11. 1-mavzu: turizmni rejalashtirishda investision dasturlarni qo’llash. Ma’ruza mashg’uloti rejasi


 Investitsion dasturlarning tarkibiy tuzilishi


Download 75.64 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana31.01.2024
Hajmi75.64 Kb.
#1818419
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
11.1-ma`ruza matni. Turizmni rejalashtirish (2)

11.1.5. Investitsion dasturlarning tarkibiy tuzilishi 
 
Ixtiyoriy biznes yo’nalishining (masalan, mintaqa turizmi) rivoji o’zaro 
aloqador bo’lgan loyihalar yig’indisidan iborat bo’ladi. Bu loyihalar esa tanlangan 
faoliyat xizmat ko’rsatuv sohasining turli tomonlarini qamrab oluvchi va 
tarmoqning samarali ishlashi uchun kerak bo’lgan loyihalardan iborat.
Quyidagilar investitsiya faoliyatining ob’ekti hisoblanadi: 
• iqtisodiyotning sanoat va xizmat ko’rsatish (turizm,servis) tarmoqlarida 
korxonalar ishlab chiqarish quvvatini oshirish, yangisini qurish yoki 
ishlayotganlarini qayta ta’mirlash; 
• ilmiy – texnik mahsulotlar, xom-ashyo, texnologiya va boshqa innovatsion 
loyihalarning yangisini ishlab chiqish, mavjud ko’rinishlarni modernizatsiyalash; 
• mulkchilik huquqi (masalan, ko’chmas mulkka) va intellektual qobiliyat 
(nomoddiy aktivlar)ga egalik qilish huquqi;
• turli qimmatli qog’ozlarda namoyon bo’luvchi; 


• firma (mintaqa) strategik maqsadlari
• firma (mintaqa) rivojida strategik vazifalarni bajaruvchi kadrlarni 
tayyorlash. 
Investitsion faoliyat sub’ektlari bo’lib, yuridik va jismoniy shaxslar, shu 
jumladan, buyurtmachilar, vazifani bajaruvchilar (yordamchi vositachilar), 
banklar, sug’urta firmalari, loyihadan foydalanuvchilar va boshqalar 
hisoblanishadi. Makrodarajada esa davlat, mintaqa, xalqaro tashkilotlar sub’ekt 
sifatida qatnashishi mumkin. Investitsion faoliyat sub’ektlari bir necha 
funktsiyalarni birlashtiradi, masalan, investor – buyurtmachi – foydalanuvchi. 
Investitsiya faoliyati kapital bozori (asosiy vositalar, ko’chmas mulk, yangi 
mahsulot va texnologiyalar, qimmatli qog’ozlar, aqliy qobiliyatlar) tovar va 
xizmatlar bozori, shuningdek, mehnat bozori chegarasida amalga oshiriladi. 
Bozorning turli tarmoqlaridagi investitsion faoliyatlarning ko’plab o’xshash 
tomonlari bo’lsada, likvidlik, loyihani amalga oshirish va investitsiyani qoplash 
muddati, rentabellik ko’rsatkichlari, tashkiliy boshqaruv darajasi va boshqa 
jihatlardan farqlanadi. Shunga bog’liq ravishda investitsiya dasturlarini 
shakllantirish va investitsiyalarni boshqarish biznesning har bir yo’nalishi bo’yicha 
investitsiya faoliyati xususiyatlarini e’tiborga olishi lozim. 

Download 75.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling