70-mashq. Bo‘lsa, esa so‘zlaridan mosini qo‘yib, berilgan gaplarni davom ettirib, qo‘shma gaplar hosil qiling va ularni daftaringizga yozing.
1. Halol mehnat ro‘zg‘orga qut-baraka olib keladi, harom esa barakani qochiradi. (“esa” so‘zi yor. b.q.g.; qiyoshlash-zidlash) 2. Bulbul navosi ko‘ngillarni shod aylaydi, Qarg‘aning sasi esa dilni xira qiladi. (“esa” so‘zi yor. b.q.g.; qiyoshlash-zidlash) 3. Mehr-muruvvat, saxovat
insonlarni bir-biriga yaqinlashtiradi, bemehrlik va baxillik bo‘lsa uzoqlashtiradi. (“bo‘lsa” so‘zi yor. b.q.g.; qiyoshlash-zidlash) 4. Mehnat bilan har kishi murodiga yetadi, dangasalik bilan esa maqsadlar amalga oshmaydi. (“esa” so‘zi yor. b.q.g.; qiyoshlash-zidlash) 5. Oqil-u donoga yo‘ldosh bo‘lgan kishi hech qachon yo‘lidan adashmaydi, nodonga hamroh bo‘lgan kishi bo‘lsa yo’lidan adashadi. (“bo‘lsa” so‘zi yor. b.q.g.; qiyoshlash-zidlash)
Do'stlaringiz bilan baham: |