20.2-rasm. Potentsiometrik datchik elektrik sxemasi.
Konstruktiv potentsiometrik datchik karkas 1dan iborat. Bu karkasga mayin simdan iborat bir qatlam cho`lg’am 2 o`ralgan. O`ram cho`lg’amlari bo`ylab dvijok (shyotka) 3 yuradi. Bu dvijok o`lchanishi kerak bo`lgan ob`ekt bilan mexanik bog’langan. O`ram izolyatsiyalangan simdan o`ralgan, dvijok yuradigan joyi esa oldindan izolyatsiyadan tozalangan.
20.3-rasm. Potentsiometrik datchikning konstruktiv tuzilishi
Potentsiometrik datchiklarning asosiy afzalliklari: katta aniqlik va o`zgartirish funktsiyasining barqarorligi, o`tish qarshilining kichik miqdori, xususiy shovqinning past darajasi, karshilik koeffitsientining kichikligi.
Asosiy kamchiliklari: o`zgaruvchan tok ishlatilganda chegaralangan imkoniyatlari, datchik ishchi tsiklini chegaralovchi harakatchan kontaktning borligi.
20.4-rasm. Potentsiometrik datchikning ishlash printsipini ko`rsatuvchi sxema
20.5-rasm. Potentsiometrik datchiklarning turli konstruktsiyalari
2.2.Induktiv datchiklari
Induktiv datchik – kontaktsiz datchik, metalldan ishlangan ob`ektlarni holatini nazorat qilish uchun mo`ljallangan (boshqa materiallarga sezgir emas).
Induktiv datchiklar texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlarida keng qo`llaniladi. Normal ochiq va normal yopiq kontakt shaklida yasaladi.
Normal yopiq kontakt (ingl. N.O. — normal open) – qurilmaning shunday shakliki, bunda passiv holatda ochiq kontakt, aktiv holatda yopiq kontakt bo`ladi.
20.6-rasm. Printsipial elektr sxemalarda normal ochiq kontaktning belgilanishi
Masalan, knopka uchun passiv holat – knopka bosilmagan, aktiv holat- knopka bosilgan, rele uchun passiv holat –o`ramga tok bo`lmagan holat, aktiv holat – o`ramda tok berilgan holat. Normal ochiq kontaktda passiv holatda sxema ochiq, aktiv holatda –sxema yopiladi.
Normal yopiq kontakt (ingl. N.C., Normal Closed) – ikkita nosimmetrik holatda ega bo`lgan elektr qurilmalari (knopka, rele va boshqalar) holatini xarakterlovchi termin. Bitta holat – ishchi, ikkinchisi – ishchi holatda bo`lmagan.
Masalan, knopka uchun ishchi holat – bosilgan holat, ishchi bo`lmagan holat – knopka bosilmagan holat.
Do'stlaringiz bilan baham: |