11 -sinf adabiyotdan savol-javob
Download 259.1 Kb. Pdf ko'rish
|
11 sinf adabiyotdan savol javoblar
11 –sinf adabiyotdan savol-javob 1-qism 1 .Go’ro’g’li turkumiga kiruvchi dostonlarni ayting. Go’ro’g’lining tug’ilishi , Ravshan 2.Go’ro’g’lining tug’ilishi dostoni qaysi baxshidan yozib olingan? Po’lkan shoirdan 3.Es berganga dast berar,dast berganga es berar maqoli qaysi dostonda qo’llangan? Go’ro’g’lining tug’ilishi 4.Arab tili bilan ikki uloqchi ot kabi teng poyga qilib,o’zib borayotgan turk tilini ko’klarga ko’tarib,uning o’ziga xos xususiyatlarini ko’rsatib bergan ijodkor kim? M.Qoshg’ariy 5.”Oltin qon” rivoyati , Yabog’ular,Tangutlar bilan bo’lgan janglar haqidagi parchalar,shuningdek,ayrim shaxs va joylar bilan bog’liq afsonalar qaysi asarda uchraydi? “Devoni lug’ot at-turk” 6.”Devoni lug’ot at-turk”dan o’rin olgan qaysi she’rda marhumning boshqa kishilar bilan munosabatlarida namoyon bo’ladigan xislatlariga urg’u berilgan? ”Erdi ashin taturg’an” she’rida 7.”Devoni lug’ot at-turk” asaridagi “Iqilachim erik bo’ldi” she’ri nima haqida? Tabiatdagi o’zgarishlarning hayvonot olamiga ta’siri ta’rifi haqida 8.Qo’shiq atamasi ilk bor qaysi manbada qayd etilgan? ”Devoni lug’ot at-tuk” 9.Mumtoz adabiyotda munozara janriga oid asar yozgan ilodkorlarni sanang? Y.Amiriy,Yaqiniy,Nishotiy 10.Yusuf Amiriyning munozara janriga oid asari qaysi? “Bang va Chog’ir” 11.Yaqiniyning munozara janriga oid asari qaysi? “O’q va Yoy” 12.Nishotiyning munozara janriga oid asarlarini sanang. “Boz va Bulbul”, “Gul va Daf”, “Binafsha va Chang” 13.”Devoni lug’ot at-turk” asaridagi she’riy parchalar, asosan,qaysi vaznda yozilgan? Barmoq vaznida 14.Munozara janrining eng qadimgi namunasi qaysi ? ”Devoni lug’ot at-turk”dan o’rin olgan “Qish va Bahor” munozarasi 15.Uch poyali kursida o’tiradigan hukmdor obrazi qaysi asarda uchraydi? ”Qutadg”u bilig”da Kuntug’di 16.”Qutadg’u bilig” da davlat ramzi sifatida to’p (koptok) ustida tasvirlangan obraz qaysi? Oyto’ldi 17.Kuntug’di Oyto’ldiga adolat sifatlarini nimani misol qilib ko’rsatadi? Uch poyali kursi orqali 18.”Taxti bir yig’och yer ichinda erdi.Ul taxtini oltun kumush birla qilmish erdi.Ushbu ta’rif kim haqida? Sulaymon (a.s) 19.Bahor vasfiga bag’ishlangan birinchi o’zbek g’azali kimga tegishli? Rabg’uziy 20.Navoiy qaysi voqea munosabati bilan “Menga davlat ilgi rahnamun” bo’ldi deydi? “Xamsa” yozib tugallanishi munosabati bilan 21.”Qisasi Rabg’uziy”ning qaysi qissalarida xalq og’zaki ijodining bevosita ta’siri ko’rinadi? Sulaymon payg’ambar, Luqmon hakim, Dovud payg’ambar qissalarida 22.”Qisasi Rabg’uziy”ning qaysi qissalari Nuh payg’ambar atrofida shakllangan ? “Yilon va qarlug’och” , “Uzum hikoyati” 23.Qaysi ijodkor “ men turkcha so’zlarni yovvoyi tog’ kiyigi singari deb bildim, shunga qaramay, ularni avaylab-asrab qo’lga o’rgatdim”,- deb yozgan? Yusuf Xos Hojib 24.” Kun hamalga kirdi “ deb boshlanuvchi g’azal kimning qalamiga mansub? Nosiruddin Rabg’uziy 25.”Makorim ul-axloq” asari qanday bo’limlardan iborat? Debocha, muqaddima, o’n maqsad (bob), xotima va Navoiyning qanday o’lganligi to’g’risidagi boblardan iborat. 26.Navoiy “Xamsa”si necha baytdan iborat? Yigirma yetti ming bayt 27.”Saddi Iskandariy” da Iskandar kimga qarata “Shioring lutf-ehson bo’lishi, adolat yo’lini tutishing zarur”,-deb aytgan? Feruzga 28.”Anbaroy bug’doyrang, sunbul sochli,ohu ko’z, oy yuzli, axloqi hamida va odobi pisandida sohibidur.Bu sakkiz yashar qizcha bo’lishiga qaramay, hazrat Navoiy g’azallarini o’rganishga behad qiziqadi… Umidim borki,bu qizcha katta shoira bo’lg’usi”. Anbar Otin haqidagi ushbu fikrlar kimga tegishli? Dilshodi Barnoga 29.Qaysi so’z arabchadan tarjima qilinganda san’atli , sersan’at degan ma’nolarni bildiradi? Masnu’ 30.Masnu’ she’r yana qanday nomlar bilan ataladi? Murabba ( to’rtburchak) , Musoviyat tarafayn ( ikki tomonlama teng ) 31.Qayu ishni ta’lim qilg’on zamon, Eshitmak hamon erdi – bilmak hamon… Bori ishda bir yerga yetdi ishi Ki mumkin emas andoq o’lmoq kishi… Ushbu parchada xamsa dostonlaridan qaysi biri ta’rifi berilgan? Iskandar 32.Iskandar jang paytida qanday tasvirlanadi? O’ng yonida ilm-kamolot egalari , so’l tomonida esa harbiy rahbarlar qurshovida tasvirlangan 33.Doro elchilar orqali Iskandarga nimalar yuborgan ? Chavgon, to’p-koptok, idish to’la kunjut 34.Yuborilgan narsalar Doro nazdida nima ma’no anglatishi kerak edi? Sen yosh bolasan , bolalar esa manashu chavgon va to’p bilan ovunib yurishi lozim. Mening askarlarim kunjut donalari singari behisob degani edi. 35.Iskandar bularni qanday tushunadi ? Doro menga yer yuzini in’om etibdi. Chavgon esa uni boshqarish ramzidir. Kunjutlarni u menga qushlarimning ozuqasi sifatida yuboribdi deb tushungan 36.O’limi oldidan Doro Iskandardan nimalarni iltimos qiladi? - Suiqasd qilganlarni jazolash, qavm- qarindoshlariga zulm qilmaslik,qizi Ravshanakning kayoniylar podsholigining me’rosxo’ri ekanligini inobatga olib ,uni o’z xonadonining munavvar shamiga aylantirishni iltimos qiladi 37.Qaysi davlat hukmdori Iskandar huzuriga elchi qiyofasida kelgan? Chin xoqoni 38.Boburning qaysi asari “bequsurlikda yagona va jo’n uslubda yozilgan ? “Vaqoye” yoki “Tarixi turkiy” “ XAMSA” dostonlari “Hayrat ul-abror” “Farhod va Shirin” “Layli va Majnun” “Sab’ayi sayyor” “Saddi Iskandariy” Yozilgan Sanasi 1483 1484 1484 1484 1485 Boblari 63 54 38 38 89 Baytlar soni 3988 5782 3623 5009 7215 Vazni Sariyi musaddasi matviyi makshuf Hazaji musaddasi mahzuf Hazaji musaddasi axrabi maqbuzi mahzuf Hafifi musaddasi maxbuni mahzuf Mutaqoribi musammani mahzuf Afoyili muftailun muftailun foilun mafoiylun mafoiylun fauvlun maf’uvlu mafoilun fauvlun foilotun mafilun failun Fauvlun fauvlun fauvlun faal Taqte’ Belgisi - V V - - V V - - V - V - - - V - - - V - - - - V V – V - V - - - V - - V – V – V V - V - - V - - V - - V - 39.Tuyuqni yeching. Ulki har ko’zi g’izoli Chin durur, Qoshida payvasta oning chin durur. Chunki ul ko’p yolg’on aytti menga, Gar desam yyolg’onchi oni, chin durur. 1)Chin - Xitoy 2) chin-qoshlarning o’rtasida paydo bo’ladigan tirish , ajin 3) chin – haqiqat , rost 40.Bobur tuyuqning nechta turini ko’rsatib bergan? Yettita 41.Uning asarlari tilining sodda va jo’nligi , o’zbekona so’zlarning tabiiy va samimiy jarangi , xalqona ifodalarga , ayniqsa , maqol va iboralarga boyligi bilan ajralib turadi. Ushbu ta’rif kim haqida? Mashrab 42.Quyidagilardan Mashrab qalamiga mansub muxammasni toping. “ Ne g’urbatlarni chekdim charxi bebunyod dastingdin…” 43.Anbar Otin qiziqadigan ijodiy davra qanday nomlanadi? “Haziniy to’dasi” 11- sinf Adabiyot 2-qism 1.Fitratning qaysi asarining ikkinchi nomi “Chorlov” deb nomlanadi ? “Sayha” 2.”Abulfayzxon” dramasida Xudoning soyasi deb, podsholarning uyiga sig’ingan obraz kim ? Qurbongul 3.”Tuhfayi xoniy” asari muallifi kim? Mir Vafo 4.Insonlar - dunyoning uyalmoq bilmagan hayvonlari! Ushbu jumla qaysi asarda kimning tilidan aytilgan? “Abulfayzxon” dramasi (Abulfayzxon) 5.”Xonning buyrug’I arkdan Mirarabgacha yurmaydur” ushbu fikr kimning tilidan aytilgan? “Abulfayzxon” da Hakimbiy tomonidan 6.Xalqimizda “Vatan” , “Millat” , “Istiqlol” tushunchalarining teran ma’no kasb etishiga mislsiz darajada katta ta’sir ko’rsatgan ijodkor kim? Cho’lpon 7.Hamal keldi , amal keldi. Qaysi asar uchun epigraf sifatida tanlangan? “Kecha” uchun 8.”Kecha” asarida halol va haromni ko’p ham farq qilmaydigan obraz qaysi? Razzoq so’fi 9.She’rlaridan birida yomg’ir yog’ishiga hamohang ravishda qog’ozga ko’nglining “yog’ishi” ni aytib o’tgan ijodkor kim? Rauf Parfi 10.”Kecha” asarida Zebining Saltanat bilan gaplashgan paytdagi ko’zlari nimaga o’xshatilgan? Hovur bosgan oynakning betiga o’xshatilgan 11.”Kecha” asarida jadidnamo bir hamshaharining aytganidek,”ko’rgazmaga qo’yilaturgan antiqa maxluqlardan” deya ta’riflangan obraz qaysi? Razzoq so’fi 12.Xalq dardini aritish uchun “O’z qalbini bayroq qilib ko’targan” shoir qismati qaysi asarda madh etilgan? “Ruhlar isyoni” 13.Indra, Shiva, Durga singari hiduizm dini xudolari nomi qaysi asarda uchraydi? “Ruhlar isyoni” 14.Cho’lponning hikoyalarini sanang. “Qurboni jaholat”, “Qor qo’ynida lola”, “Novvoy qiz”, “Oydin kechalarda” 15.”O’z uyining qabristonlar qadar jimjit ,xonaqohlar qadar unsiz , o’z ko’ngli qadar tund va xo’mraygan bo’lishini” istaydigan adabiy qahramon kim? Razzoq so’fi 16.Zebining Enaxonlarnikiga borishiga ruxsat tegishini adib qanday ifodalagan? “Qafasning darichasi ochildi” deya ifodalagan 17.Rauf Parfining birinchi she’riy to’plami qaysi? “Karvon yo’li” 18.Rauf Parfining tarjimalarini ayting? Bayronning “Manfred” , Nozim Hikmatning “Inson manzaralari” , Karlo Kaladzening “Dengiz xayoli” , Tvardovskiyning “Zaytun novdasi” asarlarini tarjima qilgan 19.Rauf Parfining she’rlarini sanang. “Tong otmoqda”, “Yomg’ir yog’ar”, “Yoz kechasi”, “Yana qaytib keldim”, “Yurak” 20.Bu dunyoga bir qo’shiq , Berib ketgin, shoirim – Marhumlar uyg’onsinlar, Uxlolmasin tiriklar. Ushbu parcha kimning she’ridan olingan? Usmon Azim 21.”Asr bilan vidolashuv” she’rining muallifi kim? Jamol Kamol 22.Sumbula suviday tiniq bir ayol dunyoni balo - qazodan asraydi degan jumla qaysi she’rda uchraydi? “Mustaqil vatanni baxt nuri chaysin” (Oydin Hojiyeva) 23.Usmon Azimning oq va qora ranglarni chiroyli tarzda qiyoslash orqali bitgan she’ri qaysi? “Grafika” 24.Kim vatanga qarata “Sen o’tgan yo’l – yuragim yo’li” deya aytadi ? Xurshid Davron “Men ko’ksingga boshimni qo’ydim” she’rida 25.”Momo yer” she’ri muallifi kim? Mahmud Toir 26.Alp Teginning “Bizning qayg’umiz yo’q boladan boshqa…” degan hikmatni toshga chegirgani qaysi she’rda keltirilgan ? “O’zbek” she’ri (Iqbol Mirzo) 27.”Yozuvchini garchi shaxsan tanilmasa ham, asarlarini o’qib , qanday tabiatli shaxs ekanini g’oyibona bilish, tasavvur qilish mumkin.Chunki u asarlarida , asosan , o’z tabiatini, ruhini tasvirlaydi”. Ushbu fikrlar kimga tegishli? A.Qodiriy 28.”Ulug’ saltanat” asarida Amir Temur Edirnani kimga topshirganini aytib o’tadi? Sulaymon Chalabiyga 29.”Bir kunlik umri qoldimu yo’qmi, uyog’ini surishtirmay, ertangi kunga umid bog’lab shijoat bilan nihol o’tkazayotg’on munkaygan cholga havasim keldi. Ha, mening xalqim shundoq, hech qachon uning qaddi bukilmaydur, ko’ngli cho’kmaydur! Turon elining dunyodan umidi bor, men anashu elning o’g’limen! Ushbu parcha qaysi asardan olingan ? “Ulug’ saltanat” asarida Amir Temur nutqidan 30.Rashod Nuri Guntekinning dastlabki romani qaysi? “Sirli qo’l” 31. Rashod Nuri Guntekinning romanlarini sanang . “Sirli qo’l” , “Xazonrezgi” , “Tamg’a” , “Yashil tun” , “Choliqushi” 32.”Choliqushi” romanini o’zbek tiliga kim tarjima qilgan? M.Ismoiliy 33.Hikoyalarida kam so’z bilan katta voqealarni tasvirlash san’atini namoyish qilgan adib kim? A.P.Chexov 34.Chexovning pyesalari qaysilar? “Chayka”, “Vanya amaki”, “Uch opa-singil”, “Olchazor” 35.”Har holda, yashamoq – o’limdan afzalroq” degan fikrini isbotlash uchun o’zini o’n besh yillik hibsga mahkum etgan yosh huquqshunos obrazi qaysi asarda uchraydi? “Garov” (A.P.Chexov) 36.Noo’rin bahs-munozaraning oqibati ikki inson taqdirini boshqa o’zanga solganligi haqida saboq beradigan asar qaysi? “Garov” 37.”Garov” hikoyasida bankir bilan huquqshunos qaysi masalada bahslashib qoladi? Qatl hukmi afzalroqmi yoki qamoq jazosimi degan masalada 38.”Tanho qayiq” dramasi muallifi kim? Erkin A’zam 39.”Tanho qayiq” dramasi bosh qahramoni kim? Orol bobo 40.”Tanho qayiq” dramasida Orol boboning ko’nglini ko’tarish uchun ovuldagi shishalarni yig’ib qumliklarga tashlab xuddi orol to’lib oqayotgandek ko’rsatish fikri kimdan chiqadi? Ametdan 41.”Tanho qayiq” dramasi qahramonlarini ayting. Orol bobo , Amet(Orol boboning sevimli shogirdi), Jumaboy, Tilovberbergan, Genjamurod(Orol boboning shogirdlari), O’tagan maxsum(Ametning dadasi), Qalimbet(Orol boboning o’g’li),Gulxadicha(Orol boboning qizi,eri va akasining qistovi bilan Jo’qorg’I Kengesga nomzodini qo’ygan),Rohat Sobirovna (Gulxadichaning dugonasi, shifokor) 42.Bir Pirning qirqta muridi bo’lishi va bu muridlarning qirq yil ichida kamayib-kamayib oxiri bitta qolishi haqidagi rivoyat qaysi asarda keltirilgan? “Tanho qayiq” dramasida 43.Muridlar Pirni tashlab ketishlarining sababi nima edi? Pir o’z muridlariga Mangu kitobni o’qishni o’rgatadi bu kitobda esa pirni do’zaxiy pir deb yozilgan edi. Download 259.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling