11-maruza: Urug‘ ekish usullari. Ekish mashinalari. Att. Seyalkalar tasnifi. Seyalkalarning asosiy qismlari va ularni tanlash mezonlari


Download 0.96 Mb.
bet1/6
Sana09.06.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1470926
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
11-maruza.


11-maruza: Urug‘ ekish usullari. Ekish mashinalari. ATT. Seyalkalar tasnifi. Seyalkalarning asosiy qismlari va ularni tanlash mezonlari.
Ekindan sifatli va m‘ol hosil olish uchun yerni me’yoriga yetkazib tayyorlashning o‘zi yetarli emas. Maqsadga erishish uchun ekinning mahalliy tuproq, iqlim sharoitiga mos ekin urug’ini yoki ko‘chatlarni sifatli ekish talab qilinadi. Bu ishni ekish mashinalari (seyalkalari) bajaradi.
Seyalka ishiga to‘rtta asosiy talab qo‘yiladi:
1. Dala maydoniga agronom tayinlagan me’yordagi urug’ni ekish;
2. Maydonga urug’ni bir tekis taqsimlab joylashtirish; 3. Urug’ni mahalliy sharoitlarga moslab tayinlangan chuqurlikka aniq ko‘mishi kerak;
4. Urug’ni shikastlantirmasligi lozim.
Ishlayotgan seyalka urug’larni oldindan belgilangan tartibda qatorlab ekib ketadi. Bu tartib qatordagi urug’lar uyalari oralig’i c, yondosh qatorlar oralig’ining kengligi b va urug’larni ko‘mish chuqurligi a kabi ko‘rsatkichlari bilan belgilanadi. Sifatli ekish va keyinchalik yuqori hosil olish uchun ekilayotgan urug’ xususiyatlari, unuvchanligi, to‘kiluvchanligi, kasallik qo‘zg’atuvchi mikroorga­nizm­lar­dan tozalanganlik darajasi, deyarli bir xil o‘lchamlarga ega bo‘lishi va shu singari boshqa muayyan talablarga javob berishi kerak.
To‘kiluvchanligini yaxshilash uchun ayrim urug’lar (masalan, tukli chigit) drajelanishi (elimsimon moddalarga bulg’ab, urug’ sirtini silliqlash) yoki tuksizlantirilishi mumkin. Ekish me’yorini ta’minlashni engillashtirish maqsadida urug’lar kalibrlanadi (bir xil o‘lchamlilari tanlab olinadi).
Unib chiqqan niholni kasallanishdan saqlash uchun urug’ni ekishdan oldin kimyoviy moddalar bilan zaharlash yoki boshqa usulda zararsizlan­tirish kerak.
Ayrim, qobig’i o‘ta qattiq urug’lar skarifitsiyalanadi (qobig’i chaqilib, ichiga namlik kirishiga imkon tug’diriladi).
Ekilgan urug’lar tuproq bilan zichlab ko‘miladi, aks holda, ularning g’ovakka tushib qolganlari namlikni shimib ololmay, unib chiqmasligi mumkin.
Ko‘pincha urug’ bilan bir vaqtda tuproqqa o‘g’it ham solinadi (urug’lardan chiqqan ko‘chat ildizlarini kuydirmasligi uchun o‘g’it ularning yon tomoniga yoki chuqurroqqa ko‘miladi).

1 –


Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling