11-mavzu: axborot va kommunikasiya Reja


Transport bilan bog’liq tavakkalchilik


Download 0.65 Mb.
bet65/83
Sana13.02.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1196110
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   83
Bog'liq
Менежмент маъруза 1

Transport bilan bog’liq tavakkalchilik – bu temir yo’l, avtomobil, dengiz, havo transportlarida yuklarni tashish jarayonida ehtimol qilinadigan zararlardir.
Tijorat bilan bog’liq tavakkalchilik – bu xo’jalik subyektlarining tadbirkorlik faoliyati oqibatida ehtimol qilinadigan zararlardir. Bu turdagi tavakkalchilik o’z navbatida ishlab-chiqarish, savdo va qisman moliya bilan bog’liq tavakkalchiliklarga ajratiladi.
Ishlab-chiqarish bilan bog’liq tavakkalchilik – bu ishlab-chiqarish jarayonini to’xtab qolishi yoki bir maromda ishlamasligi, texnologiyaning buzilishi, sifatsiz xom ashyo oqibatida yoki xodimlarning sifatsiz ishlashi evaziga ehtimol qilinadigan zararlar yoki xarajatlardir.
Savdo bilan bog’liq tavakkalchilik – bu o’zaro to’lovlarning kechiktirilishi, shartnomalarning bajarilmasligi oqibatida ehtimol qilinadigan zarar yoki olinmaydigan daromad.
Moliya bilan bog’liq tavakkalchilik – bu moliyaviy resurslarning yo’qotilish ehtimoli hisoblanadi. Ular ikki turga ajratiladi. Pulning sotib olish qobiliyati bilan bog’liq va investisiya tavakkalchiligidir.
Inflyasiya tavakkalchiligi – bu olingan daromadlarni yuqori inflyasiya ta’sirida tezkor qadrsizlanishidir.
Valyuta bilan bog’liq tavakkalchilik – bu xorijiy valyuta kursining o’zgarishi oqibatida ko’riladigan katta zararni bildiradi. Ushbu tavakkalchilik eksport-import operasiyalarini, shuningdek, valyuta operasiyalarini baholashda o’ta muhimdir.
Investision tavakkalchilik quyidagi turlarga bo’linadi: sistemali, selektiv, kredit, regional, tarmoы, korxona va innovasion tavakkalchiliklar.
Sistemali (tizimli) tavakkalchilik – bu bozorlarda kon’yunkturaning yomonlashishi yoki keskin pasayishi oqibatida ehtimol qilinadigan zarardir. Ushbu tavakkalchilik investisiyaning aniq obyektiga emas, balki muayyan bozor (valyuta ko’chmas mulk bozorlari va boshqalar) uchun qo’yilgan barcha mablag’larning tavakkalchiligini ifodalaydi. Bunda investor zarar ko’rmasdan o’z mablag’ini qaytarib ololmaydi.
Selektiv tavakkalchilik – bu muayyan bozorda investisiyalash obyektini noto’g’ri tanlanish oqibatida ko’rilgan zarardir. Masalan, qimmatli qog’ozlar portfelini shakllantirishda fondlar bozorida mavjud bo’lgan qimmatli qog’ozlarning noto’g’ri tanlanishi.
Kredit tavakkalchiligi – bu qarz olgan tomonning o’z majburiyatlarini to’lay olmaslik xavfidir. Bank foyda ko’rish uchun kreditlash xavfini kamaytirishi shart. Bank qarzning o’z vaqtida foiz bilan qaytib kelish ehtimolini nazarda tutib, tavakkal qiladi. Kreditni to’lash muddatini kechiktirish yoki obligasiyalar bo’yicha to’lovlarni to’xtatib qo’yish bunga misol bo’ladi.
Regional tavakkalchilik – muayyan regionlarning iqtisodiy vaziyati bilan bog’liq bo’ladi. Regional tavakkalchilik ba’zi hududlardagi siyosiy va iqtisodiy separatizm ta’sirida ham vujudga keladi. Yuqori darajadagi regional tavakkalchilik bir-necha hududlardagi iqtisodiy vaziyatning yomonlashuvi oqibatida (ishlab-chiqarishning qisqarishi, ishsizlik darajasining oshishi) vujudga kelishi mumkin.
Tarmoq tavakkalchiligi ayrim tarmoq iqtisodiyoti bilan bog’liq bo’lib, u ikki omil ta’sirida bo’ladi: tarmoqdagi davriy beqarorlik va tarmoq ishlab chiqarishining hayotiy bosqichlari.
Kirish, o’sish, yetilish, to’yinish, tushkunlik davrlariga qarab tadbirkorlik faoliyati yoki investisiya tavakkalchiligi turli darajada bo’ladi.
Korxona tavakkalchiligi – bu aniq bir korxonani investisiya obyekti sifatida qaralishi bilan bog’liq bo’lgan faoliyat tavakkalchiligining hosilasi hisoblanadi. Lekin shu bilan birga u korxonaning tanlagan xulq-atvor turi, strategiyasi, maqsadlari va menejment saviyasi bilan ham bog’liq. Tavakkalchilikning muayyan darajasi korxonaning konservativ fyeli bilan bog’liq bo’lsa, uning boshqa darajasi yangi korxonaning agressiv siyosati bilan bog’liq bo’ladi. Bundan tashqari korxona tavakkalchiligi o’zida firibgarlik tavakkalchiligini ham mujassam etadi. Masalan, investorlarning mablag’larini firibgarlik yo’li bilan jalb etish maqsadida soxta firmalar yoki aksionerlik jamiyatlari tuzilishi mumkin.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling