11-Amaliy mashg‘ulot. Muvofiqlikni baholash organlarida inspektsiya nazoratini amalga oshirish tartibi
Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish
Download 159.92 Kb. Pdf ko'rish
|
11-amaliyot
Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish
Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi quyidagi hollarda tugatilishi mumkin: • akkreditatsiya ob’ekti akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilsa; • yuridik shaxs (akkreditatsiya ob’ekti) tugatilsa; • akkreditatsiya ob’ekti tomonidan guvohnoma amal qilishining to‘xtatib turilishiga sabab bo‘lgan holatlar Markaz tomonidan belgilangan muddatda bartaraf etilmasa; • akkreditatsiya sohasi buzilsa; • guvohnoma soxta hujjatlar va ma’lumotlardan foydalangan holda olinganligi aniqlangan bo‘lsa. Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi akkreditatsiya komissiyasining qaroriga ko‘ra Markaz tomonidan tugatiladi. Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi ma’lumot qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kunidan kechikmay Markazning veb-saytida joylashtiriladi va akkreditatsiya ob’ektiga yozma ravishda xabar yuboriladi. Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomasining amal qilishi akkreditatsiya komissiyasining qabul qilgan qarori to‘g‘risida ma’lumot Markazning veb-saytida joylashtirilgan sanadan boshlab tugatiladi. Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi tugutilgandan keyin akkreditatsiya uchun takroriy ariza kamida olti oydan keyin berilishi mumkin. Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi ma’lumotlar akkreditatsiya sohasidagi tegishli Davlat reestrlariga kiritilishi lozim. Appelyatsiyalarni ko‘rib chiqish Akkreditatsiya ob’ekti akkreditatsiya yoki inspektsiya nazorati natijalari bo‘yicha akkreditatsiya komissiyasining unga nisbatan salbiy qarori chiqarilsa, akkreditatsiya komissiyasining qarori qabul qilingan sanadan boshlab o‘n kalendar kuni mobaynida Markazga yozma shaklda apellyatsiya berish huquqiga ega. Apellyatsiya komissiyasining qarori qabul qilingan sanadan boshlab o‘n kalendar kundan ortiq muddatda berilgan apellyatsiyalar ko‘rib chiqilmaydi. Apellyatsiya komissiyasi har bir apellyatsiyani ko‘rib chiqish uchun zaruratga ko‘ra shakllantiriladi. Apellyatsiya komissiyasi tarkibi Markaz direktorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. Apellyatsiya komissiyasi tarkibini shakllantirish va tasdiqlash muddatlari apellyatsiya olingan kundan boshlab uch kundan ortiq bo‘lmasligi kerak. Apellyatsiya komissiyasining tarkibi, baholovchilar, jalb qilinadigan texnik ekspertlar, shu jumladan xalqaro ekspertlar orasidan appelyatsiya bergan akkreditatsiya ob’ektini baholashda ishtirok etmagan va akkreditatsiya komissiyasi tarkibida bo‘lmagan Markazning kamida uch vakilidan shakllantiriladi. Markaz apellyatsiya bergan akkreditatsiya ob’ektini va baholashni o‘tkazgan guruh rahbarini apellyatsiya ko‘rib chiqiladigan sana haqida xabardor qiladi. Apellyatsiya bergan akkreditatsiya ob’ekti vakili va guruh rahbari apellyatsiyani ko‘rib chiqishda ishtirok etishlari mumkin. Apellyatsiya komissiyasi berilgan apellyatsiyani ko‘rib chiqadi va qabul qilingan qaror to‘g‘risida akkreditatsiya ob’ektiga yozma ravishda ma’lum qiladi. Appelyatsiyani ko‘rib chiqish muddati u berilgan sanadan boshlab o‘n kalendar kundan oshmasligi kerak. Ko‘rib chiqilgan apellyatsiya natijalari bo‘yicha apellyatsiya komissiyasi quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi: • akkreditatsiya komissiyasining qarorini o‘zgarishsiz qoldirish va apellyatsiyani qanoatlantirishni rad etish; • apellyatsiyani qanoatlantirish. Akkreditatsiya komissiyasining qarorini o‘zgarishsiz qoldirish va apellyatsiyani qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risidagi qaror agar: • apellyatsiya ushbu Nizom talablari buzilgan holda taqdim etilgan bo‘lsa; • apellyatsiyada keltirilgan sabablar tasdiqlanmasa qabul qilinadi. Apellyatsiyani qanoatlantirish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinsa, Markaz tomonidan akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomani berish yoki akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini tasdiqlash haqida qaror qabul qilinadi. Markaz ikki ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda qabul qilingan qaror to‘g‘risidagi xabarnomani apellyatsiya bergan akkreditatsiya ob’ektiga yozma shaklda yuboradi. Aynan bir masala bo‘yicha apellyatsiyani takroran berishga yo‘l qo‘yilmaydi. Apellyatsiya komissiyasining qarori yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyati qilish mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling