Tuproq tarkibi, holati, iqlim sharoiti va urug’ning xossalarini e‘tiborga olgan holda ekish usulini to‘g’ri tanlash ahamiyatga egadir.
Agrotexnik talablar. Urug’larni ekadigan mashinalarning ishiga quyidagi asosiy talablar qo‘yiladi. Urug’ni tayinlangan me’yorini o‘zgarishi 3 % dan oshmasligi kerak. Urug’ yer maydoni bo‘ylab bir tekis taqsimlanishi lozim. Qo‘shni qatorlarda ekilgan urug’ miqdori bir-biridan don ekishda 6%, dukkakli ekinlarni ekishda 10%, chigit ekishda 10% dan ortiq farq qilmasligi talab qilinadi. Ekilayotgan urug’ning seyalka qismlariga tegib shikastlanishi don ekishda 0,2%, dukkakli ekin ekishda 0,7%ni tashkil qilishi kerak.
Seyalkalarning tasnifi. Ekin turiga qarab, chigit, don, makkajo‘xori, lavlagi, sabzavot, poliz va boshqa ekinlar urug’ini ekadigan turlardagi seyalkalar ishlatiladi. Ular orasida faqat bir turdagi urug’ni ekadigan maxsus va bir-biriga o‘xshash bir necha turdagi urug’larni ekadigan universal turlari ham bo‘ladi. Ayrim kombinatsiyalashgan seyalkalar urug’ ekish bilan bir vaqtda mineral o‘g’itni ham tuproqqa ko‘mib keta oladi. Urug’ ekish usuliga ko‘ra seyalkalar qatorlab, tor qatorlab, uyalab, kvadrat-uyalab, donalab, sepib va plyonka ostiga ekadigan turlarga bo‘linadi. Traktorga ulanish usuli bo‘yicha tirkalma va osma turlarga ham bo‘linadi. Don seyalkalari, asosan, tirkalma bo‘lib, maxsus moslama yordamida bir nechta seyalkalardan qamrov kengligi katta bo‘lgan agregat tuzilib, uni quvvati ko‘p bo‘lgan traktorga ulanadi. Ulardan katta maydonli dalalarga urug’ ekishda foydalanish mumkin. O‘lchamlari cheklangan maydonlarga ekiladigan ekinlar (paxta, lavlagi, sabzavot…) uchun osma seyalkalardan foydalangan ma’qul.
Ishchi qismlarini joylashishiga ko‘ra seyalkalar monoblokli, modulli va seksiyali turlarga bo‘linadi. Monoblokli seyalkada yaxlit rama bo‘lib, unga hamma ishchi qismlar o‘rnatiladi (130- a rasm). Yagona bunker 1 dagi urug’ yoki o‘g’itni bir nechta miqdorlagich 2 lar ajratib olib, urug’o‘tkazgich 3 orqali ekkich 4 larga yetkazib beradi. Bunday seyalkalar kam ishlatiladi.
Seksiyali seyalkalarning yagona kata hajmli bunkeri 1 maxsus telejkada joylashadi (130-rasm). Bunkerda ish unumi yuqori
130-rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: |