11-mavzu: axborot va kommunikasiya Reja


boshqaruvda nizolarning tabiati


Download 0.65 Mb.
bet53/83
Sana13.02.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1196110
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   83
Bog'liq
Менежмент маъруза 1

20.1. boshqaruvda nizolarning tabiati.
M.Meskon nizoni ikki yoki undan ko’proq shaxslar yoki guruhlar o’rtasida birdamlikni (yakdillikni) yo’qligidir deb ta’riflaydi. Har bir tomon muammoga nisbatan uning yondashuvi, maqsadi qabul qilinishini istaydi va boshqa tomon xuddi shunday yo’l tutishiga xalaqit beradi.

Nizolarni boshqarishning zamonaviy yondashuvi shundan iboratki, samarali boshqarilayotgan tashkilotlarda ham nizo yuz berishi mumkin, hattoki nizo yuz berishi ijobiy holat deb qaraladi.


“Insoniy munosabatlar” maktabiga tegishli olimlar nizoni imkoni boricha bartaraf etish lozim deb hisoblaydilar, chunki uning ta’sirida xavf-xatar, dushmanlik, urush va janjallar paydo bo’lishi mumkin. Bu o’z navbatida tashkilot faoliyatiga salbiy ta’sir qiladi. Ushbu maktab vakillari nizoni tashkilot rahbariyatining samarasiz harakatlarining va sifatsiz boshqaruvining natijasi deb qaraganlar. Ularning fikricha o’zaro yaxshi insoniy munosabatlar nizolarning oldini olishi mumkin.
Nizolarni boshqarishning zamonaviy yondashuvi shundan iboratki, samarali boshqarilayotgan tashkilotlarda ham nizo yuz berishi mumkin, hattoki nizo yuz berishi ijobiy holat deb qaraladi. Nizo o’z mohiyatiga ko’ra doimo ijobiy bo’lavermaydi. Ba’zi vaziyatlarda nizo alohida shaxslarning ehtiyojlarini qondirishga va maqsadlarni amalga oshirishga xalaqit beradi. Lekin ko’pchilik holatlarda nizo har xil yondashuvlarni aniqlashga, qo’shimcha axborot olishga, alternativ variantlarni aniqlashga boshqa shu kabilarga yordam beradi. Ushbu holat guruh tomonidan samarali qaror qabul qilishni ta’minlaydi, hamda insonlarga o’z fikrlarini ochiq-oydin e’lon qilishga imkon yaratadi. Bu holat o’z navbatida rejalarni, strategiyalarni, loyihalarni amalga oshishiga yordam beradi.
Shunday qilib, nizo funktsional bo’lishi va tashkilotning samaradorligini oshishiga olib kelishi mumkin. Lekin aksincha, u disfunktsional bo’lib, shaxsiy qoniqishni, guruhlararo hamkorlikni va tashkilot samaradorligini pasaytirishi mumkin. Tashkilotda nizoning qanday o’rin tutishi uni qanday boshqarilishiga bog’liq. Nizoni chun uning sabablarini yaxshi bilish kerak. Nizoning asosiy sababi shaxslarning o’zaro kelishmovchiligi hisoblanadi.
Nizo turlari
Nizoning asosan to’rtta turi mavjud:
■ shaxs ichidagi nizo;
shaxslararo nizo;
■ shaxs bilan guruh o’rtasidagi nizo;
■ guruhlararo nizo.
Shaxs ichidagi nizo. Rollar nizosi eng ko’p tarqalgan nizolardan hisoblanadi. Rollar nizosining mazmuni shundan iboratki, bunda yakka xodimga ish faoliyatining natijasi bo’yicha qarama-qarshi talablar qo’yiladi. Shaxs ichidagi nizo shaxsiy ehtiyojlarning va qadriyatlarning ishlab chiqarish talablariga mos kelmasligi oqibatida ham vujudga kelishi mumkin


Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling