11 Mavzu. Bоshqаruv hisоbidа “Хаrаjаtlаr-ishlаb chiqаrish hаjmi-fоydа” ko’rsаtkichlаri
Download 227.5 Kb.
|
4-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xavfsizlik marjasi pul ifodasida = Umumiy daromad
- Xavfsizlik marjasi %da = Xavfsizlik marjasi pul hisobida
- Talab qilinadi
- 3. Operatsion dastag (rыchag) Operatsion dastag
- 4. «Xarajatlar — xajm — foyda» tahlili choјida qabul qilingan taxminlar
- Topshiriq: 11-1.
- O‘zgaruvchan sarflarning jami
2. Xavfsizlik marjasi
Xavfsizlik marjasi daromadning zararlik nuqtasida erishiladigan oshgan daromad sifatida aniqlanadi. U kompaniya zarar keltira boshlashidan oldin kamayishi mumkin bo‘lgan daromad summasini ko‘rsatadi. Xavfsizlik marjasi pul ifodasida ham, foiz ifodasida ham hisoblanadi.
Misol Quyida A kompaniyasi bo‘yicha axborot keltirilgan Talab qilinadi: Pul hisobida va foiz hisobida xavfsizlik marjasini aniqlash. Yechim: 1. Zararsizlik nuqtasi sh.b.da = 40000/0,25=160000 sh.b. 2. Xavfsizlik marjasi sh.b.da = 200000 sh.b. –160000 sh.b.=40000 sh.b. 3. Xavfsizlik marjasi % da = 40000 sh.b. /200000 sh.b. = 20 % 3. Operatsion dastag (rыchag) Operatsion dastag kompaniyada doimiy chiqimlardan foydalaniladigan darajani ko‘rsatadi. O‘zgaruvchan chiqimlarga nisbatan doimiy chiqimlar ulushi katta kompaniyalarda bu daraja ancha yuqori. Operatsion dastag yuqori kompaniyalarda foyda daromadning o‘zgarishiga juda sezgir bo‘ladi: daromadning biroz ko‘payishi yoki kamayishi foydaning ko‘p foiz ko‘payishi yoki kamayishiga olib keladi. Foydaning daromadga nisbatan ko‘payishi (kamayishi) operatsion dastag darajasi vositasida ifodalanadi. Operatsion dastag daromad foizining o‘zgarishi foydaning foiz o‘zgarishiga qanday ta’sirini o‘taydi.
Misol Quyida A kompaniyasi bo‘yicha axborot keltirilgan
Operatsion dastag darajasi = 50000/10000=5 Agar kompaniyaning daromadi 10 % ko‘paysa, foyda 50 % ko‘payadi (5*10 %) yoki 5000 sh.b. ko‘payadi (10000*50 %) Quyida sotuv 10 % ko‘paygandan so‘ng foyda va zararlar to‘јrisidagi hisobot keltirilgan.
4. «Xarajatlar — xajm — foyda» tahlili choјida qabul qilingan taxminlar «Xarajatlar — mahsulot xajmi — foyda» o‘zaro boјliqligini tahlili, kritik nuqtaning tahlili foydali bo‘lishi va shu tahlil zamiridagi farazlar bajarilsa, aniq ma’lumot berishi mumkin. Bu taxminlar quyidagilardir: 1. Doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlarning qanday bo‘lishini aniq o‘lchash mumkin va u rejalashtirilgan davr davomida o‘zgarmaydi; 2. O‘zgaruvchan xarajatlar va mahsulotni sotishdan olinadigan daromad ishlab chiqarish darajasiga bevosita boјliq; 3. Unumdorlik faollikning relevant darajasida o‘zgarmaydi; 4. O‘zgaruvchan xarajatlar va narxlar rejalashtirilgan davr davomida o‘zgarmaydi; 5. Mahsulot tuzilishi rejalashtirilgan davr davomida o‘zgarmaydi; 6. Sotuv xajmi va ishlab chiqarish xajmi taxminan teng, ya’ni tayyor mahsulot qoldiјi nolga teng. Shu taxminlardan biriga yoki bir nechtasiga rioya qilinmasa, «xarajatlar – xajm – foyda» taxlilini qo‘llanish xato qaror qabul qilinishiga olib kelishi mumkin. Topshiriq: 11-1. «Sotilgan tovarlarning tannarxi faqat o‘zgaruvchan sarflardan iborat bo‘lgan chakana savdoda ham yalpi foyda marjinal daromadga teng bo‘lishi shart emas» degan fikrga qo‘shilasizmi? Javobingizni asoslab bering. 11-2. Quyidagi har bir alohida holatdagi bo‘sh qolgan joyni to‘ldiring:
11-3. Walk Rite Shoe kompaniyasi ijaraga olingan poyabzal magazinlari tarmoјini boshqaradi. Magazinlar 10 xil nisbatan arzon erkaklar tuflilari bilan savdo qiladi, tuflilarning har bir turining fabrikada chiqarilgan narxi va xarid qiymati bir xil. Kompaniya daromadlar va xarajatlarning nisbati quyidagicha bo‘ladigan yangi magazin ochishning maqsadga muvofiqligini aniqlashga urinmoqda.
Talab qilinadi: (Har bir holatni boshqalaridan alohida ko‘rib chiqing) 1. Yillik ma’lumotlarga asoslanib, zararsizlik nuqtasida (o‘lik nuqtada) shartli birlikda va mahsulot birligida sotuv xajmini aniqlang. 2. Agar magazin 35 000 juft tuflini sotsa sof foyda (zarar) qiymati qancha bo‘ladi? 3. Sotuvchilarga qo‘shimcha ravishda magazin menejeri sotilgan har juft poyabzal uchun 0.3 sh.b. komission haq olgan bo‘lsa, shartli birlikda va mahsulot birligida zararsizlik nuqtasida sotuv xajmi qancha bo‘ladi? 4. Boshlanјich ma’lumotlarga murojaat qiling. Sotuv bo‘yicha komission haq belgilangan ish haqini 81 000 sh.b. miqdorida ko‘paytirish bilan almashtirilgan bo‘lsa, zararsizlik nuqtasida shartli birlikda va mahsulot birligida yillik sotuv hajmining qiymati qancha bo‘ladi. 5. Boshlanјich ma’lumotlarga qarang. Agar magazin menejeri zararsizlik nuqtasida sotilgan hajm qiymatiga qo‘shimcha sotilgan har juft tufli uchun 0.3 sh.b. komission haq olsa, magazin 50 000 juft tuflini sotishdan olgan sof foydaning qiymati qanday bo‘lar edi? 11-4. Zararsizlik nuqtasida daromad 100 000 sh.b. deb tasavvur qilaylik. Doimiy sarflar esa 40 000 sh.b.ga teng. 1. Marjinal daromad darajasining qiymatini aniqlang. 2. Mahsulot birligiga o‘zgaruvchan sarflar 12 sh.b.ga teng bo‘lsa, mahsulot birligining fabrikadan chiqishdagi narxi qiymatini aniqlang 3. 8 000 mahsulot birligi sotildi, deb tasavvur qilaylik. Xavfsizlik marjasi qiymatini (xavfsizlik yoqasida) aniqlang. 11-5. 1 yilda Vocka kompaniyasi soliqni to‘lagandan so‘ng 8 000 sh.b. miqdorida sof foyda oldi. Kompaniyaning doimiy sarflari 80 000 sh.b.ga teng, o‘zgaruvchan sarflar darajasining qiymati 75 % ni tashkil qildi. 1-yilda foydadan olinadigan soliq stavkasi 60 % ga teng. Talab qilinadi: 1. 1-yil soliјi to‘lanmasdan oldin foydani aniqlang. 2. 1-yilda marjinal daromadni aniqlang. 3. 1-yilda shartli birlikda sotuv hajmini aniqlang. 4. Zararsizlik nuqtasida shartli birlikda sotuv hajmini aniqlang. 11-6. Xoll kompaniyasining foyda va zararlar to‘јrisidagi hisobotini ko‘rib chiqing. Komission haq sotuv xajmi asosida pul ifodasida hisoblanadi, qolgan barcha o‘zgaruvchan sarflar sotilgan mahsulot birligi miqdori asosida hisoblanadi. Zavod bir yilda 150 000 dona mahsulot ishlab chiqarishga qodir. 1-yil natijalari achinarli bo‘ldi. Kompaniyaning oliy rahbariyati 2-yilda ishlab chiqarish rentabelligini ta’minlash yo‘llarini o‘rganmoqda. Download 227.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling