Seyalka ishchi qismlarini joylashtirish sxemasi:
a-monoblokli; b-seksiyali; d- modulli; 1 – bunker; 2 – miqdorlagich; 3 - urug’o‘tkazgich; 4 – ekkich; 5- markaziy quvur; 6 – taqsimlagich; 7 – rama.
bo‘lgan, aniq ishlaydigan yagona markaziy miqdorlagich 2 o‘rnatiladi/ markaziy miqdorlagich 2 bunkerdan ajratgan urug’ni havo oqimi yordamida markaziy quvur 5 orqali konussimon sirtli taqsimlagich 6 ga yetkaziladi/ taqsimlagich 6 dan har bir qatorga ekish uchun urug’lar ekkich 4 larga urug’ pnevmatik o‘tkazgich 3 lar orqali uzatiladi. Ekkich 4 lar boshqa ramaga ma‘lum tartibda o‘rnatilib, ekish bloke tuziladi.
Modulli seyalka esa umumiy rama 7 ga o‘rnatiladigan ekish modullaridan tashkil topadi (130– d rasm). Har bir modulda alohida bunker 1, miqdorlagich 2, ekkich 4 bo‘ladi. Modullarning ramada siljitib, qator oralig’ini o‘zgartirish mumkin. Har bir moduldagi miqdorlagichni ishlatish uchun tayanch g’ildiraklari harakat uzatish mexanizmiga ega bo‘lishi kerak. Modulli ko‘rinishda donalab, keng qatorlab urug’ ekadigan maxsus seyalkalar tayyorlanadi. Modulli seyalkalar keng tarqalmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |