1
11-amaliy mashg`ulot
Mavzu: Gazlama qoldiqlari bilan ishlash.“Bezak” namunasini tayyorlash.
Ishdan maqsad: Mashina choklari atamasi xarakteri
va ishlatilish sohasi bilan
tanishtirish; mashina choklari uchun talab etiladigan texnik shartlarga amal qilish
ko’nikmalarini shakllantirish.
Umumiy ma`lumotlar:
Xavfsizlik texnika qoidalari:
1.Tikishda gavdani to’g’ri tutish, ko’z bilan igna orasidagi masofa 30-35sm
bo’lishi kerak.
2.Xona yaxshi yoritilgan va yorug’lik o’ng tomondan tushishi kerak.
3.Tikishda ishlatiladigan asboblar saranjom qilib maxsus
qutichalarda saqlanishi
kerak.
4.Ninani ishlatib bo’lgandan so’ng yostiqchaga qadab qo’yish kerak.
5.Chokni tikib bo’lgandan so’ng qolgan ipni qaychi yordamida uzish kerak.
Qaychidan foydalanish qoyidalari.
1.Qaychidanfoydalanishdasinfdaustozingiz,
uydaesaota-
onangizko`magigatayaning.
2.Qaychi belgilangan joyda, belgilangan holatda saqlang.
3.Qaychini uchini yuqoriga qaratib ushlamang.
4.Qaychini ochiq holda qoldirmang.
5.Qaychini yurib turganizda ishlatmang.
6.Qaychini faqat yopilgan holda uchidan ushlab o`rtog`ingizga uzating.
7.Qaychini ishlatayotganda kesilishning yo`nalishi
hamda materialni ushlab
turgan chap qo`l barmoqlarni kuzatib turing.
8.Yaroqsiz qaychini ishlatmang, uni o`qituvchingizga topshiring.
2
Qiz bolalar sochiga mato qoldiqlaridan gul tayyorlash
Qiz bolalar sochiga mato qoldiqlaridan gul tayyorlash.
Qizlarning qo`li shunchalik gulki ular yo`qdan bor yaratishga ham ustadirlar.
Sunday ekan keraksiz bo`lib qolgan futbolka yoki koftalardan qizlar o`zlari
uchun
kerakli buyum tayyorlashlari mumkin. Hozir sizlar bilan birgalikda keraksiz
buyumlardan biz uchun kerakli bo`lgan qiz bolalar sochini yig`ib turuvchi
gulli lenta
tayyorlash jarayoni bilan tanishib chiqamiz.
Kerakli mahsulotlar.
Mato bo`laklari,ip, igna, qaychi, tikuv mashinasi,rezinka.
Mato 2,5 – 3 sm kenglikda kesib olinadi.
Qotirma aylana shaklida kesib olinadi.
3
Kesib olingan mato bo`laklarini tikuv mashinasi yordamida to`g`ri tikib
chiqiladi va pirpirak
shakliga keltirib olinadi.
Tayyorlab olingan aylana shakliga pirpirak lentasimon bo`lakchalarni
to`g`nog`ich yordamida biriktirib olinadi.
Tikuv mashinasi yordamida ularni bir biriga biriktirib tikiladi
So`ng ustidan ikkinchi pirpirakni qo`yib
tikamiz
5
Ketma- ketlik jarayoni rasmda ko`rsatilgan. So`ng o`rta qismiga
tugun holida
bog`langan aylana shaklidagi matoni qo`yib tikib chiqiladi.
Tayyor bo`lgan gulga rezinkani biriktirib tikamiz. Qiz bolalar uchun
mo`ljallangan gul ham tayyor.