Topshiriq.
Rejadagi zarur ishlarni amalga oshirishga vaqt yetkaza olmayapman, sen bo‘lsang faqat dam olaylik deysan. (“bo‘lsa” so‘zi yor. b.q.g.; qiyoshlash)
67-mashq.
1. Tovus o‘zining chiroyli patlarini ehtiyot qiladi, vijdonli odam esa o‘zining sharaf-u shonini saqlaydi. (“esa” so‘zi yor. b.q.g.; qiyoshlash) 2. Egrilik insonni qabohatga yetaklaydi, to‘g‘rilik bo‘lsa uni saodatga boshlaydi. (“bo‘lsa” so‘zi yor. b.q.g.; qiyoshlash-zidlash) 3. Yaxshilik qilmoqlik ulug‘ fazilatdir, buning qadriga yetmaslik esa illatdir. (“esa” so‘zi yor. b.q.g.; qiyoshlash-zidlash) 4. Oy tunda kerak, aql esa kunda kerak. (“esa” so‘zi yor. b.q.g.; qiyoshlash) 5. To‘g‘ri til tosh yoradi, egri til esa bosh yoradi. (“esa” so‘zi yor. b.q.g.; qiyoshlash-zidlash) 6. Yaxshidan bog‘ qoladi, yomondan esa dog‘ qoladi. (“esa” so‘zi yor. b.q.g.; qiyoshlash-zidlash)
Do'stlaringiz bilan baham: |