11. 1-mavzu: turizmni rejalashtirishda investision dasturlarni qo’llash. Ma’ruza mashg’uloti rejasi
Download 75.64 Kb. Pdf ko'rish
|
11.1-ma`ruza matni. Turizmni rejalashtirish (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3) o’z kapitali hisobiga moliyalash
- Lizing imtiyozlari
2) ulushli moliyalash:
- tashqi investorlar (yuridik va jismoniy shaxslar)ning firma kapitalidagi (aktsioner, qo’yilmasi sifatidagi) ulushli ishtiroki; - jamoaviy aktsiyaning qo’shimcha hajmda chiqarilishi; - venchur (tavakkal) investitsiyalar. 3) o’z kapitali hisobiga moliyalash: - amartizatsiya fondi; - jamg’arma fondi; - zaxira kapitali; - taqsimlanmagan foyda. 11.1.3. Iqtisodiy mezonlar bo’yicha investitsion loyihalarni tanlash. Ma’lumki, investitsion dasturlarni moliyalashga bir vaqtning o’zida investitsiyalashning turli manbalari ham jalb etiladi va ular birgalikda tashkilot rivojlanish dasturiga kiritiluvchi barcha loyihalarni moliyaviy ta’minlash tizimini yaratishga imkon beradi. Qarz investitsiyalar quyidagi kamchiliklarga ega: • ijara vositalaridan foydalanish muddatining chegaralanganligi; • kreditlar bo’yicha foizli to’lovlarga xarajatlarning yuqoriligi, bu to’lovga qobiliyatsizlik xavfining paydo bo’lishiga olib keladi; • garovni kafolatlash zarurligi. Qarzli moliyalash manbalari orasida lizing alohida o’rinni egallaydi. Lizing kelishuvida qoidaga ko’ra, uchta tashkilot ishtirok etadi: lizing beruvchi, ta’minotchi, lizing oluvchi (bilvosita lizing). Ikkita ishtirokchi bo’lishi ham mumkin (vositachisiz): ta’minotchi va lizing oluvchi (to’g’ridan – to’g’ri moliyaviy lizing). Lizing shartnomasi bo’yicha lizing beruvchi lizing oluvchiga vaqtinchalik egalik qilishga berish uchun muayyan ta’minotchidan mulk egaligini olishni o’z bo’yniga oladi. Lizing imtiyozlari: • lizing beruvchi va lizing oluvchi uchun imtiyozliroq soliq shartlari; soliqqa tortiluvchi foyda lizing oluvchida ijara to’lovlarining qo’shilishi va xarajatlari evaziga kamayadi, lizing beruvchida esa mulkning lizing bo’yicha berilgan, lekin lizing beruvchining aktivlariga qo’shilgan amartizatsiya ajratmalari hisobiga kamayadi. • lizing oluvchining qarz majburiyatlari ko’payib ketmasligi uchun lizing to’lovlari summasining shartnomada oldindan qayd etilishi; • lizing firmasining sotish bozorida siljitiladigan, investitsion xarakterli mahsulotlar nomenklaturasining kengaytirilishi. • lizing oluvchi tomonidan uz rivojlanishining ivestitsion dasturi tezlashtirishi va uning uncha ko’p bo’lmagan bir vaqtli kapital xarajatlarsiz amalga oshirilishi. • lizing oluvchining ishlab chiqarishni davriligini mavsumiyligini hisobga olish imkoniyatli va kredit bo’yicha sotib olishga nisbatan qo’layligini ta’minlash. • asosiy fondlarining aktiv qismini tez yangilash imkoniyati. • etkazib beruvchiga kafolatlangan qimmat mahsulotning ishlab chiqarishini ta’minlash va uning jahon bozoriga chiqishini ta’minlash. • kredit berishdan farqli ularoq garov kafolatlari muammolarining yo’qligi Lizingning kamchiliklari: - asosiy vositalarini (jihozlar va boshqa buyumlar) sotib olishda yuqori darajali ushlab qolishlar. - jarima sanksiyalarining yuqoriligi tufayli lizing shartnomalarini muddatdan oldin bekor qilish murakkabligi. - ishlatilgan jihozlarni qoldiq tugatish qiymati tufayli joriy qilish murakkabligi. Download 75.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling