11-ma’ruza. Kriptovalyutalar


Bit Gold moliyaviy modeli foydalanuvchilarga bir qator imtiyozlarni taqdim etdi


Download 12.49 Kb.
bet3/5
Sana02.11.2023
Hajmi12.49 Kb.
#1739215
1   2   3   4   5
Bog'liq
11-ma’ruza. Kriptovalyutalar-genderi.org

Bit Gold moliyaviy modeli foydalanuvchilarga bir qator imtiyozlarni taqdim etdi.

Bit Gold moliyaviy modeli foydalanuvchilarga bir qator imtiyozlarni taqdim etdi.

Xususan, Nik Szabo bunday tizimning kamida ikkita asosiy xususiyatini namoyish etdi:


  • Moliyaviy institutlardan mustaqillik. Markazlashtirilmagan Bit Gold tarmog‘i orqali foydalanuvchilar tranzaktsiyalar tuzishda yordam berish uchun moliyaviy tashkilotga komissiya to‘lamasdan, tomonlar o‘rtasida ishonchni o‘rnatmasdan xavfsiz tranzaktsiyalarni amalga oshirishlari mumkin edi.

  • 2. Turli mamlakatlarda uzluksiz ishlash. An’anaviy moliya tizimida ko‘pgina bo‘linishlar mavjud. Turli mamlakatlarga pul yuborish bir necha kundan bir oygacha, oxirgi qabul qiluvchiga etib borguncha davom etishi mumkin.

      Keyinchalik Bit Gold g‘oyasi Bitcoinda amalga oshirildi va ikkala protokol ham o‘xshash arxitekturaga ega.

      Kriptovalyutani asosiy tushunchalari

      Pul ikki shaklda mavjud:


    • naqd pul (banknotalar va tangalar) va naqd bo‘lmagan;

    • elektron shaklda, ularning egalarining hisob varaqlaridagi yozuvlar shaklida.

      Elektron valyuta nafaqat an’anaviy pul muomalasini (dollar, yevro, so‘m va boshqalar) qo‘llab-quvvatlabgina qolmay, balki raqamli valyutalar deb ataladigan joyda ham qo‘llanilishi mumkin.

      Raqamli valyutalar xususiy, virtual valyutalar yoki elektron naqd pullar deb ham ataladi. An’anaviy valyutalarga nisbatan raqamli valyuta qo‘shimcha yoki muqobil hisoblanadi.

      Kriptovalyuta elementi, coin (tanga) - o‘zgartirilishi va

      nusxalanishi mumkin bo‘lmagan bloklarning shifrlangan to‘plami.



      Kriptovalyutalarni afzalliklari


      Kriptovalyutalarni kamchiliklari

      Kriptovalyutalar foydalanuvchilarga tez va xavfsiz tranzaksiyalarni amalga oshirishga imkon beradi


      Uchinchi tomon kriptovalyutalarni saqlash xizmatlari har doim ham xavfsizlik darajasiga ega emas, bu ularni xakerlar tomonidan o‘g‘irlashdan himoyasiz qiladi


      Kriptovalyutalardan foydalanganda, bloccheynreestrining ochiqligiga qaramay, siz mutlaqo maxfiyligingizda qolishingiz mumkin


      Anonim bo‘lib qolish qobiliyati raqamli tangalarni soya iqtisodiyoti va noqonuniy bitimlar uchun jozibador to‘lov vositasiga aylantiradi


      Kriptovalyutalar markazlashtirilmagan va tanga egalarini yagona egasiga aylantiradigan aniq boshqaruv organiga ega emas.


      Ko‘pgina mamlakatlarda kriptovalyutalar noqonuniy bo‘lib qolmoqda. Ular uchun qonunchilik bazasi nimadan iborat bo‘lishi hozircha aniq emas, ammo ishonch bilan aytish mumkinki, ularga soliq solish qiyin


      Kriptovalyuta tranzaktsiyalari past narxga ega


      Bugungi kunga kelib, raqamli tangalar hali ko‘pgina do‘konlarda to‘lov sifatida qabul qilinmaydi


      Har kim mayning bilan shug‘ullanishi va kriptovalyuta ishlashni boshlashi mumkin


      Mayning kriptografik funktsiyalarni topish uchun foydalaniladigan quvvatli hisoblash uskunalarining mavjudligini talab qiladi


      Kriptovalyuta bozori shakllanish bosqichida, bu uni yuqori rentabellik istiqboliga ega investitsiya uchun jozibador maydonga aylantiradi


      Bozor narxlari oralig‘ining yuqori o‘zgaruvchanligi yuqori xavflar bilan bog‘liq


      Barcha bitimlar bloklarga qo‘shiladi va doyuimi turadi, bu ularning qalbakiligini oldini oladi


      Barcha tranzaksiyalar qaytarib bo‘lmaydigan xususiyatga ega va yuborilgan pullar qaytarilmaydi


      Kriptovalyutalar ishonchli tarzda kriptografik usul bilan himoyalangan. Blokcheynreestrini o‘zgartirish mumkin emas va tangalarni qalbakilashtirish mumkin emas. Bitcoinning butun mavjudligi davomida birorta ham bo‘zish bo‘lmagan


      Kriptovalyutalar - raqamli kod bo‘lib, unda xatolarga yo‘l qo‘yilishi mumkin, bu tizimlarni zaiflashtiradi. Shuningdek, 51% nazariy hujum xavfi mavjud



      Download 12.49 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling