11-ma’ruza: organik kimyo va kimyoviy nazariyalar. Ma’ruza rejasi!!! Murakkab radikallar nazariyasi


KIMYOVIY TUZILISH NAZARIYaSINING YaRATILISHI


Download 232.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana02.02.2023
Hajmi232.82 Kb.
#1146569
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
11-Ma\'ruza ORGANIK KIMYO VA KIMYOVIY NAZARIYALAR.

KIMYOVIY TUZILISH NAZARIYaSINING YaRATILISHI 
Yangi nazariya yaratilishining asosiy shartlari shuki, S atomining 4 valentli ekanligi, 
"atom", "molekula" xaqida ma`lumot, moddalarning atom va molekulyar massalarini aniqlash 
imkoniyati vujudga keldi. 1859-61 yillarda Qozon universiteti professori A.M. Butlerov(1826-
1886 yy.) bir qator sintezlar qildi. Formal'degid polimeri - dioksimetilen oldi, undan 1859 yilda 
urotropin - geksametilentetramin sintezini bajardi, 1861 yilga kelib dioksimetilendan birinchi 
qandsimon modda "metilitan" sintezini yo`lga qo`ydi. Molekuladagi atomlar orasida bog`larning 
tarqalishi 1860 yilda Butlerovning kimyoviy tuzilish nazariyasini yaratilishiga olib keldi. 1861 
yil 19 sentyabrda SHpeyerdа nemis shifokorlari va tabiatshunoslarining s`ezdida Butlerov 
o`zining "Moddalarning kimyoviy tuzilishi" ma`ruzasi bilan chiqdi va kimyoviy tuzilishning 
asosiy tushunchalarini e`lon qildi: "Xar qanday murakkab zarrachaning kimyoviy tabiatini 
undagi elementar zarrachalar soni va kimyoviy tuzilishi bilan belgilanadi.... Xar qaysi kimyoviy 
atom murakkab modda tarkibida o`zining kimyoviy tabiatiga bog`liq ravishda qatnashib, uni 
xosil qilishda ishtirok etadi",- deb aytgan edi. 1865 yilda Bel'shteynnning Butlerovga yozishicha: 
"Sizning kitobingizni o`qish shu jixatdan menga qimmatliki, ilgari barcha tuzilish formulalari 
menga yashirin qo`rqish tug`dirar edi. Эndi ularning moxiyatini tushunganimdan men o`zimni 
baxtli xis qilaman",- deydi. Эndi kimyogarlar oldida yangi dunyo ochildiki, u xaqdagi tip lar 
nazariyasi tarafdorlarining barcha shubxalari juda o`rinsiz ekanligi isbotlandi. A.M. Butlerov 
nazariyasida tadqiqotlarning aniq dasturi shakllangan bo`lib, ular kimyoviy tuzilish 
nazariyasining asosiy xolatlarini tasdiqlaydilar.
Bu nazariyani xar xil olimlar turlicha nomlar bilan o`z tadqiqotlariga qabul qildilar, 
uning "ishlash qobiliyati" va "ishonchliligi" yana bir marta 1864 yilda Butlerov tomonidan 
isbotlandi . U uchlamchi- butil spirtini sintez qildi. Izomeriya, polimerlanish, to`yinmagan 
uglevodorodlar tuzilishi bu nazariya bilan tushuntirildi. 1867 yilda uchlamchi-butil spirtidan 
izobutan va izobutilen Butlerov laboratoriyasida sintez qilindi. Dastlabki 1861 yilgi ma`ruzasida 
Butlerov: "Bir molekula ichidagi bir-biri bilan kimyoviy o`zaro bog`lanmagan ikki atomlar 
o`zaro qanday ta`sir etadi",- degan vazifani qo`ygan bo`lsa, 1864 yilda "Izomeriya xodisasining 
turlicha tushun-tirilishi" nomli risolasida Butlerov "Molekula ichidagi o`zaro bog`lanmagan 
atomlar bir-biri bilan bilvosita ta`sir etadi",- degan edi.


XX asr organik kimyo fanining asosiy belgisi eksperimental sintez bo`lsa xam, zamonaviy 
tadqiqot usullari intensiv rivojlandi. Amaliy kimyoning extiyojlari shu darajada katta bo`ldiki, 
polimerlar va neft kimyosi o`zlari ma`lum soxani tashkil etdi, biologiya va anorganik kimyo 
bilan organik kimyo qayta birikdi va rivojlana boshladi. Birinchi jaxon urushi organik kimyo 
maxsulotlariga juda katta talab mavjudligini ko`rsatdi. Amaliy organik kimyo yuksak rivojining 
juda tez o`sishi to`xtab qoldi. Urush oqibatida Germaniya davlati asosiy strategik xom 
ashyosidan (neft, kauchuk, kolchedan, selitra), uning dushmanlari esa Germaniya ishlab 
chiqaradigan kimyo maxsulotlaridan judo bo`ldi. Oqibatda barcha mamlakat olimlarining 
faoliyati laboratoriya ishlarini sanoatda joriy qilishga qaratildi. Polimerlar kimyosi rivojidan 
keyingi amaliy organik kimyoning keyingi ob`ekti fiziologik faol moddalar bo`ldi. Bularga bir 
tomondan vitaminlar, gormonlar misol bo`lsa, ikkinchi tomonni antimetabolitlar (insektitsid, 
fungitsid, gerbitsidlar) kimyosi tashkil etdi, ayniqsa o`stiruvchi moddalarga e`tibor kuchaytirildi.
XX asr amaliy organik kimyosining asosiy xususiyatlaridan biri shuki, sanoatda geterogen-
katalitik sintezning joriy qilinishi bo`ldi. Bu soxadagi yangiliklar juda ko`p bo`lsa xam, ulardan 
eng muximlari vitamin va gormonlarning o`simlik va xayvonot dunyosidan emas, balki sanoatda 
olinishi xisoblanadi. F. Fisher (1877-1947 yy.) va G. Tropsh (1889-1935 yy.) tomonidan yo`lga 
qo`yilgan va Fisher-Tropshning katalitik sintezi (1926y) is gazi va suv bug`i aralashmasidan 
(CO+H2O, sintez gaz) uglevodorodlar olinishi juda katta yutuq sanaladi: 1935 yili Germaniyada 
bu usul bilan "Rurxemi" firmasiga qarashli 8 ta zavodda 600 000 tonna benzin ishlab chiqarildi. 
Xozirgi kunda bu usul va 1928 yilda sanoatda joriy qilingan Dil's-Al'derning dien sintezi eng 
ko`p amalda ishlatiladigan jarayonlar xisoblanadi. Nemis kimyogarlari O. Dil's (1876-1954 yy.) 
va K. Al'der (1902-1958 yy.) dien sintezi borasidagi ishlari uchun 1950 yilning Nobel' 
mukofotiga sazovor bo`lishgan. 1963 yilga kelib nemis olimi K. Tsigler (1898-1973 yy.) va 
italiyalik olim J. Natta (1903-1979 yy.) 1954 yilda amalga oshirgan kashfiyotlari "Oddiy 
to`yinmagan uglevodorodlardan katalitik polimerlanish natijasida organik makromolekulalar 
sintezining fundamental usuli" uchun Nobel' mukofoti soxibi bo`lishdi. Bu olimlar tomonidan 
yaratilgan katalizator (TiCl3+Al(C2H5)2Cl) past bosimda (20 atm.) polietilen olish imkoniyatini 
yaratdi. Ilgari bu jarayon 2000 atm. bosimda joriy qilinar edi. Keyinchalik bu usul bilan 
stereoregulyar polimer olish mumkinligini isbotladilar va bu sintezni xam sanoat miqyosida 
amalga oshirdilar.

Download 232.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling