘cha yoshidagi bola tabiatiga xos bo‘lgan kuchli ehtiyojlardan yana biri, uning har narsani yangilik sifatida ko‘rib, uni har tomonlama bilib olishga intilishidir. Bog‘cha yoshidagi bolalar hayotida va ularning psixik jihatidan o‘sishida qiziqishning roli kattadir, qiziqish xuddi ehtiyoj kabi, bolaning biror faoliyatga undovchi omillardan biridir. Shuning uchun ham qiziqishni bilish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan murakkab psixik hodisa desa bo‘ladi. Bolaning kamol topishida qiziqishning ahamiyati shundaki, bola qiziqqan narsasini mumkin qadar chuqurroq bilishga intiladi va uzoq vaqt davomida qiziqqan narsasi bilan shug‘ullanishdan zerikmaydi. Bu esa o‘z navbatida bolaning diqqati hamda irodasi kabi muhim xislatlarni o‘stirishga va mustahkamlashiga yordam beradi. 3-7 yoshli bolalarning psixik rivojlanishida badiiy-ijodiy faoliyat turi bo‘lgan musiqaning ahamiyati ham juda kattadir. Musiqa orqali bolalar ashula aytishga, musiqa ohangiga mos ritmik harakatlar qilishga o‘rganadilar. Ma’lumki, bolaning yoshi ulg‘ayib, mustaqil harakat qilish imkoniyati oshgan sari, uning atrofidagi narsa va hodisalar bo‘yicha dunyoqarashi kengayib boradi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning yetakchi faoliyati o‘yindir. Bu yoshdagi bolalarning o‘yinlarini uchga bo‘lish mumkin: 1)predmetli o‘yinlar(15-20 minut o‘ynaladi); 2)syujetli-rolli o‘yinlar (30-60 minut o‘ynaladi); 3) qoidali o‘yinlar (1soatdan -2kungacha davom etishi mumkin). Bog‘cha yoshidagi bolalarning o‘yin faoliyatlari masalasi asrlar davomida juda ko‘p olimlarning diqqatini o‘ziga jalb qilib kelmoqda. Bog‘cha yoshidagi bolalar o‘zlarining o‘yin faoliyatlarida ildam qadamlar bilan olg‘a qarab borayotgan sermazmun hayotimizning hamma tomonlarini aks ettirishga intiladilar. Bola atrofidagi narsalar dunyosini bilish jarayonida ular bilan bevosita amaliy munosobatda bo‘lishga intiladi. Bu o‘rinda shu narsa harakterliki, bola bilishga tashnaligidan atrofdagi o‘zining haddi sig‘adigan narsalari bilangina emas, balki kattalar uchun mansub bo‘lgan, o‘zining kuchi ham yetmaydigan, haddi sig‘maydigan narsalar bilan ham amaliy munosabatda bo‘lishga intiladi. Masalan: bola avtomashinani yoki tramvayni o‘zi haydagisi, xaqiqiy otga minib yurgisi, uchuvchi bo‘lib, samolyotda uchgisi va rostakam militsioner bo‘lgisi keladi. Tabiiyki bola o‘zidagi bunday ehtiyojlarning birontasini ham haqiqiy yo‘l bilan qondira olmaydi. Bu o‘rinda savol tug‘iladi. Bolalarning tobora ortib borayotgan turli ehtiyojlari bilan ularning tor imkoniyatlari o‘rtasidagi qarama-qarshilik qanday yo‘l bilan hal qilinadi? Bu qarama-qarshilik faqatgina birgina faoliyat orqali, ya’ni, bolaning o‘yin faoliyati orqaligina hal qilinishi mumkin. Kichik maktab davri 6-7 yoshdan 9-10 yoshgacha davom etadi. Uning psixikasi bilim olishga yetadigan darajada rivojlanadi. Kichik maktab yoshidagi bolaning muhim xususiyatlaridan biri, unda o‘ziga xos ehtiyojlarning mavjudligidir. Bu ehtiyojlar o‘z mohiyatiga ko‘ra faqat muayyan bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashga qaratilmay, balki o‘quvchilik istagini aks ettirishdan ham iboratdir. Shu ehtiyojlar asosida bolaning o‘z portfeliga, shaxsiy o‘quv qurollariga, dars tayyorlash stoliga, kitob qo‘yish javoniga ega bo‘lish, kattalardek har kuni maktabga borish istagi yotadi. Ana shu ehtiyoj bola shaxsining shakllanishida, shuningdek uning ijtimoiylashuvida katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Bu davrda bola, fan asoslarini o‘rganish uchun biologik va psixologik jihatdan tayyor bo‘ladi. Fiziologlarning fikriga ko‘ra, 7 yoshga kelib bolaning katta miya yarim sharlari ma’lum darajada rivojlangan bo‘ladi. Lekin bu yoshda inson miyasining psixik faoliyatni rejalashtirish, boshqarish, nazorat qilish kabi murakkab shakllariga javob beradigan maxsus bo‘limlari hali to‘liq shakllanib bo‘lmagan bo‘ladi.( miyaning bu qismlari 12 yoshda rivojlanib bo‘ladi.) Miyaning boshqaruv funksiyalarini to‘liq shakllanib bo‘lmaganligi kichik maktab yoshidagi bolalarning xulq-atvorida, faoliyatlarini tashkil etishlarida va emotsional sohalarida yaqqol namoyon bo‘ladi. Maktabda birinchi sinfga kelgan har bir o‘quvchida psixik zo‘riqish kuchayadi. Bu nafaqat uning jismoniy salomatligida, balki xatti-harakatida ham, masalan, ma’lum darajada qo‘rqo‘vni kuchayishi, irodaviy faollikning susayishida namoyon bo‘ladi. Bolaning ijtimoiy munosabatlar tizimi va faoliyatidagi kardinal o‘zgarishlar uning organizmidagi barcha tizimlar va funksiyalaridagi o‘zgarishlarga to‘g‘ri kelib boladan kuchli zo‘riqish va o‘z ichki imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish zaruriyatini taqazo etadi. Maktabga tayyor bo‘lgan boladagi ushbu o‘zgarishlar salbiy oqibatlarni olib kelmay, aksincha uning yangi sharoitlarga muvaffaqiyatli moslashuviga yordam beradi. O‘qituvchining munosabat uslubi o‘quvchining faolligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Kichik maktab yoshidagi bolalar tez chalg‘iydilar, uzoq vaqt diqqatlarini bir narsaga qarata olmaydilar, ta’sirchan hamda emotsional bo‘ladilar. Maktabda o‘qishning boshlanishi 7 yoshda bo‘ladigan ikkinchi fiziologik inqiroz bilan mos keladi (bola organizmida jadal bo‘yning o‘sishi, ichki organlarning kattalashuvi, vegetativ o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lgan keskin endokrin o‘zgarishlar ro‘y beradi). Bolaning ijtimoiy munosabatlar tizimi va faoliyatidagi kardinal o‘zgarishlar uning organizmidagi barcha tizimlar va funksiyalaridagi o‘zgarishlarga to‘g‘ri kelib, boladan kuchli zo‘riqish va o‘z ichki imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish zaruriyatini taqozo etadi. Ushbu yoshdagi o‘zgarishlar salbiy oqibatlarni olib kelmay, aksincha uning yangi sharoitlarga muvaffaqiyatli moslashuviga yordam beradi. O‘qituvchining munosabat uslubi o‘quvchining faolligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchi faolligining asosan uch xil ko‘rinishi mavjud bo‘lib, bular: jismoniy, psixik va ijtimoiy faollikdir. Jismoniy faollik- sog‘lom organizmning harakat qilishga bo‘lgan turli mavjud to‘siqlarni yengishdagi tabiiy ehtiyojidir. Bu yoshdagi bolalar nihoyatda serharakat bo‘ladilar. Bu jismoniy harakat bolaning atrofdagi narsalarga qiziqish bilan qarayotganligi, ularni o‘rganishga intilayotgani bilan ham bog‘liqdir. Bolaning jismoniy va psixik faolligi o‘zaro bog‘liqdir. Chunki, psixik sog‘lom bola harakatchan bo‘ladi, charchagan, siqilgan bola esa deyarli hech narsa bilan qiziqmaydi. Psixik faollik - bu normal rivojlanayotgan bolaning atrof olamdagi predmetlarni, insoniy munosabatlarni bilishga nisbatan qiziqishdir. Psixik faollik deganda, bolani o‘zini bilishga nisbatan ehtiyoji ham tushuniladi. Maktabga birinchi bor kelgan bolada qator qiyinchiliklar yuzaga keladi. Ularning, avvalo, bir qancha maktab qoidalariga bo‘ysunishi qiyin kechadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchisi uchun eng qiyin qoida bu dars vaqtida jim o‘tirishdir. O‘qituvchilar o‘quvchilarning doimo jim o‘tirishlariga harakat qilishadi, lekin kamharakatli, passiv, quvvati kam bo‘lgan o‘quvchigina dars jarayonida uzoq vaqt jim o‘tira oladi. O‘qish faoliyati kichik maktab yoshidagi o‘quvchining aql-idroki, sezgirligi, kuzatuvchanligi, eslab qolish va esga tushirish imkoniyatlarining rivojlanishi uchun muhim shart-sharoitlar yaratadi, hisoblash malakalarini shakllantiradi. Shu yoshdagi bola idrokining o‘tkirligi, ravshanligi, sofligi, aniqligi, xayolining yorqinligi, xotirasining kuchliligi, tafakkurining yaqqolligi o‘zining qiziquvchanligi, ishonuvchanligi bilan boshqa yoshdagi bolalardan ajralib turadi. Kichik maktab davrida o‘qish faoliyati bilan shug‘ullanish, jumladan, moddiy narsalarning har xil xossalari bilan tanishish sezgilarning o‘sishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda asosan farq qila olish, ko‘rish va eshitish sezgilari ayniqsa tez o‘sadi. 7-10 yoshli bolalarda ranglarning tuslarini sezish 45% ortishi,10-12 yoshgacha bolalarda esa 65%gacha ortishi rus olimlari tomonidan aniqlanilgan. Kichik maktab o‘quvchilarini rasm chizishga o‘rgatish ranglarni farqlash sezgirligining o‘sishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Ohanglarni farq qilish sezgirligi, ayniqsa bolalarga musiqa va ashula o‘rgatish jarayonida kuchli suratda o‘sadi. Sezgilarning o‘sishida shuningdek, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining ham ahamiyati katta. Aniq harakat qilishga jalb etuvchi mashqlar bolalarning muskul-harakat sezgilarini o‘stiradi. Kichik maktab davriga kelib idrokning hamma turlari asosan ta’lim- tarbiya tufayli mazmun, aniqlik, ravshanlik jihatdan ko‘p darajada takomillashadi. Mazkur yoshdagi bolalar o‘z idroklarining aniqligi, ravonligi, o‘tkirligi bilan boshqa yosh davrdagi insonlardan keskin farq qiladi. Ular har bir narsaga berilib, o‘ta sinchkovlik bilan qarashlari sababli idrokning muhim xususiyatlarini o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Birinchi sinfga kelgan bola predmetlarning rangi, shakli va kattaligini, ularni maqonda joylashishini bilish bilan, birga ularni taqqoslay oladi. Maktabda muvaffaqiyatli o‘qish uchun bola sensor rivojlanganlik darajasining yuqori bo‘lishi juda muhim hisoblanadi. Maktab yoshiga kelib, normal rivojlanayotgan bolalar rasm va suratlar real hayotni aks ettirayotganligini yaxshi tushunadilar. Shuning uchun ham surat va rasmlarda nimalar aks etganini real hayotga taqqoslagan holda bilishga harakat qiladilar. Bola rasmlarda atrof-hayotdagi narsalarni kichiklashtirib tasvirlanganligini anglay biladi. Bu tasvirlar bolalarda estetik va badiiy didni rivojlantiradi. Chunki, bola shu rasmlar orqali olam go‘zalligini, uning turfa ranglardan iborat ekanligini anglaydi, ajratadi va o‘z munosabatini bildira oladi.Ta’lim-tarbiya jarayonida bolalarda ixtiyoriy idrok va kuzata olish qobiliyati o‘sadi. Kuzata bilish muvafaqqiyatli o‘qish uchun zarur shartlardan biridir. O‘quvchilarda kuzata bilish qobiliyati ularning tafakkuri, irodasi, qiziqish, havaslari bilan birgalikda o‘sib boradi. Bu yoshdagi o‘quvchilar o‘z idroklarini mustaqil idora eta oladilar. O‘smirlik 10-11 yoshlardan 14-15 yoshlargacha bo‘lgan davrni tashkil etadi. Hozirgi o‘smirlar o‘tmishdoshlariga nisbatan jismoniy aqliy va siyosiy jihatdan bir muncha ustunlikka ega. Ularda jinsiy yetilish, ijtimoiylashuv jarayoni, psixik o‘sish oldinroq namoyon bo‘lmokda. Aksariyat o‘quvchilarda o‘smirlik yoshiga o‘tish, asosan, 5-sinflardan boshlanadi. «Endi o‘smir bola emas, biroq katta ham emas» - ayni shu ta’rif o‘smirlik davrining muhim xarakterini bildiradi.O‘smirlik – bolalikdan kattalikka o‘tishdavri bo‘lib, fiziologik va psixologik jihatdan o‘ziga xos xususiyatlari bilan xarakterlanadi. Bu bosqichda bolalarning jismoniy va psixik taraqqiyoti juda tezlashadi, hayotdagi turli narsalarga qiziqishi, yangilikka intilish ortadi, xarakteri shakllanadi, ma’naviy dunyosi boyiydi, ziddiyatlar avj oladi. O‘smirlik balog‘atga yetish davri bo‘lib, yangi hislar, sezgilar va jinsiy hayotga taallukli chigal masalalarning paydo bo‘lishi bilan ham xarakterlanadi Bu yoshda o‘smir rivojida keskin o‘zgarishlar ro‘y bera boshlaydi. Bu o‘zgarishlar fiziologik hamda psixologik o‘zgarishlardir. Bo‘yga o‘sish bir tekis bormaydi: qiz-bolalar 5-7 sm o‘ssalar, o‘g‘il bolalar 5-10 sm o‘sadilar. Bo‘yiga karab o‘sish paysimon ilk suyaklarning uzunlashishi va umurtqa qismining kattalashishi hisobiga ro‘y beradi. Og‘iz bo‘shlig‘i va halqumdagi o‘zgarishlar oqibatida tovush tembri ham o‘zgaradi. Bu o‘g‘il bolalarda qiz bolalarga nisbatan ko‘prok darajada sodir bo‘ladi. O‘g‘il bolalarning tovushi vazminrok bo‘lib qoladi, do‘rillaydi Bu davrda ayniqsa jinsiy bezlar faoliyati kuchayadi. O‘smirda ro‘y beradigan biologik-jismoniy o‘zgarish natijasida uning psixik dunyosida tub burilish nuqtasi vujudga keladi. O‘smirlik yoshida ularning xulq-atvoriga xos bo‘lgan alohida xususiyatlarni jinsiy yetilishning boshlanishi bilan izohlab bo‘lmaydi. Jinsiy yetilish o‘smir xulq-atvoriga asosiy biologik omil sifatida ta’sir ko‘rsatib, bu ta’sir bevosita emas, balki ko‘proq bilvositadir. O‘smirlar o‘zlarini kattalardek tutishga harakat qiladilar. Ular o‘zlarining layoqat, qobiliyat va imkoniyatlarini ma’lum darajada o‘rtoqlari va o‘qituvchilariga ko‘rsatishga intiladilar. Bu holatni oddiy kuzatish yo‘li bilan ham osongina ko‘rish mumkin. O‘smirlik davri «o‘tish davri», »krizis davr», «qiyin davr» kabi nomlarni olgan psixologik ko‘rinishlari bilan xarakterlanadi. Chunki, bu yoshdagi o‘smirlarning xatti-harakatida muqobil, yangi sharoitlarda o‘z o‘rnini topa olmaganligidan psixik portlash hollari ham kuzatiladi. O‘z davrida L.S. Vigotskiy bunday holatni “psixik rivojlanishdagi krizis» deb nomlagan. Kichik maktab davridan so‘ng bola alohida olingan shaxs sifatida o‘z-o‘ziga munosabatini shakllantirish jarayonida asosan ikki bosqichni boshidan kechiradi. Bu bosqichlar o‘smirlik yoshini ikki xil davrga - kichik o‘smirlik davri va katta o‘smirlik davrlariga to‘g‘ri keladi. Birinchi bosqichda o‘smir o‘zini ”bola”lardan ajratib, endi o‘zini kattalar olamiga mansubligini ta’kidlamoqchidek bo‘ladi.Kattalar hayotiga kirishga qiziqish o‘smirlarning asosiy xarakteristikalari hisoblanadi. Bu davr uchun kattalarning xatti-harakatlariga taqlid qilish va o‘zining mana shu yarashmagan qiliqlariga tanqidiy baho bera olmaslik, uning katta yoshli kishilarga yaqin bo‘lishi, yordam berayotgan bir guruh tengdoshlari bilan ortiq darajada bog‘liq bo‘lib qolishi va shu singari holatlar xarakterlidir. Ikkinchi bosqichda o‘smir endi o‘zining yosh bola emasligiga shubha qilmaydi va o‘zligini aniq anglay boshlaydi, o‘z shaxsini ulug‘lab, o‘ziga xos harakatlar qila boshlaydi.O‘smirlarni o‘z shaxslari haqidagi fikrlar ko‘prok qiziqtiradi, ular o‘zlarini bilishga, maqsadli rivojlantirishga, tarbiyalashga harakat qiladilar. O‘smirlik davrida ichki erkinlikning o‘sishida, o‘z-o‘zini anglash layoqatlarida, mustaqil xatti-harakatlarida katta sifat o‘zgarishlari yuz beradi. Bunday o‘zgarishlarning yuzaga kelishida irodaning ham ahamiyati katta. Iroda oliy psixik funksiya sifatida o‘smirning erkin harakat qilish quroli, shuningdek, shaxsi rivojining magistral chizig‘i bo‘lib hisoblanadi.Bu davrga kelib uning harakatlari o‘zi bilan o‘rtoq bo‘lgan bir guruh tengdoshlariga bog‘liq bo‘lmay qoladi. O‘rtoqlari o‘smirga o‘zi to‘g‘risidagi noto‘g‘ri tasavvurlardan qaytib, jiddiy o‘ylab ko‘rishga uni majbur qilmoqchi bo‘lganlarida ham u bemalol rad javobini berishi va o‘z fikrida qat’iy turib himoya qilishi mumkin. Bu davrda o‘zga kishilarning ichki dunyosiga ortiqcha qiziqish bilan qarash va o‘z xatti-harakatlarini o‘zi tahlil qilish, o‘z-o‘zini tarbiyalashning elementlarini yuzaga kelishi mana shu ikkinchi bosqichdagi o‘smirlar hayotiga xos xususiyatlardir. O‘smirlik davriga ko‘pincha so‘zga kirmaslik, o‘jarlik, tajanglik, o‘z kamchiliklarini tan olmaslik, urushqoqlik kabi salbiy xususiyatlar xosdir. O‘smirlar hayotda, ekranda va kitoblarda kattalarning mustaqilligini va erkinligini, ularning katta va qiziqarli ishlarini, dadil harakatlarini, qahramonliklarini, atrofdagilar orasidagi obro‘larini ko‘radilar hamda havas qiladilar.O‘smirda katta yoshli odam bo‘lishga yoki hech bo‘lmaganda katta yoshli odam bo‘lib ko‘rinishga qiziqish, intilish paydo bo‘ladi va bu xohishni amalga oshirish unga osondek bo‘lib ko‘rinadi. O‘smirlarning ehtiyojlari va imkoniyatlarining o‘zaro mos kelmasligi o‘smirlar bilan ota-onalari, o‘qituvchilari va boshqa murabbiylari o‘rtasida qarama-qarshilikni keltirib chiqaradi. O‘smir o‘zining juda ko‘p istaklari, «xohlayman»larini amalga oshirishga intiladi: katta yoshli odamlar ega bo‘lgan hamma narsalardan foydalanishga, erkin, mustaqil va ozod bo‘lishga intiladi. Tevarak-atrofdagi odamlarga o‘zining ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatish uchun u kuchli, ko‘rqmas va epchil bo‘lishga intiladi. Psixik rivoji jihatidan bolalarga yaqin, lekin ehtiyojlari jihatidan kattalarga yaqin bo‘lgan o‘smirda juda ko‘p noqulay va tashvishga tushuvchi holatlar bo‘ladi va ular o‘smirda krizisni yuzaga keltirib chiqaradi. Bu krizis o‘smirning ma’naviy o‘sishi, shuningdek psixikasidagi o‘zgarishlar bilan ham bog‘liqdir. Bu davrda bolaning ijtimoiy mavqei o‘zgaradi, o‘zining yaqinlari, do‘stlari, tengdoshlari bilan yangi munosabatlar yuzaga keladi. Lekin eng katta o‘zgarish uning ichki dunyosida yuzaga keladi. Ko‘pgina o‘smirlarda o‘zidan qoniqmaslik holati kuzatiladi. Shuningdek, o‘zi haqidagi mavjud fikrlarining bugun unda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarga to‘g‘ri kelmayotganligi o‘smirni asabiylashishiga olib keladi. Bu esa o‘smirda o‘zi haqida salbiy fikr va qo‘rquvni yuzaga keltirishi mumkin. Ba’zi o‘smirlarni nima uchun atrofdagilar, kattalar, shuningdek, ota-onasiga qarshi chiqayotganligini anglay olmayotganligi tashvishga soladi. Bu holat ularni ichdan asabiylashishlariga sabab bo‘ladi va o‘smirlik davri krizisi yuzaga keladi. Krizis boladagi mavjud tushkunlik, yolg‘izlikka intilish, passivlik yoki aksi, o‘jarlik, qaysarlik, agressivlik, hayotga salbiy munosabatlarning kechishida namoyon bo‘ladi. Bunday paytlarda u o‘zi singari katta fiziologik, psixologik o‘zgarishlar kechayotgan o‘rtog‘i bilan muloqot qilishga katta ehtiyoj sezadi. Do‘sti o‘smirga ijobiy ta’sir qiladimi yoki uni yo‘ldan urib, yomon ta’sir qiladimi — bu narsa uning axloqiy qiyofasi bilan bog‘liq. O‘rtoqlarining ta’siri ostida o‘smir o‘zining ehtiyojlari va istaklarini qondirishi mumkin. Agarda bundan qanoatlanish unga katta mamnunlik bag‘ishlasa, bunday hollarda uning ba’zi bir harakat yoki qiliqlarga nisbatan bo‘lgan tasodifiy qiziqishlari dastavval ishtiyoqga, undan keyin ehtiros yoki odatga aylanishi mumkin. Ana shunday yo‘l bilan o‘quvchilarda, masalan, matematikaga, fizika yoki ximiyaga, duradgorlik, slesarlik yoki qandaydir boshqa bir ishlarga nisbatan ishtiyoq yuzaga keladi, ammo o‘quvchilar xuddi shunday yo‘l bilan yolg‘onchilikka, bezorilikka va boshqa axloqsiz xatti-harakatlarga ham o‘rganib qolishlarn mumkin. O‘smirlik davridagi barcha nomunosib harakatlar bir onda o‘tib ketadigan xohishlarning ko‘pligidan va kelib chiqadigan oqibatni nihoyatda yuza tarzda ko‘ra bilishlikdan kelib chiqadi. Deyarli barcha zararli xohishlar oldin zararsiz va yengillik bilan amalga oshiriladigandek bo‘lib ko‘rinadigan ko‘ngil ochish tarzidagi ishlardan boshlanadi. Biroq, aslida esa bu ishlarni amalga oshirishga o‘smirlarning imkoniyatlari yetmaydi. Bunga shaxs taraqqiyotining tabiiy ehtiyojlari ta’sir qiladi. Agarda o‘smir bolalar faqat bajara oladigan ishlarni qilganlarida edi, ular o‘zlarining psixik xususiyatlarini rivojlantira olmagan bo‘lar edilar. O‘smirlar, o‘zlarining turli xil xohishlarini bevosita qondirishdan bo‘lak narsani ko‘ra olmaydilar va bunday xohishlar xatarli oqibatlarga tomon yo‘llaganda o‘zlarini vaqtida to‘xtatib qola olmasliklari ham mumkin. O‘quvchilarni o‘z xatti-harakatlarining oqibatlarini oldindan ko‘ra bilishga va o‘zlarini tuta bilishga o‘rgatish tarbiyachilarning asosiy vazifasidir. O‘smirlar haddan tashqari g‘ayratli va besaramjon bo‘ladilar, ular uchun bekorchilik juda og‘irdir, bir xil tarzdagi ishlardan tezda toliqadilar, bir xildagi ish bilan qiziqmay qo‘yadilar, bu esa ularning ta’lim jarayonlari muvaffaqiyatiga kuchli ta’sir qiladi. Binobarin, o‘smirlarga muvaffaqiyatli ta’lim va tarbiya berishda ularni turli faoliyatlarga qiziqtirish va har turli foydali mashg‘ulotlarga jalb qilish hamda, qiyinrok, lekin kuchlari yetadigan ishlar bilan shug‘ullantirish nihoyatda muhimdir. «O‘smirlik yoshining mohiyati shundan iboratki, o‘smir birmuncha faolroq ijtimoiy muhitga yetilgan bo‘lib, bolalik chog‘ida vujudga kelgan eski munosabatlarni buzib, ana shu muhit uchun kurasha boshlaydi». Har bir o‘smir muvaffaqiyatli ishlar bilan tevarak-atrofdagi odamlar o‘rtasida o‘z shaxsini tasdiqlashga intiladi. O‘smirlik yoshi dunyokarash, e’tikod, prinsip, o‘zligini anglash, baholash kabi shaxs xususiyatlari shakllanadigan davr hisoblanadi. O‘smir ulg‘aygan sari unda “Ideal Men”, “ Axloqiy Men” va “Haqiqiy Men” singari shaxsga oid tizim, dunyoqarash, e’tiqod va boshqalar shakllana boradi, undagi o‘zi to‘g‘risidagi tasavvurlar ancha aniq va barqaror bo‘lib qoladi. O‘smir o‘z faoliyatini muayyan prinsip, e’tiqod va shaxsiy nuqtai -nazari asosida tashkil kila boshlaydi. O‘smir shaxsini tarkib toptirishda uning atrof-muhitga, ijtimoiy hodisalarga, kishilarga munosabatini hisobga olish lozim. Psixologlar o‘tkazgan tadqiqotlardan ko‘rinadiki, o‘smirlarning ko‘pchiligi qat’iyatlilik, kamtarlik, mag‘rurlik, samimiylik, dilkashlik kabi ma’naviy, ahloqiy tushunchalarni to‘g‘ri anglaydilar. Ularning turmush tajribasida fan asoslarini egallash natijasida barqaror e’tiqodiy va ilmiy dunyoqarash tarkib topadi, shular zaminida axlokiy ideallar yuzaga kela boshlaydi. Ilk o‘spirinlik davri«kamolot bo‘sag‘asi” deb ta’riflanadi. Bu kamolot bosqichi fiziologik, psixologik va ijtimoiy chegaralarni o‘z ichiga oladi. Psixologiya fani o‘spirinlik muammosini kompleks o‘rganishni da’vat etadi. Bu juda qiyin masala, chunki psixofiziologik taraqqiyot sur’ati bilan uning bosqichlari ijtimoiy yetilish muddati bilan hamma vaqt ham to‘g‘ri kelavermaydi. Akseleratsiya natijasida bugungi ilk o‘spirinlarning taraqqiyoti avvalgi avlodlarga nisbatan o‘rtacha ikki-uch yil avval yetilmoqda. Fiziologlar bu jarayonni 2-darajali jinsiy belgilarning paydo bo‘lishiga qarab, 3-ta bosqichga ajratadilar: Download 255.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling