Avtokratik va demokratik rahbarlik
Avtokratik sardor avtoritar hisoblanadi. Avtokratik rahbar ijrochilarga o’z irodasini o’tkazish uchun etarli hokimiyatga ega, zarurat to’g’ilsa, u hyech ikkilanmasdan hokimiyat kuchidan foydalanadi. Avtokratik rahbar ataylab, bo’ysunuvchilar ehtiyojlarining past tabaqalariga murojaat qiladi. U bo’ysunuvchilar aynan ushbu ehtiyojlarni qondirishga harakat qiladi deb o’ylaydi.
Sardorlik sohasida etakchi olimlardan biri Kurt Levin avtokrat rahbarning xodimlarga munosabatlarining shartlarini “X” nazariyasida yoritgan.
“X” nazariyasiga muvofiq:
1) insonlar avvaldan mehnat qilishni yoqtirmaydilar va imkoniyat to’g’ilishi bilan mehnatdan qochishga harakat qiladilar;
2) insonlarda g’urur yo’q, ular mas’uliyatdan qochadilar va o’zlarini boshqalar boshqarishini istaydilar;
3) insonlar hammasidan ko’proq himoyani istaydilar;
4) insonlarni ishlashga undash uchun ularni majburlash, nazorat qilish va jazolash bilan qo’rqitish lozim.
Demokratik rahbarning xodimlar to’g’risidagi tasavvuri avtokratik rahbarlarnikidan farq qiladi. Kurt Levin ularni “U” nazariyasi deb nomlanadi:
1) mehnat – tabiiy jarayon. Agar qulay sharoit to’g’ilsa, insonlar mas’uliyatni nafaqat o’z zimmasiga qabul qiladilar, hattoki unga intiladilar;
2) agar insonlar tashkiliy maqsadlarga nisbatan uyushgan bo’lsalar, ular o’zini-o’zi nazorat qilishdan va boshqarishdan foydalanadilar;
3) insonlarni jalb etish maqsadlarga erishish bilan bog’liq bo’lgan taqdimlash funktsiyasi hisoblanadi;
4) muammolarni ijodiy hal qilish qobiliyati tez-tez uchrab turadi, lekin o’rtacha insonning intellektual qobiliyati qisman foydalaniladi.
Либерал
Автократик
Демократик
Раҳбарлик услублари
Rasm 19.2. Rahbarlik uslublarining avtokratik-liberal kontinuumi.
Do'stlaringiz bilan baham: |