Marjinal daromad= Sotuv tushumi – O‘zgaruvchan xarajatlar
Marjinal daromaddan doimiy xarajatlar chiqarib tashlansa, u holda operatsion foyda miqdori aniqlanadi:
Operatsion foyda = Marjinal daromad – Doimiy xarajatlar
Kritik nuqta marjinal daromad bilan doimiy xarajatlar o‘rtasidagi farq nolga teng nuqta, yoki marjinal daromad doimiy xarajatlarga teng nuqta sifatida aniqlanishi mumkin. Mahsulot birligi atamalarida marjinal yondashish choјida kritik nuqta tenglamasi bunday bo‘ladi:
-
Foyda omiliga tuzatish kiritish bilan kritik nuqta tahlili korxonaning foyda berishini baholash uchun asos sifatida foydalanilishi mumkin. Buxgalter ishlab chiqarishning turli muqobil rejalari uchun mumkin bo‘lgan foydaning tegishli miqdorini hisoblay oladi. Bu holatda tenglamadan foydalaniladi:
Sotuvdan olingan tushum = O‘zgaruvchan xarajatlar +Doimiy xarajatlar +Foyda
Shu tariqa, maqsadli foyda olish hajmini ta’minlash uchun mumkin bo‘lgan mahsulotni sotish xajmini quyidagi formula bo‘yicha hisoblash mumkin:
-
Marjinal daromaddan foydalanganda bu tenglama quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
-
Do'stlaringiz bilan baham: |