11-maruza: Urug‘ ekish usullari. Ekish mashinalari. Att. Seyalkalar tasnifi. Seyalkalarning asosiy qismlari va ularni tanlash mezonlari


Download 0.96 Mb.
bet2/6
Sana09.06.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1470926
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
11-maruza.

§. Urug’ ekish usullari

Ekish usuli urug’larni maydon bo‘ylab joylashtirish tartibini bildiradi.Urug’lar mahalliy sharoitga mos qabul qilingan agrotexnikani e’tiborga olgan holda sochib sepi­ladi yoki seyalka bilan qatorlab, qirqmalab, tasmasimon qatorlab, uyalab va donalab ekiladi. Bu usullarning bir-biridan farqi, har bir qatorda joylashtirilgan urug’lar oraligic va qator oralig’i kengligi b ning turlicha tayinlanishidadir.


Yuqori hosil olishda har bir ko‘chatni tuyintirib oziqlantirish uchun, uning ildizlari egallashi lozim bo‘lgan miqdordagi bxc maydonini ajratish kerak. Demak, b va co‘lchamlarini aniqlashda tuproq va ekin ko‘chati xossalari e’tiborga olinadi. Bular urug’ni ko‘mish chuqurligi, uning unuvchan­ligi, o‘sish energiyasi, tuproqning tarkibi, namligi, harorati kabi ko‘rsatkichlar bilan bog’liq.
Qatorlab ekishda (127- a rasm) urug’lar parallel qatorlarga uzluksiz tashlab ekiladi. Qatorlar orasi b = 15 sm, qatorlardagi urug’lar orasi c = 1,5–2,0 sm, ko‘mish chuqurligi a = 2–10 sm bo‘ladi. Bu usulda g’alla, sabzavot kabilar ekiladi. Ayrim sharoitlarda g’alla ko‘chatlari sonini ko‘paytirish, ko‘chat ildizlari joylashib oziqlana­digan maydon cho‘zinchoq (to‘rtburchak) emas, balki kvadrat shakliga yaqin bo‘lishini ta’minlab, hosildorlikni oshirish maqsadida don ekinlarini tor qatorlab ( b =  7,5 sm, c = 3–4 sm) ekiladi.
Qirqmalab ekish uchun seyalka dala bo‘ylab va ko‘ndalangiga harakatlantiriladi, har yo‘nalishda mo‘ljallangan urug’ning yarim qismi yerga qadaladi. Bu usulda olingan ko‘chatlar dalaga bir tekis taqsimlanadi (127-a rasm).
Yo‘lakchalab ekish usuli (127- d rasm) tuproq eroziyasi kuchaygan yer­larda, donli ekinlar urug’ini ang’iz ustiga hamda shudgorlangan yerga piyoz, sabzi kabilarni ekishda qo‘llaniladi. Yo‘lakcha o‘qlarining oralig’i b ≈ 25 sm.
Sochib sepish usuli yaylovlarda pichanbop o‘simliklarning urug’ini, sholini suv bostirilgan maydon (chek)ga samolyot bilan sepib ekishda qo‘llaniladi.

127- rasm.Urug’ni dala bo‘ylab joylashtirish:
a – qatorlab; b – qirqmalab; d – yo‘lakchalab; e – keng qatarlab;
f – tasmasimon; g – uyalab; h – kvadrat-uyalab; i – donalab.



Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling