11-dars. Bog‘langan qo‘shma gap haqida ma’lumot (26 – 36-betlar) 1-topshiriq


Download 53 Kb.
bet17/18
Sana02.01.2022
Hajmi53 Kb.
#197095
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Bog'langan q.g. mashqlari bajarilgan

71-mashq.

1. Siz uni tartibga chaqirib qo‘ying, bo‘lmasa, ustidan arz qilaman. (bog‘lovchisiz q.g.) 2. Ulug‘ Navoiy o‘zigacha yashagan va o‘ziga zamondosh bo‘lgan shoirlarning baytlarini

yig‘ib, «Majolis un-nafois» asarini tuzgan holda, avlodlar mulkiga aylantirdi, buyuk Sa’diy Sheroziy bo‘lsa xalq donishmandligining nodir namunalariga o‘z iste’dodi shu’lasi bilan

sayqal berib, «Guliston» va «Bo‘ston»larni yaratdi. (“bo‘lsa” so‘zi yor. b.q.g.; qiyoshlash) 3. Aql – eskirmas kiyim, bilim esa tuganmas buloqdir. (“esa” so‘zi yor. b.q.g.; qiyoshlash-zidlash) 4. Yaxshi yaxshiga yondashtiradi, yomon bo‘lsa yo‘ldan adashtiradi. (“bo‘lsa” so‘zi yor. b.q.g.; qiyoshlash-zidlash)



3-topshiriq.

1. Nuri goh sevinib, shirin xayollarga botadi, goh butun vujudini titroq bosadi. (ayiruv b-li b.q.g.; galma-gal) 2. Kechqurun otam keldi va unga butun voqeani aytib berdim. (birik.b-li.b.q.g.; payt) 3. Bu sohaning ustasi o‘z so‘zini aytar, lekin biz o‘ylagan imorat, taxminan, shu shaklda bo‘ladi. (zid.b-li. b.q.g.; zidlik) 4. Mashina to‘xtadi-da, undan bir kishi tushdi. (birik.b-li.b.q.g.; payt) 5. Na turmushida halovat bor, na yemishida rohat bor. (inkor b-li b.q.g.; inkor)



6-topshiriq.

1. Bulbul gulzorni izlaydi, boyo‘g‘li esa doim xarobani ko‘zlaydi. (“esa” so‘zi yor. b.q.g.; qiyoshlash-zidlash) \\ Bulbul gulzorni izlaydi, lekin boyo‘g‘li doim xarobani ko‘zlaydi. (zid.b-li.b.q.g.; zidlik) 2. Ahmoqning yuragi og‘zida, aqllining tili esa yuragida bo‘ladi. (“esa” so‘zi yor. b.q.g.; qiyoshlash-zidlash) \\ Ahmoqning yuragi og‘zida, ammo aqllining tili yuragida bo‘ladi. (zid.b-li.b.q.g.; zidlik) 3. Yomon ot o‘z egasini chohga qulatadi, yaxshi ot esa o‘z sohibini halokatdan qutqaradi. (“esa” so‘zi yor. b.q.g.; qiyoshlash-zidlash) \\ Yomon ot o‘z egasini chohga qulatadi, biroq yaxshi ot o‘z sohibini halokatdan qutqaradi. (zid.b-li.b.q.g.; zidlik) 4. Nodon mol-dunyo yig‘adi, aqlli odam bo‘lsa boshqalarga yordam berib, bundan rohatlanadi. (“bo‘lsa” so‘zi yor. b.q.g.; qiyoshlash-zidlash) \\ Nodon mol-dunyo yig‘adi, lekin aqlli odam boshqalarga yordam berib, bundan rohatlanadi. (zid.b-li.b.q.g.; zidlik) 5. Sabrning boshi achchiq, oxiri esa shirindir. (“esa” so‘zi yor. b.q.g.; qiyoshlash-zidlash) \\ Sabrning boshi achchiq, lekin oxiri shirindir. (zid.b-li.b.q.g.; zidlik)



74-mashq.

1. Ziyrak va hushyor odam omad kelganida uni mahkam ushlaydi, lekin laqma odam og‘zidagini oldiradi. (zid.b-li.b.q.g.; zidlik) 2. Butun mamlakat, el-yurt, barcha yangilanish,

yasharish tuyg‘usi bilan yashamoqda, biroq ba’zilar hali eskilik sarqiti bilan qolmoqda. (zid.b-li.b.q.g.; zidlik) 3. Yoshlar ba’zan o‘z tashabbuskorligi, fidoyiligi bilan ibrat namunalarini ko‘rsatmoqda, ba’zan ular katta avloddan ibrat olmoqdalar. (ayiruv b-li b.q.g.; galma-gallik) 4. Yoshlarning ta’lim olishi, ilm va hunar o‘rganishi uchun katta imkoniyatlar yaratildi va bu yosh avlodni juda ruhlantirdi. (birik.b-li b.q.g.; sabab-natija) 5. Islohotlar o‘z samarasini bermoqda, ammo bularni ko‘ra olmaydigan g‘alamislar ham topiladi. (zid.b-li.b.q.g.; zidlik)

75-mashq.

Kitobning qudratini quyoshning qudratiga qiyoslash mumkin, biroq hamma ham bu qudratni sezavermaydi. (zid.b-li.b.q.g.; zidlik) Kitob insonning ichki dunyosida yashirinib yotgan tuyg‘ularga ta’sir etadi va bu tuyg‘ular insonni yangi maqsadlar sari yetaklaydi. (birik.b-li b.q.g.; sabab-natija) Kitob o‘qib bo‘lingach, o‘quvchida o‘y-fikrlar bisyor bo‘lishi mumkin, ammo ular ichidan eng keraklisi hayotda asqatadi. (zid.b-li.b.q.g.; zidlik)




Download 53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling