11-ma’ruza: organik kimyo va kimyoviy nazariyalar. Ma’ruza rejasi!!! Murakkab radikallar nazariyasi
energiya bilan ta`minlash muammolari
Download 232.82 Kb. Pdf ko'rish
|
11-Ma\'ruza ORGANIK KIMYO VA KIMYOVIY NAZARIYALAR.
energiya bilan ta`minlash muammolari.
Organik kimyoning keyingi rivojlanishi qishloq xo`jaligi zararkunandalariga qarshi yangи agentlar ishlab chiqarish, farmatsevtika yo`nalishlariga qaratiladi. 1974 yildagi neft krizisi insoniyat bu xom ashyodan ayovsizlarcha foydalanayotganini isbot etdi. Xozirgacha asosiy energiya manbai sifatida GESlardan tashqari toshko`mir, neft, tabiiy gaz xizmat qilmoqda. Эndi bularni tejash va termoyadroviy reaktsiyalar asosida energiya ishlab chiqarish insoniyat oldidagi keyingi muammodir. Bu vazifa taxminan XXI asr o`rtalarida amalga oshishini xisobga olsak, ungacha bor imkoniyatlardan tejab-tergab foydalanish insoniyat oldidagi asosiy vazifadir. Mavjud texnologik jarayonlarda mikrobiologik sintez muxim bosqich xisoblanadi, chunonchi pivo ishlab chiqarish, teri oshlash vа oziq-ovqat sanoatida mikroorganizmlar asosiy zanjir bosqichlaridan biri xisoblanadi. Oxirgi yillardagi ferment tizimlarini ajratish, tozalash va ularni barqaror shaklga aylantirish muxim yutuqlardan biridir. Bu xildagi "immobillashgan ferment" tizimlarini sanoatda ishlatish muammolari bugungi kunning dolzarb vazifasidir. Bulardan eng tez xal qilinishi lozim variant tsellyuloza polimerlarini qandga aylantirish sanoatidir. Ferment strukturaviy tuzilishi va xossalari soxasidagi bilimlar yig`indisi tez orada sanoat miqyosida fermentsimon makromolekulalarni katalizator sifatida ishlatish muammosini xal qilishi lozim. Bu soxadagi Merrifil'd usuliga binoan polimer asoslar yaratish, ularni yuqori polipeptidlar va polikondensatlanish maxsulotlari olishda ishlatilishini ta`minlash bugungi yosh kimyogarlarning asosiy vazifasi bo`lishi kerak. Tayanch iboralar "Yog`larning shirin asosi". Radikallar va elektrokimyoviy dualizm. Xayvonot kimyosi. Vino ruxi. Vino spirti. Kuporos moyi. Эrkin radikallar. Metalepsiya. Kislotalarning kislorodli nazariyasi. Vodorod nazariyasi. Izomeriya. Polimer. Gomolog. Gomologik qatorning matematik formulasi. Unitar va tiplar nazariyasi. Эlementorganik birikmalar. Biokimyo. Geokimyo. Kosmik kimyo. Bioorganik kimyo. Geterogen va gomogen kataliz. Kimyoviy termodinamika. Kinetika. Stereokimyo (birikmalarning fazoviy tuzilishi). Эlektrolitik dissotsilanish nazariyasi. Stereoregulyar polimerlar. Vitaminlar. Gormonlar. Nuklein kislotalari. Oqsillar. Bo`yoqlar. Sintetik tolalar. Pestitsidlar. Plastmassalar. O`simlik pigmentlari. Mikrotaxlil usullari. Xromatografining afzalliklari. "Immobillashgan ferment". Download 232.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling