11-Amaliy mashg‘ulot. Muvofiqlikni baholash organlarida inspektsiya nazoratini amalga oshirish tartibi
Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish
Download 159.92 Kb. Pdf ko'rish
|
11-amaliyot
Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish
Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi quyidagi hollarda to‘xtatib turilishi mumkin: • akkreditatsiya ob’ekti akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilganida; • akkreditatsiya talablari va shartlari buzilishi aniqlanganda; • akkreditatsiya ob’ekti tomonidan akkreditatsiyadan keyingi shartnoma qoidalariga rioya etilmaganda. Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi ma’lumot qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kunidan kechikmay, Markazning veb-saytida joylashtiriladi va akkreditatsiya ob’ektiga yozma ravishda xabar yuboriladi. Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi akkreditatsiya komissiyasining qabul qilgan qarori to‘g‘risida ma’lumot Markazning veb-saytida joylashtirilgan sanadan boshlab to‘xtatib turiladi. Akkreditatsiya ob’ekti akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi tiklangunga qadar muvofiqlikni baholash faoliyatini to‘xtatib turishi shart. Akkreditatsiya ob’ekti nomuvofiqliklarni bartaraf etish bo‘yicha harakatlar rejasini ishlab chiqadi va Markazga taqdim etadi. Bunda nomuvofiqliklarni bartaraf etish muddati akkreditatsiya komissiyasining qaroriga asosan Markaz tomonidan belgilangan muddatdan oshmasligi kerak. Akkreditatsiya ob’ekti tomonidan harakatlar rejasini bajarish to‘g‘risidagi ma’lumot va nomuvofiqliklar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar belgilangan muddatda taqdim etilmasa, baholash guruhi rahbari Markazga akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomani amal qilishini tugatish kerakligi to‘g‘risida raport taqdim etadi. Markaz baholash guruhi tomonidan yakuniy hisobot taqdim etilganidan so‘ng besh ish kuni mobaynida tegishli qaror qabul qilish uchun akkreditatsiya komissiyasining majlisida uning ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi. Akkreditatsiya komissiyasining qarori u qabul qilingan kundan e’tiboran uch ish kundan kechikmay Markaz tomonidan akkreditatsiya ob’ektiga yetkaziladi. Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish va tiklash to‘g‘risidagi ma’lumotlar akkreditatsiya sohasidagi tegishli Davlat reestrlariga kiritilishi va Markazning veb-saytida joylashtirilishi lozim. Download 159.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling