11-Amaliy mashg’ulot


Download 1.28 Mb.
bet2/4
Sana24.12.2022
Hajmi1.28 Mb.
#1055575
1   2   3   4
Bog'liq
11-amaliy ish. Autentifikatsiyalash faktorlari. ERI yordamida autentifikatsiyalash.

Xavf darajasi

Tizim talablari

Autentifikatsiya texnologiyasi

Amaliy misollar

Past

Tizimga kirish uchun autentifikatsiyani amalga oshirish talab qilinadi va o'g'irlik, buzish, maxfiy ma'lumotlarni oshkor qilish jiddiy oqibatlarga olib kelmaydi

Tavsiya etilgan minimal talab - qayta ishlatiladigan parollardan foydalanish

Internet-portalda ro'yxatdan o'tish

O’rta

Tizimga kirish uchun autentifikatsiya talab qilinadi va o'g'irlik, buzish, maxfiy ma'lumotlarni oshkor qilish ozgina zarar etkazadi

Tavsiya etilgan minimal talab - bir martalik parollardan foydalanish

Bank tomonidan operatsiyalarni amalga oshirish

Yuqori

Tizimga kirish uchun autentifikatsiya talab qilinadi va o'g'irlik, buzish, maxfiy ma'lumotlarni oshkor qilish katta zarar etkazadi

Tavsiya etilgan minimal talab - ko'p faktorli autentifikatsiyadan foydalanish

Boshqaruv xodimlari tomonidan yirik banklararo operatsiyalarni o'tkazish



Amaliy ish
Google parollar dispetcheri parollaringizni tahlil qiladi va zaif, takrorlangan yoki o'g'irlangan parollarni topadi. Google-ning onlayn parolni saqlash xizmati endi oddiy, takrorlangan yoki o'g'irlangan parollarni aniqlash uchun saqlangan parollarni tekshirishi mumkin. Parol xavfsizligini tekshirish allaqachon barcha foydalanuvchilar uchun mavjud. Siz saqlangan Google parollar dispetcherida tekshiruvni mustaqil ravishda boshlashingiz mumkin.
Buning uchun quyidagilarni bajaring:
Brauzerdan https://myaccount.google.com/security sahifasini oching. Google accauntizga kiring. Sahifadagi chap tomondagi oyndan “Безопасность” tanlab “Диспетчер паролей “ yozuvini tanlang.



Ochilgan sahifada barcha saqlangan parollarning ro'yxati paydo bo'ladi va yuqori qismda “Проверить пароли” opsiyasi mavjud bo'ladi.



Keyingi sahifada funktsiya qanday ishlashi tasvirlangan. “Проверить пароли” parollarni tekshirish tugmasini bosing.





Sizdan hisob qaydnomangiz parolini kiritish talab qilinadi. Parolingizni kiriting va “Далее” ni bosing. Xizmat parollarni tekshiradi va ularni guruhlarga ajratadi: o'g'irlangan parollar, takroriy va oddiy parollar.





Web sayt va dasturiy vosita yordamida parollar hosil qilish.
Agar bardoshli va takrorlanmas parol hosil qilmoqchi bo’lsangiz parollar hosil qilish dasturiy vositalardan yoki veb saytda online parol yaratib olishingiz mumkin. Buning uchun https://1password.com/ru/password-generator/ manziliga murojaat qiling.



Hosil bo’lsan veb sahifa yangi parol hosil qilish uchun “Случайный парол” tanlanadi, parol uzunligini belgilash uchun “Длина” ko’rsatkichi 8 raqamiga keltiriladi. “Цифр” va “Символы” oynalari kursor bilan belgilab qo’yiladi. Yuqori oynada yangi parol hosil qilinadi. Agar boshqa parol yaratmoqchi bo’lsak tugmasi bosiladi.


Yangi parol hosil qilishda https://passwordsgenerator.net/ru/ veb manzildan ham foydalanish mumkin.
Parolni bardoshligini online tekshirish
Buning uchun brauzer veb sayt manzillari oynasiga https://password.kaspersky.com/ru/ sayt manzilini yozamiz va Enterni bosamiz.



Hosil bo’lgan oynadan “Проверьте свой парол” oynasiga biz foydalanadigan parolni kiritib tekshirib ko’ramiz. Parolimiz bardoshligini tekshirib ko’ramiz:








Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling