11-maruza: Urug‘ ekish usullari. Ekish mashinalari. Att. Seyalkalar tasnifi. Seyalkalarning asosiy qismlari va ularni tanlash mezonlari


Download 0.96 Mb.
bet4/6
Sana09.06.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1470926
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
11-maruza.

Urug’ni tekislangan yerga ekish sug’oriladigan dehqonchilikda eng keng tarqalgan usuldir (128- a rasm). Bu usulda, ishlayotgan seyalka ekkichlari tekislangan yerga harakatlanayotib, egatcha ochib yerga urug’larni tashlaydi. Ekkich izidan kelayotgan ko‘mgich esa yerga qadalgan urug’lar ustida pushta hosil qilib, ularni tuproq bilan ko‘madi. Undan keyin zichlagich pushtaning ko‘ndalang kesimi shaklini uchburchakka o‘xshatib zichlab ketadi. Uchburchak cho‘qqisining balandligi dalaning beti bilan teng bo‘ladi.

128-rasm. Urug’ni tuproqqa ekib ko‘mish usullari:
a - urug’ni tekislangan dalaga; b - egatga; d - cho‘qqisi tekislangan pushtaga; e-janubga qaratib olingan pushtaga; f - W simon egatga; g - plyonka ostiga.


Egatga ekish usuli sho‘rlangan yoki qurg’oqchilikka chalinadigan mintaqalarda chigit, makkajo‘xori va boshqa ekinlarni ekishda qo‘llaniladi (128-b rasm), chunki egatning tubida tuz konsentratsiyasi kamroq, tuproq namligi ko‘proq bo‘ladi.
Pushtaga ekish usuli bahorda quyosh nuridan to‘g’ri foydalanib, tuproqni tezroq qizdirib, ekishni ertaroq boshlash uchun qo‘llaniladi. Pushtalar ko‘pincha kuzda, olib qo‘yilib, maxsus jihozlangan seyalka yordamida uning ustiga urug’ ekiladi (128- d rasm). Ayrim joylarda pushtalarga quyosh nurini tik tushirib, yerni ekin ekish uchun tezroq yetiltirish maqsadida, pushtalarni 30° ostida janub tomonga qaratib tayyorlanadi (128- e rasm).
W simon egatga ekish usuli (128- f rasm) kuchli shamol esadigan va tuprog’i sho‘rlangan mintaqalarda qo‘llaniladi. W harfi shaklidagi egat tubida tuz miqdori kamroq bo‘ladi, uning yon tomonlaridagi tuproq uyumlari yosh nihollarni kuchli shamoldan himoyalaydi.
Plyonka ostiga urug’ ekishning istiqboli katta, chunki plyonka yopilgan joy tuprog’i erta bahorda tez isib, urug’ni 7-10 kun oldin ekib tabiiy namlikda tezda undirib olish imkoni bo‘ladi. Natijada hosildorlik sezilarli darajada oshadi (128- g rasm).



Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling