11-mavzu: axborot va kommunikasiya Reja
-Mavzu: Tavakkalchilikni boshqarish. inqirozga qarshi boshqaruvi
Download 0.65 Mb.
|
Менежмент маъруза 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tavakkalchilik tasnifi
- Sof tavakkalchilik
- Tabiat bilan bog’liq tavakkalchilik 4
22-Mavzu: Tavakkalchilikni boshqarish. inqirozga qarshi boshqaruvi.
Reja: 22.1.Tavakkalchilik mohiyati. 22.2.Tavakkalchilikni boshqarish. 22.3.Inqirozga qarshi boshqaruv. 22.1.Tavakkalchilik mohiyati. Bozor iqtisodiyoti sharoitida menejerlar resurslarni boshqarish va salbiy oqibatlarini kamaytirish uchun tavakkalchilikni malakali baholash zaruriyatini his etadilar. Tavakkalchilik – bu o’z mohiyatiga ko’ra, tadbirkorlik erkinligining teskari tomoni. Tadbirkorlikda muayyan darajadagi tavakkalchilik mavjud, odatda tavakkalchiligi yuqori bo’lgan operasiyalar ko’proq foyda keltiradi. Muammo shundan iboratki, tadbirkorlar tavakkalchiligi past bo’lgan, ijobiy natijalari ijobiy bo’lgan biznesni izlaydilar. Avvalambor, “tavakkalchilikning” boshlang’ich tushunchalarini aniqlaymiz, chunki u bir-necha ma’noga ega. Bunda “tavakkalchilik” atamasi xavf-xatar ma’nosida ishlatilmaydi. Tavakkalchilik – bu resurslarni samarasiz sarflanishining potensial ehtimoli mavjudligi yoki boshqaruvning alternativ qarorlari ta’sirida potensial foydani olomaslikdir. Boshqacha aytganda noto’g’ri qarorlar ta’sirida tadbirkorning yoki tashkilotning qo’shimcha xarajatlar yoki potensial foydani ololmasligi ko’rinishidagi zararlardir. Shunday qilib, tavakkalchilik – bu ehtimolli tushuncha bo’lib, uni yo’qotishlarning muayyan darajasini paydo bo’lish ehtimoli deb tavsiflash va o’lchash mumkin. Demak, tavakkalchilikni baholash bir tomondan yo’qotishlar darajasini o’lchashni nazarda tutsa, ikkinchi tomondan tavakkalchilik menejment bilan uzviy bog’liq. Hyech bir menejer tavakkalchilikni butunlay bartaraf eta olmaydi, lekin tavakkalchilikning yuqori darajasi mavjud bo’lgan sohalarni, jihatlarni aniqlash, o’lchash va baholash hamda muntazam ravishda nazorat qilish orqali uni ma’lum darajada boshqarish mumkin. Potensial foyda bilan tavakkalchilik darajasining muvozanatini ta’minlash tavakkalchilikni boshqarish san’ati hisoblanadi. Menejer kelajak qarorlarining ijobiy va salbiy tomonlarini taqqoslaydi va uning ehtimolli oqibatlarini baholaydi ya’ni, foyda olish ehtimolini tavakkalchilik bilan taqqoslaganda u o’zini qanchalik oqlashni aniqlashga harakat qiladi. Tavakkalchilik tasnifi. Bozordagi hamma tijorat operasiyalari, avvalambor, investisiyalar u yoki bu darajada tavakkalchilik bilan bog’liq. Bozor qatnashchilari har xil ko’rinishdagi tavakkalchilikni, o’z zimmalariga olishiga to’g’ri keladi. Bular mablag’ni va mulkni yo’qotish, daromadni pasayib ketishi va foydani boy berish ko’rinishlarida namoyon bo’ladi. Shuning uchun boshqaruv vaziyatlarining har birida tavakkalchilikni har xilligini nazarda tutish lozim. Bu tavakkalchilikni boshqarish samaradorligi ko’p jihatdan uning turlariga bog’liqligini, shu sababli tavakkalchilikni ilmiy asoslangan tasniflash muhim ahamiyatga ega ekanligini bildiradi. Tavakkalchilik tasnifi har bir tavakkal turining o’rnini aniqlash imkonini beradi va unga qarshi samarali usullardan foydalanish imkonini beradi. Iqtisodiy natijalar ehtimoliga mos ravishda tavakkalchilikni sof va chayqovchilik tavakkalchiligiga ajratish mumkin. Sof tavakkalchilik foyda ololmaslikni yoki zarar ko’rish ehtimolini nazarda tutadi. Ushbu toifadagi tavakkalchilikka tabiat, ekologiya, siyosiy, transport va tijorat tavakkalchiligining bir qismi – ishlab chiqarish va savdo tavakkalchiligi kiradi. Chayqovchilik tavakkalchilik ham salbiy (zarar ko’rish), ham ijobiy natija (foyda ko’rish) ehtimolini bildiradi. Bu turdagi tavakkalchilikka tijorat bilan bog’liq tavakkalchilikning qolgan qismi – moliyaviy tavakkalchiliklar (investisiyalar va inflyasiya) kiradi. Tabiat bilan bog’liq tavakkalchilik4 turiga tabiiy ofatlar oqibatida tavakkal qilinadigan zararlar kiradi. Masalan, yer qimirlashi, suv talqini, dovul epidemiya va shu kabilar tufayli ko’riladigan zararlar. Ekologik tavakkalchilik – bu atrof-muhitning ifloslanishi oqibatida ko’riladigan zarar yoki qo’shimcha xarajat ehtimolidir. Siyosat bilan bog’liq tavakkalchilik – bu siyosiy barqarorlik oqibatida ehtimol qilinadigan moddiy zararlardir. Ushbu tavakkalchilik korxona faoliyatiga emas, balki mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatga bog’liq. Bunga ommaviy noroziliklar, ish tashlashlar, g’alayonlar, embargoni joriy qilish, defolt oqibatlar natijasida ko’rilishi tavakkal qilinadigan zararlar kiradi. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling