11-ma’ruza. Byudjet jarayoni
Byudjet jarayonining oldiga quyidagi muhim vazifalar qo‘yiladi
Download 29.52 Kb.
|
11-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Umumiy tarzda, byudjet jarayonining ishtirokchilari quyidagilar hisoblanadi
Byudjet jarayonining oldiga quyidagi muhim vazifalar qo‘yiladi:
· muvozanatlashtirilgan bozor sari keskin taraqqiyotga erishish maqsadida barcha moddiy va moliyaviy rezervlarni qidirib topish; · alohida soliqlar va boshqa to‘lovlar bo‘yicha, shuningdek, ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishning bashorat-lari va maqsadli dasturlariga muvofiq byudjet daromadlari va ularning umumiy hajmini aniqlash; · maqsadga mo‘ljallanganligi bo‘yicha, shuningdek, byudjetda ko‘zda tutilgan umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan barcha tadbirlarni uzluksiz moliyalashtirish ehtiyojini inobatga olgan holda byudjet xarajatlari va ularning umumiy hajmini belgilash (o‘rnatish); · iqtisodiyotdagi inflyasion tendensiyalar va pul-kredit tanazzulini bartaraf etishga, milliy pul birligining barqarorligini ta’minlashga yo‘naltirilgan moliyaviy baqarorlashtirishning umumiy dasturini byudjet bilan muvofiqlashtirish; · iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lgan manbalar hisobidan byudjet taqchillikiga barham berish yoki uni qisqartirish; · iqtisodiy mintaqalar, xo‘jalik sohalari va byudjetlar o‘rtasida davlat daromadlarining manbalarini qayta taqsimlash yo‘li bilan turli darajadagi byudjetlarni balanslashtirish maqsadida byudjetli tartibga solishni amalga oshirish; · keng ko‘lamli barcha ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarning balansliligi va proporsionalligini ta’minlashga imkon beradigan istiqbolli byudjetli rejalashtirishning rolini oshirish; · soliq majburiyatlarini bajarishda alohida fuqarolar daromadlari va yuridik shaxslarning moliyaviy faoliyatlari ustidan nazoratni ta’minlash; · zamonaviy elektron hisoblash texnikalaridan keng foydalanish asosida va moliyaviy hisob-kitoblarning avtomatlashtirilgan tizimi orqali byudjetlarni tuzish va ijro etish jarayonlarini avtomatlashtirish va boshqalar. Umumiy tarzda, byudjet jarayonining ishtirokchilari quyidagilar hisoblanadi: · mamlakat Prezidenti va qonunchilik (vakillik) hokimiyat organlari; · ijroiya hokimiyat organlari (mamlakat sub’ektlarining yuqori mansabdor shaxslari, mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlari rahbarlari, moliya organlari, byudjet daromadlarini undirish bilan shug‘ullanadigan organlar va boshqa vakolatli organlar); · pul-kredit tizimini tartibga solish organlari; · davlat va mahalliy nazorat organlari; · davlatning byudjetdan tashqari jamg‘armalari; · byudjet mablag‘larini Bosh taqsimlovchilar, taqsimlovchilar va boshqalar. Download 29.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling